Strategiyasi. Fuqarolik jamiyati


partiyaning o4zida, boshqa davlat va jamoat tashkilotlarida kadrlarni


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/38
Sana22.09.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1684487
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   38
Bog'liq
2283977 Jumaniyazov B. O`zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati


partiyaning o4zida, boshqa davlat va jamoat tashkilotlarida kadrlarni 
tanlash va joy-joyiga qo‘yishdan iborat faoliyatida o‘z ifodasini topadi. 
0 ‘zining siyosiy kadrlari orqali partiya davlat apparatida va boshqa tash- 
kilotlarda o4z siyosatini o'tkazadi, siyosiy tizimning boshqa institutlariga 
o‘z ta’sirini yoyadi.
Partiya saflarining birligi va hamjihatligini ta’minlash, partiya a’zo- 
lari va tarafdorlarini oczaro yaqinlashtiruvchi qadriyatlar va me’yorlami 
ishlab chiqish, rahbarlikni amalga oshirish va partiya faoliyatini boshqa- 
rishga qaratilgan partiya ichki faoliyati juda muhimdir.
Siyosiy partiyalar faoliyatining muhim yo‘nalishlari quyidagilardan 
iborat:
- tegishli ijtimoiy guruhlaming manfaatlarini aniqlash, bayon qilish 
va asoslash, ulami faollashtirish va integratsiyalash;
- siyosiy doktrinalar va dasturlar yaratish;
- davlatda hokimiyat uchun kurashga va davlatning faoliyat dastur- 
larini yaratishda, davlat hokimiyatini amalga oshirishda ishtirok etish;
- umuman, jamiyatni yoxud uning bir qismini siyosiy jihatdan tarbi- 
yalash, ijtimoiy fikmi shakllantirish;
- davlat apparati, kasaba uioshmalari, jamoat tashkilotlari uchun 
kadrlar tayyorlash va ularni yuqori mansablarga ko‘tarish;
- partiya ichidaga tashkiliy faoliyat.
Hozirga paytda respublikada to6rtta siyosiy partiya faoliyat ko‘rsat- 
moqda. Bular - 0 ‘zbekiston xalq demokratik partiyasi (XDP), “Adolat” 
sotsial-demokratik partiyasi (ASDP), “Milliy tiklanish” demokratik par­
tiyasi (MTDP), 0 ‘zbekiston tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — 
Liberal-demokratik partiyasi ( 0 ‘zLiDeP)dir.
13


0 ‘zbekiston xalq dem okratik partiyasi. 1991-yil 1-noyabrda tash- 
kil qilingan. XDPning II syezdi 1994-yil 1-noyabrda bo‘lib o‘tdi. U 0 ‘z- 
bekiston Oliy Majlisi va xalq deputatlarining mahalliy Sovetlariga say- 
lovlar o‘tkazilishi bilan bog‘liq ravishda Nizomda belgilangan muddat- 
dan ilgari chaqirildi. Unda partiya saylovoldi dasturining masalalari, par­
iament deputatlariga nomzodlar ko‘rsatilishi, uning Nizomiga o‘zgarti- 
rishlar kiritilishi ko‘rib chiqildi.
0 ‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi 0 ‘zbekiston Respublikasi- 
ning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga va himoyaga muhtoj fuqarolari man- 
faatlarini ifodalaydi va himoya qiladi. Eng avvalo, bular iqtisodiyotda 
band bo‘lmagan mehnatga layoqatli aholi, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga 
ehtiyoj sezadigan va ishga joylashishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan 
odamlardir. Bular - pedagoglar, vrachlar, boshqa ijtimoiy sohalaming 
xodimlari va mutaxassislari, kam ta’minlangan va ko‘p bolali oilalar, 
pensionerlar hamda imkoniyatlari cheklangan kishilar.
Shuni aytish joizki, bugungi kunga kelib XDP saflarida 400 ming- 
dan ortiq (2015-yil) a’zolar bor. Partiya a’zolarining yarmidan ko‘pini 
xizmatchilar, 40 foizdan ortig‘ini ayollar, a’zolaming 50 foizini yoshlar 
tashkil qiladi. Ziyolilar, xizmatchilar va talabalar a’zolaming 50 foizdan 
ko‘pini, 40 foizini moddiy ishlab chiqarishda bandlar, 10 foizini nafaqa- 
dagilar va uy bekalari tashkil qiladi. Partiyadagi ishni 60 dan ortiq millat 
vakillari - o‘zbeklar, qoraqalpoqlar, qozoqlar, tojiklar, ruslar, ukrainlar, 
tatarlar, uyg‘urlar, turkmanlar, qirg‘izlar, koreyslar va hokazolar yurita- 
dilar.
Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling