Stl (Standard Template Library) kutubxonalari bilan tanishib, uning
STL (Standard Template Library) kutubxonalari
Download 0.79 Mb. Pdf ko'rish
|
2-Ma\'ruza matni
STL (Standard Template Library) kutubxonalari.
Shablon mexanizmlari C++ kompilyatoriga moslab qurilgan bo‘lib, dasturchilarga umumiy dasturlash yordamida dastur fragmentlarini qisqartirishga imkon beradi. Tabiiyki, bunday mexanizmlarni amalga oshiruvchi standart kutubxonalar ham mavjud. Bugungi kunda C++ dasturlash tilida eng samarali STL kutubxonasi hisoblanadi. STL kutubxonasining ko‘plab tatbiqlari mavjud bo‘lib, ularning har biri aniq standart doirasida yaratilgan bo‘lsa - da, o‘z kengaytmalariga ega. Ammo bunday yondashuvning bir kamchiligi bor: dastur fragmentini har doim turli kompilyatorlar bilan bir xil tarzda ishlamaydi. Shuning uchun, dasturchi qanchalik mohirlik bilan kutubxonani yaratsa va foydalansa, o‘ziga xos bajarilishini tushunsa ham, imkon qadar anʻanaviy usullardan foydalanishni tavsiya qilamiz. C++ dasturlash tilining kutubxonalaridan eng mashhur to‘plamlarni ko‘rib chiqaylik. Ularning har biri muhim vazifalarni hal qilinishi mumkin doirasi uchun o‘z shablon parametrlariga ega. To‘plamlarni dastur fragmentida ishlatish uchun quyidagi fragmentdan foydalaniladi. #include Bunda T – to‘plamning nomi. Odatda quyidagi to‘plamlar ko‘p ishlatiladi. vector – elementlar to‘plami, o‘lchamini o‘zgartish kerak bo‘lgan massivda saqlanadigan elementlar to‘plami (odatda ortib boradigan); Dasturga ulanish uslubi: #include list – elementlar to‘plami, elementlarni ikki tomonlama bog‘langan ro‘yxat sifatida saqlaydigan to‘plam; Dasturga ulanish uslubi: #include map – elementlar to‘plami, har bir elementi shakli saqlanadigan to‘plam, bu oddiy bir juftlik qiymati mos keladi). Kalit –taqqoslash amali uchun qiymatini tavsiflovchi maʻlum bir qiymati. Juftlikda kalit tez qidirishni amalga oshirish imkonini beradi, kalit asosida tartiblashtirilgan shaklida saqlanadi. Tartiblashni amalga oshirish uchun oldindan tashkil qilish qonuniyatini aniqlab olish kerak. Dasturga ulanish uslubi: #include set – elementlar to‘plami, faqat kalitlarning qiymati bo‘yicha tartiblangan to‘plamidir, yaʻni taqqoslash amali qo‘llaniladigan, ammo takrorlanmaydigan qiymatlar — har bir kalit to‘plamda (inglizcha set-to‘plam degan maʻnoni beradi) faqat bir marta foydalaniladi; Dasturga ulanish uslubi: #include multimap – map, juftlikda kalitlar unikal emas, takrorlanadigan to‘plam. Agar kalit bo‘yicha qidirsangiz, siz bitta qiymatni emas, balki bir xil kalit qiymatiga ega bo‘lgan elementlar to‘plamini olasiz. Dasturga ulanish uslubi: #include Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling