Stl (Standard Template Library) kutubxonalari bilan tanishib, uning


STL (Standard Template Library) kutubxonalari


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/11
Sana06.05.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1435570
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2-Ma\'ruza matni

STL (Standard Template Library) kutubxonalari.
Shablon mexanizmlari 
C++ kompilyatoriga moslab qurilgan bo‘lib, dasturchilarga umumiy dasturlash 


yordamida dastur fragmentlarini qisqartirishga imkon beradi. Tabiiyki, bunday 
mexanizmlarni amalga oshiruvchi standart kutubxonalar ham mavjud. Bugungi 
kunda C++ dasturlash tilida eng samarali STL kutubxonasi hisoblanadi. 
STL kutubxonasining ko‘plab tatbiqlari mavjud bo‘lib, ularning har biri aniq 
standart doirasida yaratilgan bo‘lsa - da, o‘z kengaytmalariga ega. Ammo bunday 
yondashuvning bir kamchiligi bor: dastur fragmentini har doim turli kompilyatorlar 
bilan bir xil tarzda ishlamaydi. Shuning uchun, dasturchi qanchalik mohirlik bilan 
kutubxonani yaratsa va foydalansa, o‘ziga xos bajarilishini tushunsa ham, imkon 
qadar anʻanaviy usullardan foydalanishni tavsiya qilamiz. 
C++ dasturlash tilining kutubxonalaridan eng mashhur to‘plamlarni ko‘rib 
chiqaylik. Ularning har biri muhim vazifalarni hal qilinishi mumkin doirasi uchun 
o‘z shablon parametrlariga ega. 
To‘plamlarni dastur fragmentida ishlatish uchun quyidagi fragmentdan 
foydalaniladi. 
#include  
Bunda T – to‘plamning nomi.
Odatda quyidagi to‘plamlar ko‘p ishlatiladi. 
vector – elementlar to‘plami, o‘lchamini o‘zgartish kerak bo‘lgan massivda 
saqlanadigan elementlar to‘plami (odatda ortib boradigan); Dasturga ulanish uslubi: 
#include

list – elementlar to‘plami, elementlarni ikki tomonlama bog‘langan ro‘yxat 
sifatida saqlaydigan to‘plam; Dasturga ulanish uslubi: 
#include

map – elementlar to‘plami, har bir elementi shakli  juftlikda 
saqlanadigan to‘plam, bu oddiy bir juftlik  juftligi (har bir kalit bitta 
qiymati mos keladi). Kalit –taqqoslash amali uchun qiymatini tavsiflovchi maʻlum 
bir qiymati. Juftlikda kalit tez qidirishni amalga oshirish imkonini beradi, kalit 
asosida tartiblashtirilgan shaklida saqlanadi. Tartiblashni amalga oshirish uchun 
oldindan tashkil qilish qonuniyatini aniqlab olish kerak. Dasturga ulanish uslubi: 
#include



 set – elementlar to‘plami, faqat kalitlarning qiymati bo‘yicha tartiblangan 
to‘plamidir, yaʻni taqqoslash amali qo‘llaniladigan, ammo takrorlanmaydigan 
qiymatlar — har bir kalit to‘plamda (inglizcha set-to‘plam degan maʻnoni beradi) 
faqat bir marta foydalaniladi; Dasturga ulanish uslubi: 
#include

multimap – map, juftlikda kalitlar unikal emas, takrorlanadigan to‘plam. 
Agar kalit bo‘yicha qidirsangiz, siz bitta qiymatni emas, balki bir xil kalit qiymatiga 
ega bo‘lgan elementlar to‘plamini olasiz. Dasturga ulanish uslubi: 
#include

multiset – set, juftlikda kalitlar unikal emas, takrorlanadigan to‘plam. Agar 
kalit bo‘yicha qidirsangiz, siz bitta qiymatni emas, balki bir xil kalit qiymatiga ega 
bo‘lgan elementlar to‘plamini olasiz. Dasturga ulanish uslubi: 
#include

Belgilar to‘plami bo‘lgan satr (qator)ni ham to‘plam sifatida qarash mumkin. 
Shuning uchun ixtiyoriy kutubxona satrlar bilan ishlash va ifodalash uchun o‘zining 
sinflarga ega. STLda satrlar ASCII va Unicode formatlarida ifodalanadi. 

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling