Strategik rejalashtirishning obyektlari va subyektlari
Download 0.95 Mb. Pdf ko'rish
|
Siroj Strategya
LOGO Select this paragraph to edit Strategik rejalashtirishning obyektlari va subyektlari Ergashev Sirojiddn Reja: 1.Strategik • rejalashtirishning obyektlari Respublikada iqtisodiyot • va statistika organlarining tashkiliy tuzilishini takomillashtirish 3. Strategiyali • rejalashtirishning subyektlari 4. Strategik klassifikatsiya • Strategik rejalashtirishning obyektlari Strategik rejalashtirish obektlari quyidagi iyerarxik boshqaruv • darajalariga qarab ajratiladi: mintaqa firmalari, tarmoqlari, iqtisod sektorlari (sanoat, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish) darajasi; butun bir xo‘jalik (xo‘jalik davri, pul muomalasi, narx- navo); keng miqyosda (ijtimoiy munosabatlar, ekologiya); milliy (chet el davlatlari bilan siyosiy-iqtisodiy munosabatlar, integratsiya jarayonlari). Binobarin, strategik rejalashtirish obyektlari – tarmoqlar, • mintaqalar hamda davlat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining vaziyati, hodisa va sharoitlarida muammolarning paydo bo‘lishi mumkinligidir. Iqtisodning hozirgi vaqtda va kelajakda normal ishlashi turishi hamda ijtimoiy barqarorligini saqlab turish uchun, bu muammolarni yo‘qota bilish juda zarur. Respublikada iqtisodiyot va statistika organlarining tashkiliy tuzilishini takomillashtirish Mamlakatni rivojlantirishning uzoq muddatli strategiyasi hamda • kompleks dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, chuqur o‘ylangan va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni o‘tkazish borasida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi zimmasiga quyidagilar yuklandi: makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyotning barqaror, mutanosib va • jadal sur’at bilan rivojlanishini ta’minlash; ko‘p ukladli va samarali faoliyat ko‘rsatuvchi iqtisodiyotni • shakllantirish, xususiy mulkchilikning yetakchilik rolini ta’minlash, bozor infratuzilmasini rivojlantirish; boy tabiiy va mineral xomashyo zahiralaridan, bunyod etilgan ishlab • chiqarish va fan-texnika salohiyatidan samarali hamda oqilona foydalanishga qaratilgan aniq maqsad yo‘lidagi strukturaviy siyosatni amalga oshirish, eksport salohiyatini rivojlantirish hamda malakat iqtisodiyotining jahon iqtisodiy tizimi miqyosida integratsiyalashuvini ta’minlash; yangi ish joylarini yaratish, mehnat resurslarini oqilona band qilish • muammosini hal etish, aholini aniq yo‘naltirilgan ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirish, aholining turmush darajasi barqaror, jadal o‘sishini, ijtimoiy infratuzima rivojlantirilishini ta’minlash; mamlakat mintaqalari iqtisodiyotining kompleks rivojlanishini, ishlab • chiqaruvchi kuchlarni mamlakat hududi bo‘yicha maqbul hamda samarali rivojlantirish va joylashtirishni ta’minlash. Strategiyali rejalashtirishning subyektlari Strategiyali rejalar bunday rejalashtirishning • subyektlari – xo‘jalik manfaatlari bo‘yicha ish ko‘ruvchilar tomonidan tuziladi va amalga oshiriladi. Iyerarxiya tamoyili bo‘yicha hokimiyat organlari tushuniladi. O‘zbekiston Respublikasida quyidagi darajalar belgilangan: 1. Makrodarajada – xalq xo‘jaligini umumiy olganda; • Mezodarajada – alohida hududlar (qoraqalpog‘iston • Respublikasi, viloyatlar); 3. Mikrodarajada – alohida firmalar (korxona, zavod, • fabrika muassasalar). Ularning har birida umumdavlat va mahalliy ijtimoiy- • iqtisodiy manfaatlar tegishli ravishda himoyalanadi. Hozirgi vaqtda strategiyali rejalashtirish subyektlari • orasida markaziy organlar rolining kuchayishi sezilmoqda va strategik rejalashtirishni amalga oshirishda qonun chiqaruvchi organlarga qaraganda amalga oshiruvchi organlar ko‘proq erkinlashayapti. Strategik klassifikatsiya Strategik boshqarishda • qo‘llaniladigan strategiyaning turli- tumanligi tasnifni qiyinlashtiradi. Tasnif alomatlari orasida quyidagilari ayniqsa ahamiyatlidir: qarorolar qabul qilish darajasi; • raqobat ustunliklariga erishishning • asosiy konsepsiyasi; tarmoqning hayotiy davr bosqichi; • tashkilot tarmoqli holatining nisbiy • kuchi; raqobat kurashida tashkilotning • o‘zini tutish «agressivlik» darajasi. Tasnifning murakkablashgan omillari aksariyat • strategiyalarni birgina alomatlaridan, bir ma’noda aniqlanmaganligidan iboratdir. Barcha strategiyalarni uch xil alomatlar bo‘yicha tasniflash tavsiya qilinadi: beshta asos soluvchi strategiyaga • mansubligi, raqobat ustunligiga erishish (global strategiya); biznes doirasi portfeli, boshqaruv • strategiyasiga mansubligi (portfelli strategiya); tashqi va ichki sharoitga qarab • qo‘llaniladigan strategiyaga mansubligi (funksional). Tashkilot tashqi va ichki muhiti tahlili. • «Milliy romb» konsepsiyasi va tarmoqli klasterlar. • Tizimli xarita, nihoyatda umumlashtirilgan ko‘rinishga ega va strategik • boshqarishning, u yoki bu vazifalarini yechish uchun qo‘llanishida aniqlashtirishni talab qiladi. «Nima uchun davlatlararo raqobatda, biri muvaffaqiyatga erishsa, boshqalari mag‘lubiyatga uchraydi? Iqtisodga bog‘langan bu savollardan, ehtimol, aynan shu bizning davrda ayniqsa ko‘proq yangraydi».- deb ta’kidlab o‘tadi taniqli iqtisodchi M.Porter va asoslangan javob topishga harakat qiladi. Bu muomala uning nazarida qo‘yilgan savolni oydinlashtirishga chaqirilgan «milliy romb» modelini shakllantiradi. Tarmoqlar va boshqalar hayotiy davrining turli bosqichlaridagi raqobat strategiyasi. kashfiyot; qoloq texnologiya; manbalar narxining keskin o‘zgarishi; jahon moliyaviy bozorida yoki almashtirish kursida keskin o‘zgarish; mahalliy va xalqaro ehtiyojning keskin o‘zgarishi; mahalliy va chet el hukumatlarining siyosiy qarori; urushlar va boshqa fors- major hollari. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling