Strategik menejment


Xarajatlarni rejalashtirishdagi asosiy ko'rsatkichlar, ularni aniqlash tartibi. Turg'un davolash muassasasi xarajatlar smetasini tuzish va ularni boshqarish


Download 1.62 Mb.
bet57/192
Sana07.10.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1695195
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   192
Bog'liq
Strategik menejment..

Xarajatlarni rejalashtirishdagi asosiy ko'rsatkichlar, ularni aniqlash tartibi. Turg'un davolash muassasasi xarajatlar smetasini tuzish va ularni boshqarish.

Ijtimoiy sohalar faoliyatini rejalashtirishning bir necha o'n yilliklar davomida shakllangan tartiblarga muvofiq, sog'liqni saqlash muassasalari faoliyatini rejalashtirish odatda quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

  1. Aholi soni va aholining tibbiyot muassasasidagi o'rinlarga ehtiyoj me'yorlari asosida tibbiy muassasaning ishlab chiqarish quvvatlari (u yoki bu profil yo'nalishlari bo'yicha o'rinlar - koykalar soni) ni aniqlash;

  2. Mazkur muassasa uchun o'rnatilgan namunaviy shtat normativlari bo'yicha zarur shtat normativlari sonini hisoblab topish;

  3. Koykalar soni va tuzilishi (terapevtik, xirurgik, nevrologik)ga ko'ra ish hajmini rejalashtirish;

  4. Shtatlar jadvali, ishlab chiqarish quvvatlari va koykalar ishining ko'rsatkichlari (koyka-kunlar soni) ga asoslanib tibbiyot muassasasini saqlash uchun moliyaviy resurslarga bo'lgan ehtiyojni aniqlash.

Demak, sog'liqni saqlash sohasidagi har bir muassasaning ishi operativ tarmoq ko'rsatkichlari, masalan:

  • kasalxonalardagi o'rtacha yillik o'rinlar soni (jami va o'rinlar profillari bo'yicha),

  • bir yilda o'rinlarning ishlash kunlari soni,

  • o'rin-kunlar miqdori,

  • barcha toifadagi xodimlar bo'yicha o'rtacha yillik shtatlar birligi soni,

  • ambulatoriya-poliklinikalarda vrach qabullari (kasalni ko'rish) soni bilan tavsiflanadi.

Xarajatlarni rejalashtirishda shu narsa muhimki, davolash-profilaktika muassasasi aholiga tibbiy yordamni asosan ikki shaklda ko'rsatadi. Kasalxonaga muqim yotqizib «statsionar» (turg'un) davolash va ambulatoriya-poliklinikada yordam ko'rsatish. Turg'un davolash muassasalarining asosiy ko'rsatkichlaridan biri - o'rin-kunlar soni bo'lsa, ambulatoriya-poliklinika muassasasining asosiy ko'rsatkichini vrach lavozimlari soni va vrach qabullari soni tashkil qiladi. Shunga qarab xarajatlarni hisoblash usuli tanlanadi.
Kasalxonaning joriy saqlash xarajatlarini hisoblashda o'rinlarning o'rtacha yillik soni asos qilib olinadi. Bu miqdor yangi o'rinlar ochilishi muddatlariga qarab quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Ko'r=Kb+(Ko-Kb)/O
bu erda:
Ko'r - o'rinlarning o'rtacha yillik soni;
Kb - yil boshidagi o'rinlar soni;
Ko - yil oxiridagi o'rinlar soni;
O - yangidan ochilgan (tashkil etilgan) o'rinlarning ishlash oylari soni.
Albatta, barcha davlat tibbiyot muassasalari xarajatlari budjet tashkiloti sifatida budjetdan moliyalashtirishning o'rnatilgan tartiblariga rioya qilgan xolda mablag' bilan ta'minlanadilar.
Nazorat savollari

  1. Sog'liqni saqlash tizimi xarajatlarini moliyalashtirish manbalari qanday moliyalashtiriladi?

  2. Sog'liqni saqlash tizimi mussasalarini saqlash va rivojlantirishda davlat budjetining ahamiyati va ularni boshqarish yo'llari qanday ?

  3. Davlat sog'liqni saqlash muassasalarining tarkibi, ular xarajatlarini rejalashtirish va budjetdan moliyalashtirishning xususiyatlari qanday?

  4. Xarajatlarni rejalashtirishdagi asosiy ko'rsatkichlar, ularni aniqlash tartibi qanday amalga noshiriladi?

Tayanch iboralar:
Smeta, sanitariya-epidemiologiya, ilmiy-tekshirish institutlari, tibbiyot statistikasi byurosi, sanatoriylar, sud-tibbiy ekspertiza byurosi, patologoanatomik markazlar.


  1. Download 1.62 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling