Stomatit — turlari, sabablari, alomatlari, tasnifi, davolash usullari, ma’lumotlar stomatit
Gerpesli stomatitni davolash quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi
Download 191.92 Kb.
|
3-4 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- AFTOZ STOMATITNI DAVOLASH
- Ushbu turdagi stomatitni davolash quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi
- KANDIDOZLI STOMATIT
Gerpesli stomatitni davolash quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:
Og’riqni mahalliy anestetik bilan yo’q qilish. Yallig’lanishga qarshi va jarohatni davolash vositalarini qo’llash. Antigistaminlarni qabul qilish (kerak bo’lsa, bir-biriga mos tushadigan dorilar). Antivirus preparatlarni qabul qilish. Shuni nazarda tutingki, antivirus dori-darmonlarni shifokor maslahatisiz qabul qilish kerak emas. Tananing immunitet tizimini tiklash — multivitaminlar kursi, immunomodulyatorlarni qo’llash. AFTOZ STOMATITNI DAVOLASH Aftoz stomatit boshlanishining tabiati to’liq aniqlanmagan. Ba’zi shifokorlar, uning kelib chiqishi sababi stafilokokklar deb ta’kidlaydi. Kasallikning faqat virusga xos xususiyati bor. Ehtimol, aftoz stomatit — bu organizmning mudofaa tizimining pasayishi natijasida paydo bo’lgan oddiy gerpes virusi bilan bog’liq atipik shakli bo’lishi mumkin. Ushbu turdagi kasallikning o’ziga xos xususiyati — afta deb ataladigan shilliq qavatning ko’rinishi. Bular oq yoki sarg’ish markazli dumaloq shakldagi mayda mayin va yonlari qizargan yarachalardir. Bunday stomatitlar ko’p yillar davomida davom etishi, tez-tez qaytalanishi mumkin, ammo og’ir tus olmaydi. Ba’zi hollarda aftalar bir necha hafta davomida shifo topmaydi, shunda kasallik yara-nekrotik shaklga o’tadi. Bu kasallikning og’ir darajasi immunodefitsit, og’ir metalllar bilan zaharlanish, leykemiya, ionlovchi radiatsiya ta’siri kabi ta’sirlar natijasida rivojlanishi mumkin. Ushbu turdagi stomatitni davolash quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi: Toksik moddalarni tanadan chiqarish: 2-3 ml gacha 10% suvli natriy tiosulfat eritmasining in’yektsiyasi yoki ichilishi. Lizoztsim, Pirogenal va boshqa shu kabi preparatlar yordamida tananing barqarorligi va moslashuvchanlik qobiliyatini oshirish. Vitamin preparatlarini iste’mol qilish, ayniqsa, muhim bo’lgan B vitaminlari, Fe va Zn ionlari yetishmovchiligini bartaraf etish. Antigistamin preparatlar va shishlarni bartaraf etadigan preparatlar bilan davolash. Parhezga qat’iy rioya qilish: ko’p miqdorda tuz, shakar, kislotalar, ziravorlar, qattiq moddalar, alkogolli ichimliklar, tamaki mahsulotlarini iste’mol qilishdan saqlanish. Qayta kasal bo’lib qolgan bemorni to’liq tekshirish kerak, chunki surunkali kasallikning aniqlanmay qolishi ehtimolligi ham yuqori. KANDIDOZLI STOMATIT Stomatitning bunday turi Candida turidagi zamburug’larning og’izda patologik ko’payishdan kelib chiqadi. Ushbu tur zamburug’ og’iz bo’shlig’ida barcha odamlarda aniqlanadi, ammo ba’zi hollarda faol ko’payish bosqichiga o’tishi mumkin, bu patologiyaning rivojlanishiga olib keladi. Candida zamburug’lari, odatda, OIV yoki sil bakteriyalari, qandli diabet bilan og’rigan bemorlarda yoki immun tizimi zaif, antibiotiklar yoki steroid dorilar bilan uzoq vaqt davomida davolanayotgan insonlarga zarar yetkazadi. Og’iz bo’shlig’i shilliq qavatining kandidoz stomatitining o’ziga xos xususiyati — tanglayda, lunjda, tilning ostida oq parda hosil bo’lishi. Shilliq qavatdagi zamburug’ kolonniyalarini mexanik tarzda olib tashlash og’riqli yallig’lanish o’choqlari paydo bo’lishiga olib keladi. Zamburug’ hujayralari qatlamlari ostida epiteliy shishadi va qizaradi. Kasallik juda rivojlanib ketgan holatlarda, zamburug’li kolonniyalar qatlamlari bir-birining ustiga chiqib ketadi, ularning ostida eroziv to’qima hududlari hosil bo’ladi. Bundan tashqari, og’zida zamburug’li infektsiya mavjudligida og’iz burchaklarining yorilishi, so’lak ajralishining kamayishi, ovqat yeyish va gapirish vaqtida achishish va og’riq sezilishi kuzatiladi. Download 191.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling