Strategik menejment


Nima uchun ta'lim va kishi boshiga o‘rtacha daromad ko‘rsatkichlari mezonlarini belgilash o‘zgartirilishi lozim?


Download 1.62 Mb.
bet132/192
Sana07.10.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1695195
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   192
Bog'liq
Strategik menejment..

Nima uchun ta'lim va kishi boshiga o‘rtacha daromad ko‘rsatkichlari mezonlarini belgilash o‘zgartirilishi lozim? Ko‘rsatkich mezonlari bir necha sabablarga ko‘ra o‘zgartirildi. Masalan (ilgarigi) katta yoshlilarning savodxonlik darajasi ilgarigi Inson taraqqiyoti indeksi bo‘yicha bilim darajasini to‘laqonli ravishda belgilab bermagan (faqatgina savodli yoki savodsiz deb ko‘rsatilib ularning savodxonlik darajasi ko‘rsatilmagan). Agar ta'lim olish yillarining o‘rtacha miqdori va ta'lim olish yillari kutilayotgan muddati ko‘rsatilsa ta'lim darajasi va ta'limda bo‘layotgan o‘zgarishlarni tushunish osonlashadi.

YAlpi ichki mahsulot - bu mamlakatga qancha ushlab qolinganiga qaramasdan mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlarning puldagi qiymatidir.
YAlpi milliy daromad esa mamlakatda yashovchi fuqarolariga hisoblangan daromad bo‘lib mamlakatga oqib kelayotgan pul o‘tkazmalari, yordamlar va mamlakatda ishlab chiqarilib chet elga chiqarilgandan tashqari (daromadlarning) - tovar va hizmatlarning puldagi ifodasi kiradi. Lekin bunga mamlakat ichida ishlab chiqarilab chet elga chiqarilgan daromad kirmaydi. SHuning uchun ham YAlpi milliy daromad mamlakatning iqtisodiy boyligi farovonligini aniqroq qilib ko‘rsatuvchi aniq mezon hisoblanadi.
Hisobotda ko‘rsatilishicha mamlakat fuqarolarning daromadini YAlpi milliy daromadi yoki YAlpi ichki mahsulot bo‘yicha hisoblanganda katta farq kelib chiqishi mumkin. Inson taraqqiyoti indeksi hisoblashlari “arifmetik” dan ko‘ra endi “geometrik” va talablar ham ancha o‘zgardi. Bu nimani nazarda tutadi? Avvallari Inson taraqqiyoti indeksi hajmlari ko‘rsatkichlari arifmetik qiymat shakli bilan hisoblanardi va normalashtirilgan minimum va maksimum ko‘rsatkichlar qo‘llanilar edi. Normalashtirish esa har xil birliklarda ifodalangan ko‘rsatkichlardan birliklarsiz 0 dan 1 gacha qiymatga ega bo‘lgan miqdor ko‘rsatkichlarga o‘tishni taqozo qiladi. Bu yilgi Inson taraqqiyoti indeksi shakli esa Inson taraqqiyoti indeksi tomonidan ma'lum muddatda kuzatilgan kompyuterlashtirilgan va hisobotlashtirilgan minimum - maksimumga asoslangan, normalashtirilgan ko‘rsatkichlariga asoslangan geometrik ifodaga ega. SHuning uchun ham ilgarigi kishi boshiga daromad darajasining kuzatilgan maksimum nuqtasi 2010 yilgi Inson taraqqiyoti indeksi hisobotida o‘zgaritirildi. Geometrik qiymatni qabul qilish notekis rivojlanayotgan mamlakatlar hajmlarini ham, past darajadagi ko‘rsatkich qiymatlarini ham ishlab chiqara oladi. Geometrik o‘rtacha qiymat Inson taraqqiyoti indeksi o‘rinlariga ozgina ta'sir ko‘rsatadi.
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling