Strategik menejment


Xalqaro hamkorlik va bitimlar


Download 1.62 Mb.
bet53/192
Sana07.10.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1695195
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   192
Bog'liq
Strategik menejment..

Xalqaro hamkorlik va bitimlar
O‘zbekiston ta'lim sohasida bozor islohatlarini amalga oshirib, xorijiy mamlakatlar ta'lim tizimi bilan integratsiya jarayonlarini aniq maqsadlarga muvofiq ravishda olib bormoqda. Hamdo‘stlik mamlakatlaridan Rossiya, horijiy davlatlardan Singapur, Buyuk Britaniya, Italiya bilan oliy ta'lim sohasida hamkorlik aloqalarini amalga oshirdi. 2006 yilda Rossiyaning M.V.Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universitetining Toshkentdagi filiali ochildi. Universitet Rossiya MDU davlat standartlari asosida psihologiya, xalqaro programmalashtirish va iqtisod yo‘nalishlarida bakalavriat ta'limi yo‘lga qo‘yildi. Xalqaro standartlarga mos ravishda o‘quv dasturlarining tuzilganligi, ta'lim sifatining yuqori darajada ekanligi, ta'lim-tarbiya jarayonining uzluksizligi hamda eng ilg‘or pedogogik texnologiyalar asosida olib borilishi universitet bitiruvchilarining mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lishini ta'minlaydi. Universitetning zamonaviy kompyuter texnika va texnologiyalari bilan jixozlangan auditoriyalari ta'lim jarayonini samaradoriligiga ta'sir etib, ta'lim sifatini jaxon standartlariga mos ravishda boshqarilishi ta'minlanmoqda.
Yangi talim turlarini joriy etish maqsadida masofaviy ta'lim tizimiga asos solinib 28 dan ziyod fandan video maruzalar ishlab chiqilgan. 10 dan ziyod videokonferensiyalar tashkil etilmoqda.
Universitet tayanch oliy o‘quv yurti sifatida, chet elda o‘qib kelgan mutaxassislarni jalb etgan holda, rivojlangan xorijiy mamlakatlar universitetlari ta'lim standartlari, o‘quv rejalari, fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlari o‘rganilib, O‘zbekiston respublikasida tayyorlanayotgan yo'nalishlar va mutaxassisliklar standartlari, o‘quv rejalari, dasturlari bilan solishtirilib tahlil etildi va uning asosida mutaxassislar tayyorlashni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi, fanlar bo‘yicha dasturlar takomillashtirildi. Ortirilgan tajribalar asosida darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar tayyorlashda xorijda va respublikada chop etilgan o‘quv qo‘llanma, darsliklar, boshqa oliy o‘quv yurtlari olimlarining ilmiy izlanishlarining qiyosiy tahlili berildi.
Darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar Respublikada qabul qilingan hukumatning eng so‘nggi qarorlari, me'yoriy hujjatlari va boshqa instruktiv ma'lumotlar bilan boyitildi, adabiyotlar ro‘yxatiga 2005 yildan keyin Rossiya va xorijiy mamlakatlarda chop etilgan darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar VEB saytlar kiritildi, glosariylar boyitildi.
Xorijdagi ilg'or g'oyalarni va ta'lim usullarini yetkazish uchun universitetning xorijiy oliy o‘quv yurtlari bilan aloqalari faollashmoqda. Janubiy Koreya, Gollandiya, Rossiya, Avstriya, Angliya, AQSH, YAponiya davlatlarining yetakchi professorlari universitetga kelib ingliz tilida mashg'ulot o‘tishmoqda. Xalqaro Biznes, Xalqaro Iqtisodiy Munosabatlar fakultetlarida mashg'ulotlar ingliz tilida o‘tilishi tashkil etilgan.
Muntazam ravishda professor-o‘qituvchilar uchun pedagogik (keys) texnologiyalarni yaratish bo‘yicha seminar treninglar o‘tkaziladi. 2008 yil yanvar oyidan - mart oyigacha 55 fandan keys texnologiyalar yaratildi.
Mashg‘ulotlarni interaktivligini oshirish maqsadida axborot texnologiyalari va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘lash bo‘yicha o‘qituvchilar va talabalar uchun maxsus o‘quv qo‘llanmalar yaratildi.

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling