Strategik menejment


Tug‘ulishdagi umr ko‘rishning minimal qiymatini 25 dan 20 ga tushirishning boisi nima?


Download 1.62 Mb.
bet134/192
Sana07.10.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1695195
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   192
Bog'liq
Strategik menejment..

Tug‘ulishdagi umr ko‘rishning minimal qiymatini 25 dan 20 ga tushirishning boisi nima? Bu tarixiy ko‘rsatkichlarga asoslangan. Maddison va Rileylarning ko‘rsatishi bo‘yicha 20 yil bu minimal umr ko‘rish. Agarda jamiyat yoki jamiyatning bir qismining umr ko‘rishi tipik reproduktiv yoshdan pastlashsa u jamiyat o‘ladi, butunlay yo‘qoladi. Krizis, moliyaviy iqtisodiy tangliklar davomida bundan ham pastroq qiymatlar paydo bo‘lgan edi Ruanda genotsid-qirg‘inida, lekin bu hech bir turmush tarziga to‘g‘ri kelmaydigan holat va bu holatda omon qolish mumkin emas.

  • Boshqa ko‘rsatkichlarning minimal qiymatlari nima uchun kerak? Umuman olganda har bir davr davomida jamiyat yashashi uchun minimal qiymatlar belgilanadi. Har ikkala ta'lim-savodxonlik ko‘rsatkichlari uchun minimum qilib “0” belgilanadi, chunki jamiyat a'zolari rasmiy savodxonligi bo‘lmagan taqdirda ham yashay oladilar. Daromadga kelsak YAlpi Milliy Daromad kishi boshiga 163 AQSH dollari qilib belgilangan. Bu har qanday jamiyatning insoniyat yaqin tarixida erishgan eng past qiymat ko‘rsatkichi, masalan Zimbabve 2008 yilda va bu esa kuniga 45 sentdan kamroq (Jaxon bankining qashshoqlik chizig‘i 1,25 AQSH dollari belgilangan darajaning 1/3 qismi). Minimal qiymatlarning belgilanishi muhim ahamiyat kasb etadi. YAlpi Milliy Daromad kishi boshiga 163 AQSH dollaridan pasaysa minimal qiymat ham o‘shanga yarasha o‘zgartiriladi.

  • Kuzatilgan maksimum qiymat”larning ishlatilishi yillik hisobotga asoslanadi degan ma'noni beradimi? Maksimum qiymatlar Inson taraqqiyoti indeksi tarmoqlari bo‘yicha 1980 yildan beri o‘tgan davrda kuzatilib berib turiladi. SHuning uchun ham maksimum qiymatlar yildan yilga o‘zgarib borishi mumkin. O‘zgarishlar esa darajalarga hech qanday ta'sir ko‘rsatmaydi. Buning boisi yangi Inson taraqqiyoti indeksining ko‘paytiruvchilik shaklidandir va maksimum qiymat o‘zgarganda ham mamlakatlarning nisbiy holatlari o‘zgarmay saqlanib qoladi. Garchi Inson taraqqiyoti indeksi qiymatlariga normalashtirish o‘lchamlarini tanlanganda ham.


  • Download 1.62 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   192




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling