Strategik menejment


Download 1.62 Mb.
bet126/192
Sana07.10.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1695195
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   192
Bog'liq
Strategik menejment..

masala

Quyidagi jadvalda ikki oy davomidagi iste'mol to'g'risidagi dalillar keltirilgan:




1-oy

2-oy

Birinchi ne'matlar bahosi

10

5

Ikkinchi ne'matlar bahosi

10

20

Birinchi ne'matlar sotib olindi

10

20

Ikkinchi ne'matlar sotib olindi

10

5


Bundan kelib chiqib qanday xulosaga kelish mumkin?
MUSTAQIL TA'LIM UCHUN MATERIALLAR

  1. Mavzu: “Diversifikatsiyalashning korporativ strategiyasi”

Mustaqil ta'lim uchun belgilangan (tavsiya etilgan) mavzular strategik boshqaruvning turli sohalarini qamrab olar ekan, albatta ularni o‘rganishda o‘ziga xos tarzda yondashish talab etiladi. Mustaqil ta'lim mavzulari mazmunidan kelib chiqqan holda mustaqil ta'lim topshiriqlari bir necha ko‘rinishda (usulda) tayyorlanishi mumkin.
Mustaqil ishni tayyorlash usullari:
Reja (oddiy, murakkab) asosidagi konspekt:

Tezislar:

Xronologiya:

-jadvallar

-chizgilar




-hujjatli materiallar

-fotosuratlar

-turli so‘rovnomalar

-xaritalar

-diagrammalar

-grafiklar




-yozma yoki og‘zaki axborot

-atamalar lug‘ati (ilmiy, siyosiy, iqtisodiy, harbiy tayanch tushunchalar)

-slaydlar




-axborot texnologiyalari asosida elektron ovozli namoyish va multimediya mahsuloti

-ijodiy ish

-referat




-ilmiy ish


Mavzu bo'yicha testlar, munozarali savollar va topshiriqlar tayyorlash
Talabaga muayyan mavzu bo‘yicha testlar, qiyinchilik darajasi har-xil bo‘lgan masalalar va topshiriqlar, munozaraga asos bo‘ladigan testlar tuzish topshiriladi.
Bunda o‘qituvchi tomonidan talabaga testga qo‘yiladigan talablar, uni tuzish qonun-qoidalar, qanday maqsad ko‘zda tutilayotganligi, turli savollar tuzishda mavzuning munozarali holatlarini qanday amalga oshirish lozimligi, topshiriqlarni tuzish usullari bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar beriladi. Maslahat darslarida bajarilgan ishlarning holati va talabalarning javob berish darajasi nazorat qilinadi (qayta ishlash, aniqlashtirish yoki to‘ldirish taklif etilishi mumkin).
Ilmiy maqola, tezislar va ma'ruzalar tayyorlash
Talaba biron bir mavzu bo‘yicha (mavzuni talabaning o‘zi tanlashi ham mumkin (referativ xarakterda) maqola, tezis yoki ma'ruza tayyorlab topshirishi mumkin.
Bunda talaba o‘quv adabiyotlari, ilmiy-tadqiqot ishlari, dissertatsiyalar, maqola va monografiyalar hamda internet va boshqa axborot manbalaridan mavzuga tegishli ma'lumotlarni jamlaydi, tahlil qilishga zarurlarini ajratib olib, tartibga soladi, shaxsiy tajribasi va ilmiy natijalariga asoslangan holda qo‘shimchalar, izohlar keltirib, o‘z nuqtai-nazarini bayon etadi va asoslaydi. Bunda talaba o‘qituvchi bilan hamkorlikda ishlaydi. Tayyorlangan maqola, tezis yoki ma'ruza kafedrada himoya qilinadi.
Mavzu himoyasiga pedagogik texnologiyalarni joriy etish.
Pedagogik texnologiya - tizimli, texnologik yondashuvlar asosida ta'lim shakllarini qulaylashtirish, natijasini kafolatlash va ob'ektiv baholash uchun inson salohiyati hamda texnik vositalarning o‘zaro ta'sirini inobatga olib, ta'lim maqsadlarini oydinlashtirib, o‘qitish va bilim o‘zlashtirish jarayonlarida qo‘llaniladigan usul va metodlar majmuidir. Pedagogik texnologiya uchun pedagogik amaliyot jarayonlarini belgilash va tasvirlash, talaba kelgusi faoliyatida duch keladigan vazifalarni oldindan aniqlash, ta'lim tarbiyaning shakllari va vositalarini tayyorlash, shaxsda shakllantirish nazarda tutilgan kasbiy sifatlar va ma'naviy fazilatlarni o‘zlashtirishga yunaltirilgan mashqlar tizimini ishlab chiqish, ta'limning natijasi va o‘zlashtirish darajasi, sifatini baholash mezonlariga mos ravishda talabaning bilim va malakalarni egallash sifatini ob'ektiv baholash uchun nazorat vazifalarini tayyorlash, darsda va darsdan tashqari o‘quvchiga beriladigan vazifalarni rejalashtirish va nihoyat mustaqil mashg‘ulotlarning tuzilmasi va mazmunini ishlab chiqish kabilar pedagogik texnologiyaning vazifalari hisoblanadi.
FSMU texnologiyasi: « Strategik menejment fanining shakllanishi»

-F- fikringizni bayon eting




-S- fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating




-M- ko‘rsatgan sababingizni asoslovchi misol keltiring




-U- fikringizni umumlashtiring




Insert” metodi
Metodning maqsadi:

Mazkur metod talabalarda yangi axborotlar tizimini qabul qilish va bilimlarni o‘zlashtirilishini engillashtirish maqsadida qo‘llaniladi, shuningdek, bu metod o‘quvchilar uchun xotira mashqi vazifasini ham o‘taydi.

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling