Strategik menejment


Nima uchun, masalan, Kuba yangi Inson taraqqiyoti indeksiga kirmagan?


Download 1.62 Mb.
bet138/192
Sana07.10.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1695195
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   192
Bog'liq
Strategik menejment..

Nima uchun, masalan, Kuba yangi Inson taraqqiyoti indeksiga kirmagan? Ma'lumotlarning mavjudligi Inson taraqqiyoti indeksiga a'zo mamlakatlar ro‘yxatini belgilaydi. Ishonchli ma'lumotlar mavjud bo‘lmagan erda, va mavjud ma'lumotlarning yaroqliligi haqida muayyan noaniqlik bo‘lishi mamlakatlarni safdan chiqaradi va bu holatda inson taraqqiyoti xisobotini va inson taraqqiyoti ko‘rsatkichlari guruhi haqqoniyligiga kafolat bermaydi. To‘rtta mamlakatlar Inson taraqqiyoti indeksining uch komponenti bo‘yicha ma'lumot berganlar, lekin YAlpi Milliy Daromad bo‘yicha emas, ular : Kuba, Iroq, Marshall orollari va Palau. Oldin, jon boshiga YAlpi Ichki Maxsulot AQSH dollarida ishlab chiqarish, daromad va narxlar xalqaro taqqoslash markazi tomonidan xisoblab chiqilar edi. Inson taraqqiyoti indeksi Pensilvaniya Universitetida Kuba uchun xisoblanib chiqildi. Bu xisoblashlar Xalqaro tashkilot xizmatchilari maoshlarining rasmiy valyuta ayirboshlash kursi bo‘yicha ag‘darilgan qiymat ma'lumotlarga asoslangan. Lekin chet elliklar o‘arid qiladigan bozor umumiy iqtisodiyotning qolgan qismidan ajratilganligi va bunday ma'lumotlar fuqarolar xarid qiladigan baholarning haqqoniyligiga etarli kafolat berolmaydi. Xalqaro taqqoslash markazi bunday cheklashlarni inobatga olib Kubaning YAlpi Ichki Maxsulotini “D” ya'ni eng past daraja deb baholadi. SHuning uchun ham Kuba bu yilgi Inson taraqqiyoti indeksiga kirmagan.

  • Inson taraqqiyoti indeksi ko‘rsatkichlari mamlakat kesimida moslashtirilishi mumkinmi? Ha, Inson taraqqiyoti indeksi ko‘rsatkichlari mamlakatning maxsus, nisbatan ta'minlangan statistiki jixatdan sifatli aspektlariga moslashtirilishi mumkin. U yana mamlakatning bir qismi darajasida mamlakat ichidagi aholining harxil qismlari nomutanosibligi taqqoslanayotganida munosib ma'lumotlar bilan ta'minlangan taqdirdagina qismlarga bo‘linishi mumkin, yoinki to‘g‘ri statistik uslubiyot qo‘llanilayotgan xolda to‘g‘ri xisoblanishi mumkin. Inson taraqqiyoti indeksi uslubiyotini qo‘llab ichki nomutanosibliklarni ommalashtirish ko‘pgina mamlakatlarda konstruktiv siyosiy debatlarni keltirib chiqarganligi tug‘risida habar beradi.


    Download 1.62 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   192




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling