Strategik menejment


CHekkaga chiqib xizmat ko‘rsatishda


Download 1.62 Mb.
bet66/192
Sana07.10.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1695195
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   192
Bog'liq
Strategik menejment..

CHekkaga chiqib xizmat ko‘rsatishda servis korxonasini chetga chiquchi brigadalari yashash yoki ish joylarida xizmat ko‘rsatishadi. Bunday xizmat ko‘rsatish shakli qishloq joylaridagi aholiga xizmat ko‘rsatishda ishlatiladi.
Kombinatsiyalashgan (kompleksli) xizmat ko‘rsatish bir joyda, iste'molchilar vaqtini minimal sarfini ta'minlagan holda ko‘p sonli xizmatlarni taklif etishdan iborat.
Yuqorida faqat savdo, maishiy va moliyaviy servisda keng tarqalgan xizmat ko‘rsatish shakllari sanab o‘tildi. Haqiqatda esa ular juda ko‘p. Servis amaliyoti bu shakllarni doimiy ravishda ko‘paytirib boradi, bu nafaqat raqobat, shuningdek, o‘sib borayotgan jamiyat ehtiyojlarini qondirish zaruriyati bilan belgilanadi.
Nazorat uchun savollar:

  1. Davlat organlari xizmat turlarini rivojlantirishda qanday mexanizmlarni joriy etishadi?

  2. Xizmatlarni moslashuvchanligi servis sohasidagi biznesni qanday xususiyatlari bilan belgilanadi?

  3. Firmalararo tadbirkorlik tarmoqlari nima?

  4. Tashkillashtirishni tarmoqli turiga o‘tishda qanday omillar hisobga olinadi?

  5. Firmalararo tarmoqlarni turlari va ularga xos sifatlarni izohlang Tayanch so'z va iboralar: Restoran, servis , abonementli xizmat ko‘rsatish, kontaktsiz xizmat ko‘rsatish, uyda xizmat ko‘rsatish, buyurtmalar, mijoz, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish, chekkaga chiqib xizmat ko‘rsatish, kombinatsiyalashgan.

  1. Amaliy mashg'ulotlar

  1. mavzu. “Strategik menejment” fanining predmeti va boshqaruv
    jarayoni


    1. Amaliy mashg‘ulotni olib borish texnologiyasi.

Tinglovchilarning son/: 20-30 ta Vaqti - 2 soat

O‘quv mashg‘ulotining shakli

Munozarali amaliy mashg‘ulotlar “Blits- so‘rov”, “Munozara” va “Sindikat guruhlarda ishlash” usullaridan foydalangan holda o‘tkaziladi.

Amaliy mashg‘ulotning rejasi

  1. Strategiya va strategik menejmentning mazmuni.

  2. Strategik menejmentning besh vazifasi.

  1. strategik ko‘rish va kompaniya missiyasini

  2. maqsadni aniqlash

v) strategiya yaratish
g) strategiyani amalga oshirsh
d) faoliyatni baholash, yangi yonalishlarni tahlil qilish, tuzatishlar kiritish,

  1. Strategik boshqarish jarayonining ta'rifi.

  2. Strategik boshqarish ijrochilari.

  3. Strategik rejalashtirish va uning afzalliklari

O‘quv mashg‘ulotining
maqsadi

“Strategik menejment” fani bo‘yicha umumiy tushunchani shakllantirish, mavzu yuzasidan bilim va ko‘nikmalarni kengaytirish, mavzuga tegishli turli masalalar yuzasidan bildirilgan fikrlarni asoslash.

O‘qituvchining vazifalari:

O‘quv faoliyatining natijalari:

  1. Strategik menejment

fanining mazmuni va mohiyati bilan tanishtirish;

  1. Strategik menejment fani, uslubi va vazifalari to‘g‘risida ma'lumot berish;

  2. Strategiyani ishlab

chiqishda menejerlarning asosiy funksiyalari haqida tushuncha berish;

  1. Strategik menejment

fanining boshqa iqtisodiy fanlar bilan o‘zaro aloqalarini ko‘rsatish.

Tinglovchi o‘zlashtirishi kerak:

  • Strategik menejment fanining mazmunini;

  • Stategiyaga ta'rif;

  • fan bo‘yicha asosiy atamalar to‘g‘risida tushunchaga ega bo‘ladi;

  • Strategik menejment fanining boshqa fanlar bilan o‘zaro alokasini tushunadi;

  • Strategik menejment fanining bozor

iqtisodiyoti sharoitidagi ahamiyatini tushunadi.

O‘qitish usullari

Muhokama, savol-javob, mavzuga
yo‘naltiriltiruvchi savollar.

O‘qitish vositalari

Tarqatma materiallar, slaydlar orqali
kompyuter yoki proektor yordamida taqdimot.

O‘qitish shakli

Jamoa bilan va sindikat guruhlarda ishlash.

O‘qitish shartlari

Proektor yoki kompyuter orqali taqdimot o‘tkazishga ixtisoslashgan auditoriya.

Monitoring va baholash

Og‘zaki nazorat, savol-javob, o‘z-o‘zini nazorat qilish, reyting tizimi asosida baholash.




Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling