Stiven R. Kovi "Muvaffaqiyatli insonlarning 7 ko'nikmasi" asariga taqriz
Download 15.18 Kb.
|
Stiven R
Stiven R.Kovi - "Muvaffaqiyatli insonlarning 7 ko'nikmasi" asariga taqriz. "Biz izlanishdan to'xtamasligimiz kerak. Izlanishlarimiz yakuni - boshlagan joyimizga qaytib borish va o'sha yerni yangidan kashf qilish bo'ladi". Ushbu kitobni shu turdagi boshqa kitoblardan farqi nimada? Muallif o'z tajribalarini yozishdan avval shu paytgacha yozilgan muvaffaqiyatga erishishga doir asarlarni barchasini o'rganib chiqadi. Ushbu asarlardagi maslahatlar insonga vaqtinchalik ta'sir qilishini tushunadi. Xuddi aspirin bosh og'rig'ini vaqtinchalik to'xtatib surunkali kasalliklarni davolay olmasligi kabi. Muallif avvalambor o'z shaxsiy "paradigma"larimizni tushunishimiz kerakligini aytadi. "Paradigma" yunoncha so'z bo'lib dunyoqarash, idrok, faraz kabi ma'nolarni bildiradi. Muallif 7 ko'nikmaning har birini bittadan keltirib har birini ajoyib misollar bilan tushuntiradi. Faoliyatimiz davomida ana shu ko'nikmalarni yakka holda emas balkim barchasidan baravar yaxlit holda foydalanishimiz kerakligini aytadi. Asarda nafaqat insonning shaxsiy rivojlanishiga oid maslahatlar balkim, oilaviy munosabatlar va farzand tarbiyasiga oid maslahatlarni o'z hayoti misolida juda yaxshi bergan. Men ham ko'proq aynan shu jihatlariga e'tiborimni qaratdim. Barchamizning bolalik davrimiz yodimizda bo'lsa kerak. Nima uchun ayrim bolalar juda qizg'anchiq ayrimlari esa juda qo'li ochiq bo'ladi? Bolalardagi ushbu holat quyidagicha izohlanadi: "Egalik hissi odamda baham ko'rish hissidan oldinroq paydo bo'ladi. Turmush va ish jarayonida o'zidagi narsani baham ko'rishni rad etuvchi odamlar egalik qilish hissini hech qachon tuymagan bo'ladi. Farzandlarimizning to'g'ri o'sishiga sabr qilib, ularga egalik hissini boshdan kechirishga imkon berishimiz kerak". Bu ularning kelajakdagi baham ko'rish hislariga zamin bo'ladi. Asarda aytilishicha, ota-ona farzandiga va'da berdimi albatta bajarishi shart. Bundan kelib chiqadiki, va'da berayotganda albatta yetti o'lchab bir kesish va va'dani bajarishga to'sqinlik qiladigan ehtimollarni yaxshilab hisob-kitob qilish lozim. "Muhabbatni asrash uchun suhbatlashish kerak - ayniqsa hissiyotlar haqida. Biz kun davomida hech bo'lmaganda gaplashishga harakat qilamiz, hatto boshqa shaharlarda bo'lsak ham. Bu xuddi baxt, ishonch hissi, hayotingiz qadr-qimmati yig'ilgan qadrli uy devoriga suyanishdek gap". Ushbu asar mening eng uzoq vaqt o'qigan asarlarimdan biri bo'lib qoladi. Chunki asarni tushunish uchun qayta-qayta o'qish uni mag'zini chaqish lozim. Tekis, tez o'qib ketish asarni tushunmaslik va foydasini bilmaslikka sabab bo'ladi. Iloji boricha bir necha marta o'qish kerak. Kitobni o'qishni tavsiya qilaman. P/s: Asar mazmunini to'liq keltira olmadim. Chunki juda ko'p misol va ma'lumotlar keltirilgan. Yaxshisi o'zingiz albatta o'qib chiqing. Download 15.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling