Strategik menejment


MAVZU. BANK XIZMATLARI MENEJMENTI STRATEGIYASI


Download 1.62 Mb.
bet61/192
Sana07.10.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1695195
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   192
Bog'liq
Strategik menejment..

MAVZU. BANK XIZMATLARI MENEJMENTI STRATEGIYASI

Reja:

  1. “Bank marketingi va menejmenti» fanining maqsadi va vazifalari

  2. Bank marketingi tushunchasi va mohiyati.

  3. Bank menejmentining tarkibiy tuzilishi vao'ziga xos xususiyatlari.

  4. Bank xizmatlari bozori va ularni boshqarish.

Bozor munosabatlari sharoitida xo'jalik yuritishning yuksak daromadlariga erishilishini
ta'minlovchi samarali yusinlari va uslublarini izlash aloxida ahamiyat kasb etmokda. Bu maqsadga erishuvda ishlab chiqarishni boshqarish uslublari hamda vositalarni takomillashtira borishga aloxida rol ajratiladi.
Ma'lumki, rivojlangan mamlakatlarning aksariyatida iqtisodiyotni boshqarish borasida boy tajriba to'plangan. Shu tajriba asosida boshqaruv sohasi rahbarlari va mutaxassislarining yangi avlodini tarbiyalash respublikamizda ham tobora keng yoyilmoqda. Ayni shu masala e'tiborga molik topilganligi bejiz emas, chunki boshqarish darajasi bilan xo'jalik faoliyatining asosiy ko'rsatkichlari o'rtasida bevosita bog'liqlik mavjud. Boshqaruvning yuksak darajasi bilan yuqori darajadagi mehnat intizomi va mehnat unumdorligi, yuqori daromadlar va shunga muvofiq ravishda tannarxning, resurslar isrofgarchiligining pastligi o'zaro uygunlashib ketadi. Boshqaruv bu eng avvalo ishlabchiqariladigan mahsulot ob'ekti va turishi belgilab olindiki, xodimlar o'rtasida ishlarning xajmi va turlarini taksimlashni, resurslar bilan ta'minlashni, qilinayotgan sarf harajatlarni hisob-kitob va nazorat qilib borishni, moliyalashtirish va mehnatga haq to'lashni, daromadlarni vujudga keltirish va ularni taksimlashni, davlat mahsulot etkazib beruvchilar va iste'molchilar oldidagi majburiyatlarni o'z ichiga oladi.
Ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish, kengaytirilgan ishlab chiqarishni takmillashtiri, rivojlanib boruvchi mehnat taksimoti, ishlarning muayyan qismini bajaruvchi ishlab chiqaruvchilar kooperatsiyasi bo'larning hammasi boshqaruvning ahamiyatini oshiribgina qolmay, boshqaruv mehnatining bevosita ishlab chiqarish sohasidan farq qiluvchi faoliyatning aloxida turiga qonuniy ravishda aylanishiga olib boradi.
Xorijiy mamlakatlarda allaqachonlardan beri nixoyatda katta ahamiyat berib kelinayotgan boshqaruv jarayoni shu tarika rivojlanib boradi. Boshqaruv uslublari hamda vositalari tarixi, shuningdek uning iqtisodiy tarkkiyotiga ta'siri sohasidagi tahlil ko'rsatib turibdiki, boshqaruv muvaffakiyatlari rivojlanib borgan mamlakatlarda iqtisodiy rivojlanish sur'atlari ham eng yuqori darajada bo'lgan.
Masalan, XIX asr oxiri XX asr boshida boshqaruv fani va amalyotining dunyoviy markazi bo'lgan Frantsiyada shunday xolat yo'z bergan. Anri Fayol bu sohada etirof etilgan peshkadam sanaladi, u boshqarish bu barcha resurslardan eng ko'p darajada foyda olib, jamoani
uning maqsadi sari etaklashni anglatadi», deya ta'kidlaydi. Bunday tasnif bugungi kullab kelinmokda.
Keyinroq 20 yillarga kelib ishlab chiqarishni, mehnatni oshkaruvni tashkil qilish bobida Germaniya oldingi marraga chiqib oldi. Milliy an'ana va madaniy unsuri bulmish nemislarga xos aniqlik va mehnatsevarlik bu masalada koyilmokom darajada kul keldi, zero ayni shu sifatlar ishlab chiqarishning muvaffakiyatli rivojlanishiga ko'p jihatdan yordam beradi. Shuning uchun ham ikkinchi jahon urushi boshlanishi davrida Germaniya iqtisodiyoti bekiyos katta imkoniyatlarga ega bo'lgan, eng yuksak darajada tarakkiy etgan va kudratli iqtisodiyotlardanbiri bo'lganligi bejiz emas.
Ikkinchi jahon urushi tugashidan ko'p utmay Amerika ishlab chiqarishni boshqarish sohasida barcha tomondan tan oligan peshkadam bo'lib oldiki, uning mutaxassislari boshqaruv nazariyasi va amaliyotiga katta xissa kushdilar. Bu jabxadagi sa'yharakatlar zoya ketmadi: AQSh iqtisodiyoti jadallik bilan bark urib gullash yo'liga kirdi. Xususan, ular tomonidan menejmentning zarurligi to'g'risidagi nazariya ishlab chiqildi: Ishlab chiqarishni maxsus tayyorgarlik kurgan professionallar boshqarmogi lozim, deb hisoblovchi amerikaliklar ikkita boshqaruv akademiyasini tashkil etishdi. Bundan tashkari mamlakatda 10 ta biznes maktabi ishlab turibdi, boshqaruvgaoid 200 dan ko'prok jurnal nashr etilmokda. Boshqaruv xodimlari AQSh da eng yuqori maosh oladigan mutaxassislar jumlasiga kiradi.
Germaniya va AQSh tajribasi bekor kolib ketmaydi: ko'pgina mamlakatlar uni o'z amaliyoti uchun qabul kildilar. Hech kim kutmaganida 80 yillarda boshqaruv sohasida jahonda oldingi marrraga chiqib olgan Yaponiya bu borada eng sobit kadam mamlakatlarda sanaladi.
Boshqaruvning amalda butunlay yangi bo'lgan kontsepsiyasi aynan shu erda ishlab chiqildi, uning mohiyati shundaki, ishlabchiqarishning vujudga kelishidan tortib tovar ishlab chiqarishgacha bo'lgan jaryon o'zluksiz sur'atda amalga oshiriladi. Bu tizim shu qadar samarali chiqdiki, xomashyo manbalariga boy bulmagan Yaponiya o'z iqtisodiy tarakiyotida nihoyatda ilgarilab ketdi.
Bugungi kunda menejment butun dunyoda tobora keng yoyilmoqda. Bozor munosabatlari yo'liga qadam qo'ygan O'zbekiston ham undan mustasno emas. Bu sohada tezrok muvaffaqiyat qozonish uchun esa shu davrga qadar to'plangan, hozirgi paytda boshqaruvga doir haqiqiy fan bo'lib mujassamlashgan bilimlardan imkoni boricha foydalanish zarur. Bu fan, uning asoschilaridan biri bo'lgan amerikalik olim F. U. Teylor ta'biri bilan aytganda, «aniq belgilangan qonunlar, koidalar va printsiplarga tayanadi». Ularni o'zlashtirib olgach keyinchalik amaliyotda qo'llamasdan turib, ishlab chiqarish faoliyatida muvaffaqiyat qozonish deyarli mumkin emas.
Buning ustiga, xorijdagi iqtisodchi olimlar, menejment faqat ishlab chiqarish muammolarigina emas, balki ijtimoiy muammolarni ham xal qilishga kodir, degan fikrdadirlar.
Ular, barcha ijtimoiy muammolar, iqtisodiyotdagi barcha kiyinchiliklar, agar ular «amaliy jihatdan» bunedkor menejment nuktai nazaridan karab chiqiladigan bulsa, bartaraf qilinishi mumkin, deb hisoblaydilar. Qisqasi, amerikalik boshqaruv nazariyachilari hozirgi davrni ilmiy menejmentlari deb e'lon kildilar. Ularning fikricha aynan menejment hozirgi biznesning asosiy orzuniyatlarini ifodalaydi. U iqtisodiyotdagio'zgarishlar inson xaetini yaxshilashning va ijtimoiy adolat urnatishning kudratli harakatlantiruvchi vositasiga aylanishi mumkinligiga ishonchni mustaxkamlaydi. Dadil aytish mumkinki, bugungi kunda menejment jamiyatning barcha sohalarini va boshqaruvning barcha vazifalarini kamrab oladi. Xususan, moliya menejmenti, savdo menejmenti va xokazo menejmentlar mavjud. O'zbekistonda isloxotlarning takdiri va ularning natijalari ham ko'p jihatdan menejmentni rivojlantirishga bog'liqekanligi ham shubxasizdir.
Respublikamizda mehnat munosabatlarini huquqiy tartibga solish, unumli ishlash uchun shart-sharoitlar yaratish masalalariga muxim ahamiyat berilayapti. Mamlakat konstitutsiyasi moddasida shunday deyiladi: «Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, odilona sharoitlarda ishlash va qonunda ko'rsatilgan tartibda ishsizlikdan ximoyalanish huquqiga egadir». Bu qoida mehnat haqidagi qonunchilikni takomillashtirish jarayonida yanada rivojlantirildi.
Moliya menejmentining mehnatga daxldor jihatlari moliya sohasida bozor mexanizmlarini tartibga solish masalalarigabagishlangan qonunlar va me'eriy xujjatlarda ifodalangan va xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning raqobatbardoshligini oshirishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan. Bunda sondan sifatga o'tish koidasi amal qiladi, ya'ni, katta biznesga sarmoyalarning ko'plab okib kelishi va pul operatsiyalari yarashadi. Bunday biznes moliyasini boshqarish uchun iqtisodiyot, huquq, ruxshunoslik, fanshunoslikdan chuqur bilimga ega professionallar, boshqacha aytganda, moliya va kadrlar bo'yicha menedjerlar kerak. Moliya, menejment va uning mehnatga daxldor huquqiy jihatlaridan yaxshi xabardor menejer faoliyat ko'rsatish jarayonida tashkilotchilik ijodietidan tajriba orttiradi, ichdan xis etishni shakllantiradi, unda bozor talablariga sezgirlik paydo bo'ladi, moliyaviy resurslar harakatini iqtisodiy boshqarish tizimida asosiy shaxsga aylanadi.
Moliya va kadrlar menejmentiga anchagina ilmiy ishlar bagishlangan. Bu ishni davom ettirish, tadkikotlarni chukurlashtirish, mehnat va u bilan bog'liq huquqiy munosabatlar sohasida tashkilotchilik ijodietini rivojlantirishga qaratilgan nazariy va amaliy asoslarni ishlab chiqish zaruriyatiga extiej esa, juda katta.
Bank tizimida yuzaga kelayotgan holatlar, bugungi kunda bank menejmenti va marketingini yanada rivojlantirishni talab qilmoqda. Banklar sonini ko'payishi bu raqobatning kuchayishidir. Bu esa bank boshqaruvida yangi yangi vazifalar degani, shuning uchun bank tizimidagi menej ment va marketingni rivojlantirish yo'llarini ishlab chiqishdan iborat. Aolarni amalga oshirishda quyidagi vazifalarni belgilab olish zarur. Bank menejmentining iqtisodiy mohiyatini nazariy o'rganish ularni xorij tajribasi bilan solishtirish; banklarning yangi xizmat turlarini taklif etish, bankdagi operatsiyalarni boshqarishni yaxshilash; bank xodimlarini boshqarishni yaxshilash tufayli mijozlarga sifatli xizmat ko'rsatish.
Bank menejmenti boshqaruv jarayonini amalga oshirib, moliyaviy, moddiy, tashkiliy, xuquqiy, ma'naviy psixologik shart-sharoitlarni yaratish, boshqaruv vazifalarini bevosita ijro etilishi bilan bog'liq jarayonlarni o'z ichiga oladi.
Bank menejmenti asosida, avvalambor, odamlar bilan ishlay olish mahorati yotadi, shu bois bank menejmentining muhim tarkibiy qismlaridan biri xodimlarni boshqarishdir. Sir emaski, inson resurslari sifati ularningbank oldida turgan maqsadlarini amalga oshirishga qo'shgan hissasi hamda bank faoliyatining sifatini ko'p jihatdan xodimlar bilan ishlashni samarali yo'lga qo'yilganiga
Bog'liq. Ikki bosqichli bank tizimining shakllantirilishi, uning tarkibiy takomillashtirilishi, shuningdek, elektron to'lovlari tizimining yaratilishi joylarda yangi tuzilmalarning: O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki Bosh hududiy boshqarmalari va Hisob-kassa markazlarining yaratilishiga va ularning faoliyatini yo'lga qo'yilishiga olib keldi. Bu esa bank muassasalarining yangi turi bo'lib, o'ziga xos funktsiyalarga ega. Bu funktsiyalar mamlakatimizda qabul qilingan “O'zbekiston Respublikasining Markaziy bank to'?risida”gi va “Banklar va bank faoliyati to'g'risida”gi Qonunlarida belgilab berilgan.
Ushbu tuzilmalarning tashkil etilishi xodimlar bilan ishlashda bank tizimini yanada isloh etish hamda tijorat banklarini hududiy bo'linmalarioldiga qo'yiladigan vazifalarini amalga oshirishda mosligini ko'rsatmoqda. Bank uchun kasbiy tayyorgarlikka ega bo'lgan va zamonaviy bank texnologiyalaridan foydalana oladigan, o'z ishini muntazam ravishda takomillashtirishga intiladigan mutaxassislar kerak. Bunday sharoitda yuqori ishchanlikka ega jamoani shakllantirish uchun xodimlar sonini rejalashtirish va istiqbolini belgilash, uning kasbiy darajasini oshirish va mutaxassislarni maqsadga muvofiq holda tanlash, barcha turdagi mukofotlashlarni hisobga olishning yagona tizimini yaratish lozim. Aytish joizki, xodimlarni boshqarish mahalliy adabiyotlarimizda ancha keng baxs-munozaralarga sabab bo'lmoqda, chunki bank faoliyatini takomillashtirishning ushbu yo'nalishining dolzarbligi bu muammoning salbiy oqibatlarini boshidan kechirgan xorijiy banklar tajribasida ham o'z tasdi?ini topmoqda. Xodimlarni boshqarish muammosini belgilashga, uni hal qilish usullariga turli yondashuvlar mavjud. Ayrim olimlar o'z maqolalarida ichki firma menejmenti - bu eng yuqori samaradorlik va foydalilikka erishish maqsadida tashkilot resurslarini boshqarish tamoyillari, usullari va vositalari yi?indisi deb ta'rif berar ekan, xodimlarning resurs sifatidagi alohida fazilatlarini ko'rsatib beradi. Umuman olganda xodimlarni bir jinsli substantsiya deb qarash yaramaydi, har bir xodimo'ziga xos qadriyatlarga va motivlarga ega. Xodimlarni boshqarish uzluksiz jarayon bo'lib, odamlarning maksimal darajada ishchanligini oshirish va tegishlicha yuksak yakuniy natijalarga erishish maqsadida ularni motivatsiyalashni maqsadli o'zgartirishga qaratilgandir. Xodimlar bilan ishlashning yakuniy maqsadi - tashkilot maqsadlarini xodimning manfaatlariga yuqori darajada yaqinlashtirish kerak.
Shularga asoslanib xodimlarni boshqarishning kontseptual modelini taklif qilish mumkin. Boshqa bir guruh olimlar xodimlar iqtisodiyotini individuallashtirish mavzusini davom ettiradi. Ularning fikricha, xodimlar iqtisodiyoti maqsadi individuallashtirishga yo'nalish olish barobarida individni faqat umumiy, jamoaviy vazifalarni hal qilishga jalb etilishi oqibatida ishga solinmay kelingan individual salohiyatini namoyon qilish natijasida tashkilot samaradorligini oshirishdan iborat. Shunga ko'ra, menejmentning muammosi ko'rsatilayotgan xizmatlarni xodimlarning haqiqiy talablariga qaratish yo'li bilan qo'shimcha xarajatlarsiz ular mehnatini rag'batlantirish samaradorligini oshirish bilan bog'liq. Bunday siyosat natijasida xodimlarning o'z ishidan mamnunligi va o'z majburiyatlarini vijdonan bajarishga tayyorligi asosida individual ishchanlikning ortishini kutish mumkin. Xodimlarni boshqarishga bo?liq ishlab chiqarish xo'jalik muammolari ham iqtisodiy shart- sharoitlarga, ham hulq-atvor xususiyatlariga tayanishi lozim. Bank menejmentida xodimlarni boshqarish haqida gap ketganda shuni aytib o'tish kerakki, bu jihatdan xodimlarni bank tizimida boshqarish boshqa faoliyat turlaridan birmunchafarq qiladi, bu esabanklarning boshqa tashkiliy institutlardan farq qilishi bilan asoslanadi.
Bizning fikrimizcha, xodimlar menejmenti deganda uchta strategik vazifalarni amalga oshirish zarur.
Bankning mehnat resurslariga bo'lgan ehtyojlarini tezkor va to'liq qondirish uchun zarur ixtisoslashuvni va malaka darajasini ta'minlash. xodimlarning o'zlariga yuklangan funktsiyalarni eng yuqori darajada samarali bajarishi uchun shart- sharoitlar yaratish. Tizimning bank menejmentini boshqa yo'nalishlari va elementlari bilan kerakli darajadagi o'zaro ta'sirini ta'minlashga qaratilgan xodimlarni boshqarishning kompleks tizimini yaratish.
Shunga ko'ra, xodimlarni boshqarish tizimi doim uchta o'zaro ta'sir qiluvchi bloklardan tashkil topadi. Bular: boshqaruv strategiyasi, boshqariluvchi kichiktizimlar, tizimning umumiy faoliyatini ta'minlovchi blok. Bank personali menejmenti strategiyasi deganda xodimlarni boshqarishning umumiy vazifalarini amalga oshirishda kontseptual yondashuvlarning yi?indisidir. Boshqariladigan kichik tizimlar deganda - kompleks boshqaruv tizimining aniq ta'riflangan muayyan vazifasini amalga oshirishga qaratilgan elementlarni tushunish lozim. Bank personali menejmentini ta'minlash deganda uning tarkibini muayyan jarayonga qaratilmagan, ammo barcha operatsion kichik tizimlarning faoliyatini ta'minlovchi mustaqil elementi tushuniladi.
Bank personalini boshqarish kontseptsiyasi, xodimlarni boshqarish kichik tizimi u yoki bu bank doirasida javob berishi lozim bo'lgan talablarga mos holda ishlab chiqilishi kerak. Bank personalini boshqarish kichik tizimi quyidagilarga qaratilgan:

  • har bir ish o'rni, bo'lim, boshqarma ishining hajmini belgilash asosida kadrlar tarkibini maqbullashtirish;

  • shtat lavozimlarini mehnat jarayonining murakkabligi va o'ziga xosligidan kelib chiqib funktsional majburiyatlarning maqbulto'plami bilan ta'minlash;

  • malakali kadrlarni bankda belgilangan lavozimlar tarkibiga mos holda va har bir mutaxassisning imkoniyatlarini hisobga olgan holda, shuningdek ularni moslashtirish uchun shartsharoitlarni yaratgan holda sifatli tanlash, ajratish va joylashtirish;

  • xodimning salohiyatini va imkoniyatlarini aniqlash asosida,uning xizmatdagi o'sishini rejalashtirish asosida kadrlar tarkibidan oqilona foydalanishni tashkil qilish;

  • xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, malakasini oshirish;

  • har bir xodimning umumiy ishga qo'shgan hissasiga mos holda mehnatga haq to'lash, mehnatni motivatsiyalashning boshqa turlarini takomillashtirish.

Ushbu kontseptsiya quyidagi tamoyillarni o'z ichiga olishi mumkin deb o'ylaymiz:

  1. Har bir bo'limda xodimlar sonini maqbullashtirish.

  2. Malakasi va individual imkoniyatlari bajariladigan ishga mos keladigan xodimlarni tanlash.

  3. Mehnatni maksimal ravishda avtomatlashtirish va axborot texnologiyalaridan foydalanish.

  4. Funktsiyalarning takrorlanishini istisno etish.

  5. Ish vaqtini tejash.

  6. Zarur ijtimoiy-maishiysharoitlarni yaratish.



Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling