Stomatologik asbob va ashyolar


Yashil - yaltiroq polirlar. Ko‘rsatma. Profilaktika


Download 2.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/57
Sana06.10.2023
Hajmi2.02 Mb.
#1693568
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   57
Bog'liq
Stomаtologik asbob va ashyolar-Komilov H-P- 2005 y-

Yashil - yaltiroq polirlar. Ko‘rsatma. Profilaktika.
Amalgamali plombalarni pardozlash.
Maxsus asboblar yordamida dastlabki va yakuniy pardozlash.
070 hajmli polirlar (7 mm diametrdagi) 40 000 ayl/minut diapazon 
tezligida qoilaniladi.
Katta hajmdagi polirlar 30 000 ayl/minutdan katta tezlikda qoilanilmaydi.
Qanday qoilaniladi? Minimal bosim ostida;
Spiralsimon harakatlar yordamida intermitant silliqlashda (toiqinsim on 
bosim);
Amalgamalarni yuqori samarador 5000 ayl/minutli polirlar yordamida 
silliqlashda;
Kompozit ashyolar 3000 ayl/minut tezlikda maxsus olmosli pasta yorda­
mida pardozlanadi.
9. ENDODONTIYA
Barcha guruh tishlarda tish bo'shligining topografik anatomiyasi. 
Tish bo‘shlig‘ini ochish usuli. Endodontik asboblar. Yaxshi o'tuvchi ildiz 
kanallariga instrumental va medikamentoz ishlov berish. Yomon o4uvchi 
kanallami kengaytirish usullari. Ildiz kanallari uchun moijallangan plom­
ba ashyolar, kanallami plombalash usullari.
Endodontiya - davolash stomatologiyasining mustaqil sohasidir. Endo- 
dontiya - tishning ichki muhitidagi muolajalami bajarish, endodontiya tex- 
nikasini takomillashtirishdan iborat boiib, kariyes kasalligining asorati boigan 
pulpit va periodontitlarni davolashning eng asosiy bosqichi hisoblanadi.
Endodontiya usullari yaxshi natija berishi uchun birinchi navbatda bar­
cha tish guruhlarini anatomik va topografik xususiyatlarini yaxshi bilish 
kerak.
Tish toj qismining quyidagi qismlari tafovut qilinadi:
- tomi; - do'ngliklari; - devorlari; - tubi;
Tishning ildiz qismi o ‘zaro quyidagilar bilan farqlanadi:
- kanal; - cho4qqi teshigi; - deltasimon yoriqlar.
Tish bo‘shlig‘i ikki qismga: toj va ildiz qismlarga boiinadi. Tish bo'shligi 
turli konfiguratsiyada b o iish i mumkin.
I tip - ildizda 1 kanal, 1 apikal teshik;
II tip - ildizda 2 kanal, 2 apikal teshik;
III tip - ildizda 3 kanal, 3 apikal teshik.
Kurak va qoziq tishlarning ildizlari 1 ta, kanallari ham lta. Pastki 
premolyarlarda ham lta ildiz, lta kanal bor. Yuqori premolyarlaming bi- 
rinchisida 72 foiz - 2 ildiz, 2 kanal bor, ikkinchi premolyarda 24 foiz-2ta 
ildiz, 2 ta kanali bor.
Yuqori molyarlarda 3 ta ildiz, 3 kanal, pastkilarida 2ta ildiz, 3ta kanal 
mavjud. Deltasimon shoxlanishlar 50-93 foiz tishlarda uchraydi.


Endodontiya b o ‘limini o ‘rganish uchun, eng avval tishlarning topografi- 
yasini bilish nihoyatda zarur. Tishlar ildizining uzunligi 1-jadvalda keltiril- 
gan.
I-jadval

Download 2.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling