26. Ijtimoiy-axloqiy marketing bozor ishtirokchilaridan marketing siyosati doirasida qanday omillarni o‘zaro bog‘liklikda qarashni talab etadi?
a) korxona xarajatlari,korxona mablag‘lari,korxona rejasi.
b) * firma foydasi, xaridor ehtiyoji, jamiyat manfaatlari.
s) firma moliyasi,korxona asosiy fondlari,mehnat unumdorligi.
d) aylanma mablag‘lar, asosiy mablag‘lar, rentabellik
27. Eng umumiy ko‘rinishda marketing strategiyasi deganda nima tushuniladi?
a) * korxona imkoniyatlarini bozor talablari darajasiga moslashtirish
b) ishlab chiqarishni to‘g‘ri tashkil etish, korxonani rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish
s) taqsimot va ayirboshlashni muvofiqligini taʼminlash strategiyasi
d) sotishni rag‘batlantirish asosida rivojlantirish
28. Taktika deganda nima tushuniladi?
a) talabni shakllantirish rejasini ishlab chiqish
b) * strategik maqsadlarga erishish uchun marketingning aniq yo‘naltirilgan amaliyotini taʼminlash.
s) ishlab chiqarishni jadallashtirish asosida reja ishlab chiqish
d) bozor konʼyunkturasini o‘rganish asosida rivojlantirish
29. Konversion marketingning maqsadi nimadan iborat?
a) isteʼmolchi bilan tovar o‘rtasida foydali o‘zaro aloqa o‘rnatish imkoniyatlarini axtarish
b) *mavjud chekinishlar sabablarini tahlil etish va tovarning salbiy tomonlarini o‘zgartirish, salbiy talabni bartaraf etish bo‘yicha marketing dasturini yaratish
s) o‘zgarib turadigan talabni o‘rganish asosida marketing dasturini ishlab chiqish
d) nosog‘lom talabni o‘rganish
30. Rag‘batlantiruvchi marketingning vazifasi nimadan iborat?
a) * talabni yaratish
b) to‘liq talabni o‘rganish
s) salbiy talabni o‘rganish
d) nosog‘lom (irratsional) talabni o‘rganish
31. Remarketing qachon qo‘llaniladi?
a) taklif kuchayganda
b) taklif pasayganda
s) talab kuchayganda
d) * talab pasayganda
Do'stlaringiz bilan baham: |