Strategik menejment


Jismoniy va jismoniy plandagi ehtiyojlar


Download 1.62 Mb.
bet59/192
Sana07.10.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1695195
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   192
Bog'liq
Strategik menejment..

Jismoniy va jismoniy plandagi ehtiyojlar. Ular odam organizmi strukturasiga shunchalik kuchli singib borganki, uni hayoti davomida kunlik qondirilishini talab qiladi. Bular harakatlanishga, tungi uyquga, ovqatlanishga, ichishga va boshqalarga bo‘lgan ehtiyojlardir.
Jamiyat va yakka ehtiyojlar. Jamiyat ehtiyojlari katta odamlar guruhi umuman mamalkat aholisiga xosdir. Ular o‘zini qondirilishi uchun o‘ziga xos sharoitlarni talab qiladi. Ularni ko‘pchiligini bir odam amalga oshiraolmaydi, ular faqat jamiyat faoliyati, davlat yoki mahalliy hokimiyat institutlari tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Harbiy xavfsizlikka, jamiyat tartibini saqlash, ijtimoiy ta'minotga bo‘lgan ehtiyojlar jamiyat ehtiyojlari hisoblanadi.
Yakka ehtiyojlar shaxsiy, shuningdek o‘z kombinatsiyasiga ko‘ra, aniq odamlarga xos bo‘lgan iste'mol xususiyatlarni aks ettiradi. Ularni anchagina qismini individ mustaqil ravishda yoki xizmatlar sohasiga murojaat qilish orqali amalga oshiradi.
Ijtimoiy va madaniy ehtiyojlar. Ular turli tuman bo‘lib, ko‘pgina hollarda o‘ta muhim hisoblanadi va odamlarni butun ongli hayotida yo‘ldosh bo‘ladi. Ularni xususiyati shundaki, tug‘ma etiyojlardan farqli o‘laroq, ko‘pgina hollarda madaniy muhit ta'sirida shakllanadi va shaxsni ijtimioy statusi, ma'lumot darajasi va umumiy rivojlanishi bilan bog‘liq.
SHuning bilan birga ijtimioy madaniy ehtiyojlarni ma'lum qismi, masalan fiziologik ehtiyojlar kabi o‘ta zarur emas. Bir qism ijtimoiy-madaniy ehtiyojlar ko‘pgina hollarda boshqalarga taqlid qilish yoki ijtimioy muhitni maqsadli yo‘naltirilganligi ta'siri sababli paydo bo‘ladi. Xususan ko‘p hollarda odam ijtimoiy informatsiya, moda va reklama ta'siriga moyil.
Servis faoliyati keng spektrdagi birlamchidan (jismoniy, fiziologik) tortib eng murakkab (bilish, ma'naviy rivojlanish) insoniy ehtiyojlarga hozir javob bo‘ladi.
2012-2016 yillarda xizmat ko'rsatish sohasini rivojlantirish dasturini qabul qilindi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 maydagi "2012-2016 yillarda O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatish sohasini rivojlantirish dasturi to'g'risida" qarori doirasida yaqin besh yil mobaynida barcha xizmatlarning solishtirma og'irligi YAIM dagi ulushini 55% ga yetkazish belgilab olindi. Hujjatda qayd etilganidek, xizmat ko'rsatish sohasining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2005 yildagi 38,7 foizdan 2011 yilda 50,5 foizga o'sgan. Buning natijasida avvalambor kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda 1,1 mln. yangi ish joylari yaratildi. Axborot- kommunikatsiya, bank, sug'urta, lizing, sayyohlik-ekskursiya va boshqa zamonaviy yuqori texnologik va bozor iqtisodiyotiga mos xizmat turlari ildam sur'atlar bilan rivojlanishiga e'tibor qaratildi.
Yangi dastur 2016 yilgacha mamlakatimizning yalpi ichki mahsulotida xizmat ko'rsatish sohasining ulushni bosqichma - bosqich oshirilishini nazarda tutadigan 2012-2016 yillarda O'zbekiston Respublikasi bo'yicha xizmat ko'rsatish sohasining asosiy turlarini rivojlantirishning maqsadli parametrlarini o'z ichiga qamrab oladi. Xizmat ko'rsatish sohasi respublikada 13 ta asosiy turlar bo'yicha taqsimlanadi. Ular: aloqa va axborotlashtirish, kompyuterni dasturlashtirish, moliya (bank, sug'urta xizmatlari va moliyaviy lizing) transport, qurilish, texnologik uskunalarga texnik xizmat ko'rsatish va ularni ta'mirlash bo'yicha, qishloq xo'jalik texnikalari, savdo va umumiy ovqatlanish xizmatlari, ta'lim va sog'liqni saqlash, turistlik, maishiy va boshqa xizmat turlari kiritilgan.
Yaqin kelajakda kompyuterni dasturlashtirish, shuningdek savdo hamda umumiy ovqatlanish xizmatlari bo'yicha eng yuqori o'sish sur'ati 2,4 barobar ortishi kutilmoqda. Sog'liqni saqlash, turistlik, maishiy va texnologik uskunalarga texnik xizmat ko'rsatish va ularni ta'mirlash bo'yicha xizmatlar sohasida o'sish 2,3 barobar bo'lishi prognoz qilinmoqda. Dastur shuningdek O'zAAA ko'rsatuvchi yangi xizmatlar turlarini prognozlashtirilgan rivojlantirish parametrlarini ham qamrab oladi. Ular qatoriga kommunikatsiya (kompyuter va abonentlik terminallarini ta'mirlash), interaktiv televidenie, videotelefoniya, kompyuter texnikasini, mobil telefonlarni va boshqalarni ta'mirlash sohasidagi korxonalarda texnik xizmat servislari kiradi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasida 2006­2010 yillarda xizmat ko'rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2006 yil 17 apreldagi qarorida belgilangan mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun foyda solig'i hamda yagona soliq to'lovi bo'yicha imtiyozlarning amal qilish muddati 2017 yilning 1 yanvarigacha uzaytirildi. Shu munosabat bilan yangi xizmatlar ro'yxati tasdiqlangan bo'lib, unga ko'ra ko'rsatilgan soliq imtiyozlari ta'sir qiladi.
2012 yilning II choragidan boshlab qishloqjoylardagi mahallalar hududida maishiy xizmat ko'rsatish bilan shug'ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar (sartaroshlar, tikuvchilar, poyafzal maishiy texnika ta'mirlash bo'yicha ustalar va boshqalar) qat'iy belgilangan soliq to'lashdan 3 yil muddatga ozod etiladi. Qarorga muvofiq "Mikrokreditbank" OATB mablag'lari hisobidan 2012-2016 yillarda xizmat ko'rsatish sohasini rivojlantirishga yo'naltiriladigan imtiyozli kreditlar 189,9 mlrd. so'm deb belgilandi. Ajratiladigan imtiyozli kredit resurslari xizmat ko'rsatish sohasining yangi obyektlarini barpo etishga, shuningdek xizmat ko'rsatishga ixtisoslashtirilgan amaldagi tadbirkorlik sub'ektlarini texnik va texnologik jihozlashga (qayta jihozlashga) maqsadli tarzda yo'naltiriladi.
Davlat statistika qo'mitasi bergan ma'lumotlarga ko'ra, 2012 yilning I choragida iqtisodiy faoliyatning barcha turlari bo'yicha bozor xizmatlarining umumiy hajmi 10,8 trln. so'mni tashkli etgan bo'lib, bu o'tgan yildagi davrga qaraganda 12,5 % o'sishga ega bo'lgan. Mazkur sohaning bozor islohoti tahlili transport sektoridagi xizmatlarning eng yuqori joylashuvini ko'rsatmoqda. Joriy yilning I choragida uning solishtirma og'irligi umumiy hajmda 29,5% ni tashkil etdi. Ekspertlar buni davlatimiz Prezidentining 2010 yil 21 dekabr sansidagi "2011-2015 yillarda infratuzilma, transport va kommunikasiyalar qurilishini rivojlantirishni jadallashtirish dasturi to'g'risida " gi qarorining O'zbekiston transport tizimini rivojlantirishga qo'shimcha impuls deya baholamoqdalar. Transport infratuzilmasiga kiritilishi rejalashtirilgan ($6,9 mlrd.) qo'yilmaning 48,9% - avtotransport infratuzilmasini, 22,9% - temir yo'l infratuzilmasini va 9,4 % - aviasion transportni modernizatsiyalashga sarflanishi prognozlashtirilgan.
Hukumat qarori doirasida avtomobil va temir yo'llari, ko'priklar modernizatsiyalanmoqda, avtotransport vositalari parklari, temir yo'l lokomotivlari va vagonlar parklari yangilanmoqda, yangi o'rta va uzoq masofaga parvoz etuvchi yo'lovchi kemalar o'zlashtirilmoqda. I chorakda 19,5% ulushga ega transport, shuningdek savdo va umumiy oqatlanish xizmatlariga O'zbekistonda ko'rsatilgan bozor xizmatlarining qariyb yarimi to'g'ri keldi. 2012 yilning I choragida chakana tovar aylanmasi hajmini 11% oshirilishi oziq - ovqat mahsulotlari, kundalik extiyoj mollariga bo'lgan talabning ortishi bilan izohlanadi.
Davlat statistika qo'mitasi bergan ma'lumotlarga ko'ra, o'tgan yilda respublikada 98,4 ta chakana savdo ob'ekti hiobdan o'tgan. Supermarket, do'kon va savdo pavilonlarining soni 32 dan 35 ortgan. Chakana savdo obyekti va umumiy oqatlanish sohasiga 65 mingdan ortiq korxona va tashkilotlar jalb etilgan. Ekspertlarning qayd etishicha mamlakatda chakana savdo hajmining ortib borishining yana bir omili sifatida plastik kartalar orqali to'lovlarni amalga oshirish tizimi dinamik sur'atlari bilan rivojlanishi bilan izohlamoqdalar.
Bandlikning dinamik rivojlanishi saqlanib qolgan soha - aloqa va axborotlashtorish xizmatidir. I chorakda ko'rsatilgan bozor xizmatlaridagi umumiy hajmining 6,8% ni tashkil etdi. O'sish esa 2011 yildagi muvofiq davrga nisbatan 33,2% ni tashkil etgan.
Xizmat ko'rsatish va servis (2017 yil I-chorak)


Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling