Strategiya va strategik boshqaruvning mazmuni. Strategiya umumiy tarzda firmaning mavqeini mustahkamlash


Tarqoq tarmoqlarda raqobatchilik strategiyasi


Download 84.38 Kb.
bet15/23
Sana25.02.2023
Hajmi84.38 Kb.
#1227540
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23
Bog'liq
Strategik javoblar to\'plami

Tarqoq tarmoqlarda raqobatchilik strategiyasi
Ba’zi tarmoqlar yuz, hatto minglab kichik va oʻrta firmalardan iborat boʻladi. Ularning kupchiligini xususiy firmalar tashkil etib, ularning birortasi ham tarmoqdagi umumiy sotuv hajmida sezilarli rol uynamaydi. Boʻlib tashlangan tarmoqning asosiy farqlanadigan xususiyati, unda yetakchilarning yoʻqligidir. Bunday tarmoqlar qatoriga kitob nashriyotlarini, neftni tanker bilan tashish, avtomobillarni ta’mirlash, tez xizmat koʻrsatadigan restoran va kafelar, xususiy firmalarda buxgalterlik xizmatlari, ayollar kiyimlarini tikish ustaxonalari, mehmonxona va otellar, mebel ishlab chiqarish, karton kutichalar tayyorlash, oziqovqat tovarlarini qadoqlash kabilarni kiritish mumkin. Tarqoq tarmoqlarda raqobat kurashi oʻrtacha kuchlidan shiddatligacha boʻlishi mumkin. Tarqoq tarmoqlarga toʻgʻri keladigan raqobat strategiyasining ehtimoldagi variantlariga quyidagilar kiradi:
1. Namunali sharoitlarni yaratish va ulardan foydalanish. 2. Past xarajatlarni ta’minlash.
3. Integratsiya yoʻli bilan xaridor uchun foydani oshirish. 4. Tovar turiga ixtisoslashish.
5. Xaridor turiga ixtisoslashish. 6. Cheklangan geografik hududlarga fokuslash.
Tarmoqning tarqoqlik sharoitida firmada strategik tanlash erkinligi mavjud: ya’ni keng marketing maqsadlarini koʻzlash, xarajatlarning raqobat ustunligi yoki tabaqalashtirishdan foydalanish. Tarqoq tarmoqlarda bir vaqtning oʻzida koʻp strategik yondoshuvlardan
foydalanish mumkin boʻladi.
Xalqaro bozorlarda raqobatchilik strategiyasi
Firmalarning xalqaro bozorga chiqishlarini asosiy sabablari quyidagilardir:
• yangi bozorlarni egallash, • boshqa mamlakatlar tabiiy resurslaridan foydalanish huquqini olish yoki
yana ham past xarajatlarga erishish zaruriyati. Sanab oʻtilgan har bir holatda dunyo bozoriga chiqish strategiyasi mavjud
sharoitga mos kelishi kerak. Dunyo bozorlaridagi raqobat strategiyalarini ishlab chiqishga milliy bozorlardagiga qaraqanda ancha kattik talablar qoʻyadi. Bir mamlakat bozorining ikkinchi mamlakat bozoridan asosiy farqlariga xaridorlarning
didlari, sotish kanallari, oʻsish istiqbollari, harakatlantiruvchi kuchlar va raqobatchilarning ta’ziqlari, milliy bozorlardagi sharoitlardan kanchalik farqlanishi kiradi. Bundan tashkari bunday farqlarga xalqaro operatsiyalarning turtta xarakterli xususiyatlari ham kiradi.
1. Ishlab chiqarish xarajatlari darajasini har-xilligi. 2. Valyuta kurslarining uzgaruvchanligi.
3. Xukumatlarning savdo siyosati. 4. Xalqaro raqobatning xarakteri.
Turli tarmoqlarda xalqaro raqobat shakllari bir-birdan tubdan farq qiladi. Fransiyada ham, Braziliyada va Yaponiyada ham bank xizmatlari koʻrsatiladi, lekin bu mamlakatlardagi bank sohasidagi raqobat shartlari va sharoitlari turlichadir. Xalqaro bozorda raqobat global va kup millatli boʻladi. Turli milliy bozorlarda raqobat sharoitlari bir-biri bilan uzviy bogʻlangan takdirda global raqobat mavjud boʻladi. Bu esa haqiqatda dunyo bozorini tashkil etish imkonini beradi. Global raqobatning mavjud bulish shartlaridan yana biri turli mamlakatlardagi ilgʻor firmalar uzaro, bir-birlari bilan raqobat qilishi bilan ifodalanadi. Kup millatli raqobat davomida firmalar milliy bozorda ilgʻorlik uchun kurashadilar, global raqobatda esa firmalar dunyo mikyosida ustunlikka erishish uchun kurashadilar

Download 84.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling