Stomatologik asbob va ashyolar


PLOMBA ASHYOLARINI QORISH VA Q O ‘YISH UCHUN


Download 2.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/57
Sana06.10.2023
Hajmi2.02 Mb.
#1693568
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   57
Bog'liq
Stomаtologik asbob va ashyolar-Komilov H-P- 2005 y-

6. PLOMBA ASHYOLARINI QORISH VA Q O ‘YISH UCHUN 
ISHLATILADIGAN ASBOBLAR
M etall shpatel - dastakdan va dastakning oxirgi ikki taraflama qismi 
uzaygan kurakchalardan iborat. Bu asbob yordamida dorivor moddalar, plomba 
ashyolari qoriladi, kristalsimon va kukunsimon aralashmalar aralashtiriladi.
Plastmassa shpatell - metall bilan o ‘zaro reaksiyaga kirishadigan dorivor 
moddalar va plomba ashyolari plastmassa shpatel bilan aralashtiriladi. Masalan, 
silikat sementlar. Ular tarkibidagi fosfor kislota va kukundagi abraziv donacha- 
lar hisobiga plombaning rangi o ‘zgarishi mumkin.
G ladilka - ishchi qismi kalta to ‘g ‘ri yoki egilgan shakldagi kurakcha­
lardan iborat. Ular dastakka nisbatan turli burchakda joylashgan. Gladilkalar 
turli hajmda, bir tomonlama, ikki tomonlama, shtofer bilan kombinatsiya- 
lashgan holatda ishlab chiqariladi. Uning yordamida ishlov berilgan karioz 
bo‘shliqqa dori moddalar, plomba ashyolari kiritiladi va dastlabki shakl 
beriladi.
Shtofer - Ishchi qismi silindrsimon, noksimon, dumaloq shaklda bo‘ladi. 
Plomba ashyolarini zichlashtirishda foydalaniladi.
7. TISH TOSHLARINI OLISHGA 
M O‘LJALLANGAN ASBOBLAR
Bu asboblar quyidagi turlarga bo‘linadi:
1) o'roqsimon skalerlar: a) egilgan; b) to ‘g ‘ri. 2) kyuretalar: a) univer­
sal; b) maxsus maydonchaga m o‘ljallangan. 3) Ekskavatorlar. 4) Rashpillar. 
5) Dolota.
Skalerlar. (19-rasm).


с
19-rasm. O‘roqsimon skaler turlari.
a -  bir tomonlama; b,c -  ikki taraflama.
Skalerlar quyidagi qismlardan iborat: ishchi qismi ustara (lezviya) -
asbobning asosiy funksiyasini bajaradi, dastakdan, funksional tizzadan -
ustara va dastakni o ‘zaro bog'lovchi qismdan iborat.
0 ‘roqsimon skalerlar - bunday skalerlar yordamida tish yuzasidagi 
tish toshlari olib tashlanadi (20-rasm). Ular asosan milkka yaqin joylashgan 
milk usti va osti tish toshlarini olishda qoilaniladi.

Download 2.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling