Strategik menejment


Download 1.62 Mb.
bet41/192
Sana07.10.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1695195
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   192
Bog'liq
Strategik menejment..

Nazorat savollari:

  1. Kompaniyaning joriy strategiyasini belgilash qanday omillarga bog'liq ?

  2. Matritsali taxlil yordamida diversifikatsiyalangan portfelni baxolashni tushuntiring.

3.O'rta korxonalar evolyutsiyasining matritsasi tahlili.
4.Diversifikatsiyalangan firmaning strategiyasini aniqlang.

  1. Korporativ strategiyani ishlab chikish qanday tashqi va ichki omillarga bog'liq ?

  2. Bozorga kirish va chiqish strategiyasi haqida tushuncha bering.

  1. Tarmoqdagi ustuvor kompaniyalarga qanday firmalar kiradi?

  2. Tor diversiyalangan kompaniya qanday bo'ladi?

  3. Keng diversiyalangan kompaniya qanday bo'ladi?

  4. Ko'ptarmoqli kompaniya qanday belgilarga ega bo'ladi?

  5. Turdosh diversiyalanish qanday bo'ladi?

  6. Noturdosh diversiyalanish qanday bo'ladi?

Tayanch so'z va iboralar: matritsa, evolyutsiya, diversifikatsiyalangan, korporativ, kirish va chiqish strategiyasi, ko'p tarmoqli kompaniya.

  1. MAVZU. TA'LIM SOHASIDA STRATEGIK REJALASHTIRISH

Reja:

  1. O'zbekistonda ta'lim tizimining xususiyatlari, uzluksiz ta'lim tizimining shakllanishi, uning asosiy bosqichlari.

  2. Ta'limda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”,“Ta'lim to'g'risida”gi qonunning amalga oshirilishi.

  3. Ta'limda menejmentning uziga xos xususiyatlari va strategik boshqarish.

  4. Ta'lim tizimini strategik boshqarishda rivojlangan mamlakatlar tajribasi.

1.O'zbekistonda ta'lim tizimining xususiyatlari, uzluksiz ta'lim tizimining shakllanishi, uning asosiy bosqichlari.
Boshqaruv nazariyasi nisbatan yangi fan tarmog‘i bo‘lib, ob'ektiv borliqni ilmiy bilishga asoslanadi. U o‘z faoliyatini bir qator tabiiy va ijtimoiy fanlar zaminida ko‘radi. Boshqaruv jarayonining mohiyati va qonunlarini aniqlash, bu jarayonda sodir bo‘ladigan munosabatlarni ochib berish, uning tizimini ishlab chiqish va boshqaruv sub'ektining asosiy tamoyillarini ishlab chiqish boshqaruv nazariyasining vazifalaridir.
Demak, mehnatning har qanday shakli boshqaruvchiga ma'lum darajada muhtojdir. Boshqaruvchi o‘z jamoasi ishlarini bir-biriga muvofiqlashtiradi.
Boshqaruvchi ishlab chiqarish organizmning mustaqil a'zolari harakatidan farq qilib, butun organizm harakatidan kelib chiqadigan umumiy vazifalarni bajaradi. Obrazli qilib aytganda yakka skripkachi o‘zini-o‘zi idora qiladi. Lekin orkestr dirijyorga muhtojdir. Demak, to‘g‘ri boshqaruvning muhim sharti - boshqaruvchining, ya'ni rahbarning faoliyatidir.
Boshqaruvning mohiyati ob'ektiv va sub'ektiv shart-sharoitlarini shunday nisbatda uyg‘unlashtirishni ta'minlashdan iboratdir, bu mo‘ljallangan maqsadga erishish imkonini beradi. Shuning uchun yaxshi rahbar odamlarga kamroq buyruq beradi, buning o‘rniga ularning mehnat faoliyati uchun zarur bo‘lgan samarali sharoit yaratadi.
Ta'lim-tarbiya tizimini zamon talablari darajasiga ko‘tarish, kadrlar tayyorlashning yangi tizimini barpo etish, har tomonlama sog‘lom va barkamol, salohiyatli avlodni tarbiyalash maqsadida “Ta'lim to‘g‘risida”gi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi (1997 yil 29 avgustda) qabul qilindi. Qonun va dastur talablarini hayotga tatbiq etish ishlari davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi etib belgilandi. SHu asosda qonunosti hujjatlari ishlab chiqildi. Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida birinchi bo‘lib milliy ta'lim tizimini ifoda etgan va ta'limning o‘zbek modeliga xos davlat ta'lim standartlari (DTS) ishlab chiqildi va amaliyotga kiritildi. Shu asnoda ta'lim-tarbiya olishning huquqiy asoslari yaratildi. 2009 yildan boshlab 12 yillik majburiy ta'lim joriy etildi. Bugungi kunda Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish natijasida qabul qilingan dasturga muvofiq, mamlakatimizda o‘rta maxsus va kasb-hunar ta'limini o‘z ichiga olgan 12 yillik ta'lim tizimiga o‘tish ishlari yakunlandi.
O'zbekistonda ta'lim tizimi “Ta'lim to'g'risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”asosida amalga oshiriladi.“Ta'lim to'g'risida”gi Qonun fuqarolarga ta'lim, tarbiya berish, kasb-hunar o‘rgatishning huquqiy asoslarini belgilaydi hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini ta'minlashga qaratilgan.
Ta'lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonundan hamda boshqa qonun hujjatlaridan iborat.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida ta'lim sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida ta'lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlaridagidan o‘zgacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling