Strategik menejment
Download 1.62 Mb.
|
Strategik menejment..
- Bu sahifa navigatsiya:
- rasm.Omillarning ortasidagi aloqalarni ornatish uchun tuzilgan SVOT matritsasi.
- Kompaniyaning kuchli va zaif tomonlari .
- Firma xarajatlari raqobatbardoshligini baxolash.
rasm.Omillarning o'rtasidagi aloqalarni o'rnatish uchun tuzilgan SVOT matritsasi. Bo'limlar kesishish nuqtasida to'rtta maydon tashkil topadi: «kum» (kuch va imkoniyat); «kux» (kuch va havf); «zai» (zaif tomonlar va imkoniyat); «zax» (zaif tomonlar va havf). Ushbu maydonlarning har birida tekshiruvchi barcha mumkin bo'lgan juft kombinatsiyalarni ko'rib chiqib, harakat strategiyasini ishlab chiqishda hisobga olishi lozim bo'lganlarini ajratishi kerak. «Zai» maydonidagi juftliklar uchun vujudga kelgan imkoniyatlar hisobiga tashkilotdagi zaif tomonlarni engish strategiyasi tuzilishi lozim. Xuddi shunday: «kux» da tashkilot kuchini havfni bartaraf etish uchun ishlatish, «zax»da zaif tomondan qutilish va havfni oldini olish strategiyasi, «kun» da kuchli tomonlarni tashqi muhitdangi imkoniyatlardan foyda olish uchun ishlatish strategiyasi. Tashqi va ichki muhit tahlili natijalarini hisobga olgan holda tashkilot maqsadi aniqlanadi. Kompaniyaning kuchli va zaif tomonlari . Kuch - bu shunday xususiyatki, kompaniyaga qo'shimcha imkoniyatlar beradi. Bu kuch maxoratda, sezilarli tajribada, qimmatli tashkiliy resurslarda yoki aniq imkoniyatlarda, firmaga bozorda ustunlik yaratib beruvchi yutuqlarda bo'lishi mumkin. Kuch shuningdek, bozorda raqobatchilikni kuchaytirish tajribasiga ega bo'lgan boshqa bir kompaniya bilan qo'shilishi yoki sherikchilik qilish yo'li bilan xam yaratilishi mumkin. Zaiflik - bu kompaniya faoliyati uchun zarur bulgan nimaningdir etishmasligi, kompaniya qila olmaydigan qandaydir ish yoki kompaniyani noqulay vaziyatga solib qo'yadigan sharoit. Kompaniyaning kuchli va zaif jixatlari aniqlangach, xar ikkala ro'yxat o'rganilishi va baxolanishi lozim. Buning uchun SWOT tizimi qo'llaniladi (taxlil, xarajatlar taxlili, imkoniyatlar va boshqalar taxlili) . Bunda kuch va zaiflik balansi tuziladi. Kompaniyaning eng muxim yutugi - bu raqiblariga nisbatan kompaniya yaxshi bajara oladigan ishdir. Firma xarajatlari raqobatbardoshligini baxolash. Kompaniya axvoli taxlilining muxim qismi - bu firma xarajatlarining raqobatga bardoshliligini aniqlashdir. Baxolardagi farqlarning kelib chiqish sabablari xilma-xil bo'lishi mumkin. Ularning eng muximlari quyidagilar: xom ashyolar, butlovchi qismlar, quvvatlar va boshqa tovarlar narxlaridagi farq; texnologiyaning turliligi va jixozlar yoshining turliligi; ishlab chiqarish xarajatlarining turliligi; raqiblarning inflyatsiyaga va xorijiy valyutalar almashtiruv kurslarining o'zgarishiga bogliqlik darajasining turliligi; marketing xarajatlarining turliligi; transportirovka xarajatlarining turliligi ; sotish shaxobchalarini tashkil etish xarajatlarning turliligi. Raqobatga bardoshli bo'lish uchun kompaniyaning xarajatlari raqiblar xarajatlariga teng yoki undan past bo'lishi lozim. Buning uchun kompaniya qiymatlar zanjirining xar bir bo'ginida taxlil o'tkaziladi. Qiymat yaratuvchi zanjir quyidagilardan iborat bo'ladi. Asosiy faoliyat doirasida: moddiy-texnika ta'minoti; tayyorlash; tovarlarni iste'molchilarga etkazish; sotish va marketing; xizmat ko'rsatish; Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling