Strategik menejment


Download 1.62 Mb.
bet60/192
Sana07.10.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1695195
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   192
Bog'liq
Strategik menejment..

#

Хизматлар номлари

млн.сум

жумладан; кишлок жумладан; кишлок

усиш
суръати, %

жойларида* (млн.сум)

жойларида* (улуши, %)

1

1
Хизматлар х,ажми - жами
Алока ва

1
657061.1

1
171504.4

1
26.1

1
113.4

2

ахборотлаштириш хизматлари

40127.9

393.3

1

106.2

3

Молия хизматлари

74723.3

13368.3

17.9

126.7

4

Транспорт хизматлари 170634.2

69759.89999999999

40.9

113.6

5

Яшаш ва овкатланиш хизматлари

26799.8

4350.9

16.2

111

6

Савдо хизматлари Кучмас мулк билан

223495.8

65204.7

29.2

110

7

боFлик булган хизматлар

15298.8

2024.1

13.2

108

8

Таълим хизматлари

30918.4

2731.8

8.800000000000001

2731.8

9

СоFлик;ни саклаш хизматлари

4222

770.7

18.3

117.1

10

Ижара ва прокат хизматлари Компьютерларни ва

7759.4

1233.2

12.2

110.1

11

маиший товарларни таъмирлаш хизматлари

6374.7

4648

72.90000000000001

110.4

12 Шахсий хизматлар Меъморчилик, мухандислик

17451.4

5162.3

29.6

5162.3

13

изланишлари, техник синовлар ва та^лил сохдсидаги хизматлар

4253.8

413.2

9.699999999999999

110

14

Бошка турдаги

35001.6

1441

4.1

133.7





хизматлар
Aholiga keng ko‘lamli xizmatlar ko‘rsatish va yurtdoshlarimizning turmushi darajasini yaxshilash yuzasidan mamlakatimizda ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. . Jumladan, xalqimiz farovonligini yuksaltirish maqsadida 2009 yil - “Qishloq


taraqqiyoti va farovonligi yili”, deb e'lon qilinib, qishloqlarimiz infratuzilmasini tubdan yaxshilash, zamonaviy uy-joylar barpo etish, qishloq aholisining turmush darajasi va sifatini yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgan alohida davlat dasturi tasdiqlandi. Ana shunday ulkan o‘zgarishlarning tashabbuskori bo‘lgan Prezidentimiz


Islom Karimovning 2012yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2013yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma'ruzasida ushbu sohani rivojlantirishga yana bir bor e'tibor qaratilib, 2013yilda qishloq joylarda



namunaviy loyihalar asosida yakka tartibdagi uy-joylarni qurish ko‘lamini yanada kengaytirish alohida o‘rin tutishi zarurligi alohida ta'kidlandi.
Qabul qilingan Davlat dasturi asosan quyidagilarga yo‘naltirilgan:

  • qishloq aholi punktlarining arxitekturaviy rejalashtirilishini tashkil etish, qishloqda turar-joy va ijtimoiy soha ob'ektlari barpo etilishini loyihalashtirish tizimini tubdan takomillashtirish;

  • qishloq joylarda ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish asosida qishloqdagi turmush sifatini oshirish;

  • mamlakatimizning o‘zida qurilish materiallari ishlab chiqarishni kengaytirish, yig‘ma konstruksiyalar va mahalliy materiallardan foydalangan holda, qishloqda ob'ektlar qurilishining industrial va yig‘ma texnologiyalarini joriy etish va boshqalar.

"Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili" Davlat dasturiga muvofiq qishloq qiyofasini va qishloq aholisining uy-joy sharoitlarini sifat jihatidan yaxshilash, qishloq joylarda ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish, uy-joy qurilishida uzoq muddatli imtiyozli kreditlash tizimini keng joriy etish maqsadida 2009 yil 30 martda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1083-sonli qarori bilan “Qishloq qurilish bank”i tashkil etildi.
Namunaviy loyihalar asosida uy-joy qurilishiga oid normativ-huquqiy hujjatlar quyidagilar hisoblanadi:

  • “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat dasturi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 26 yanvardagi PQ-1046-sonli qarori;

  • «Qishloq qurilish bank» aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 30 martdagi PQ-1083-sonli qarori;

  • «Qishloq qurilish bank» aksiyadorlik tijorat bankining faoliyatini tashkil etish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 31 martdagi 90-sonli qarori;

  • «Qishloq joylarda uy-joy qurilishi ko‘lamini kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 3 avgustdagi PQ-1167-sonli qarori;

  • «Tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun «Qishloq qurilish bank» aksiyadorlik tijorat banki tomonidan imtiyozli ipoteka krediti berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 25 maydagi 148-son qarori;

  • «Qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida «Qishloq qurilish invest» injiniring kompaniyasi ishtirokida uy-joylar qurishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 26 oktyabrdagi 280-sonli qarori;

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida "Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish" loyihasini ko‘p martalik transh bo‘yicha moliyalashtirish dasturini amalga oshirishga doir birinchi navbatdagi chora- tadbirlar to‘g‘risida" gi 2012 yil 11 yanvardagi PQ-1683-sonli qarori;

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 14 yanvardagi “2012 yilda qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joylarni qurish dasturi to‘g‘risida”gi PQ-1687-sonli qarori;

  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 12 oktyabrdagi “2013 yilda qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida yakka tartibda uy-joylar qurilishi bo‘yicha dasturni tayyorlash choralari” to‘g‘risidagi 291-sonli qarori;

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 4 yanvardagi “2013 yilda qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha individual uy-joy qurilishi bo‘yicha dastur to‘g‘risida”gi PQ-1902-sonli qarori.

Mamlakatimizdagi "Qishloq qurilish invest“ injiniring kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 3 avgustdagi PQ-1167-sonli qaroriga muvofiq qishloq joylarda uy-joy qurilishini tashkil etish bo‘yicha yagona buyurtmachi tashkilot hisoblanadi.
"Qishloqqurilishloyiha" MCHJ esa qishloq aholi punktlarini arxitekturaviy jihatdan rejalashtirishni tashkil etish va qishloq qurilishini loyihalashtirish tizimini tubdan yaxshilash, shu asosda qishloq qiyofasini tubdan o‘zgartirish maqsadida tashkil qilingan korxona hisoblanadi.
O‘zbekistonda namunaviy uy-joy qurilishini tashkil qilishning namunaviy loyihasi "Qishloqqurilishloyiha" loyiha instituti tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan uy-joy loyihasi bo‘lib, zamonaviy qurilish materiallari va texnologiyalarini yurtimiz mintaqalarining tabiiy iqlim sharoitlarini va joylarning relefini, ijtimoiy demografik xususiyatlarini hisobga olgan holda tayyorlanadi.
Namunaviy uy-joy qurilishi fuqarolarga kredit berish yo‘li bilan iste'molchilarga sotiladi va fuqarolarga kredit ajratish shartlari quyidagicha:

  • murojaat qilgan kunida 18 yoshga to‘lgan;

  • kreditga layoqatli qishloq fuqarolariga;

  • namunaviy loyiha bo‘yicha uy-joy qiymatining 25 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda boshlang‘ich badalini to‘plaganlaridan so‘ng;

  • eng kam ish haqining 1000 barobarigacha (shuningdek, uy-joy smeta qiymatining 75 foizigacha);

  • imtiyozli foiz stavkasi bilan;

  • asosiyqarzniqaytarishbo‘yichabiryilmuddatgaimtiyozlidavrbilan;

  • 15 yil muddatgacha kredit ajratiladi.

Aholi tomonidan kredit olish esa quyidagicha belgilangan:

  1. Qishloq qurilish injiniring kompaniyasining tegishli filialiga murojaat qilib, namunaviy loyihani tanlaydi va dastlabki shartnomani tuzadi.

  2. Loyiha qiymatining kamida 25 foizi miqdoridagi mablag‘ni omonatga qo‘yib, kredit olish uchun tegishli hujjatlarni bankka taqdim etadi.

  3. Bank tomonidan dastlabki badal qo‘yilgani va kredit ajratishga ijobiy xulosa berilganidan so‘ng QQI IK xududiy filiali bilan uy-joy qurilishi uchun asosiy shartnoma imzolanadi.

  4. QQI IK bilan tuzilgan shartnoma asosida qurilish bosqichma-bosqich moliyalashtiriladi. Bunda avval 25 foiz avans to‘lovlari, ular moliyalashtirilganidan so‘ng kredit, keyin yakuniy to‘lov amalga oshiriladi.

  5. Ob'ekt davlat qabul komissiyasi tomonidan qabul qilinadi va uy-joy egasiga topshiriladi.

Nazorat uchun savollar:

  1. Servis faoliyati qanday xizmat ko‘rsatish sub'ektlari tomonidan ishlab chiqiladi?

  2. Xizmat sohasidagi mehnat qanday farqli jihatlarga ega?

  3. Xizmatlarga qanday belgilar xos?

  4. Servis mahsuloti nima?

  5. Davlat statistika hisobida ishlatiladigan yondashuvdav xizmat sohasini umum xo‘jalik mexanizmidagi o‘rni qanday?

  6. Qanday jihatlar servisni ishlab chiqarish bilan yaqinlashtiradi?

  7. Ehtiyojlarni yuzaga kelishi qanday omillar bilan belgilanadi?

  8. Qanday ehtiyoj turlari mavjud?

Tayanch iboralar:
Servis faoliyati , xizmat sohasidagi , servis mahsuloti, ehtiyoj.


  1. Download 1.62 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling