Stress o‘zi nima?
Download 89.98 Kb.
|
Stress o‘zi nima
- Bu sahifa navigatsiya:
- IJOBIY VA SALBIY STRESS
- STRESS BUTUN TANANGIZGA TA’SIR QILADI
- Suyak-mushak tizimi
- Yurak-tomir tizimi
- Endokrin tizimi
- Oshqozon-ichak tizimi
Stress o‘zi nima? Stress — inson organizmining tashqi muhitga nisbatan reaksiyasi. Inson miyasi tananing barcha a’zolariga ko‘p gormonlarni yuboradi. Natijada yurak tez-tez uradi, qon bosimi oshadi, o‘pka qisqaradi yoki kengayadi, mushaklar taranglashadi. Inson nima bo‘layotganini hali to‘liq tushunmasidan organizm harakat qilishga tayyor turadi. Stressli vaziyat o‘tib ketgach, organizm yuqori tayyorlik holatidan chiqib, me’yoriy faolligiga qaytadi. IJOBIY VA SALBIY STRESS Stress — qiyin va xavfli vaziyatlarga tayyor turishingizga yordam beradigan tabiiy reaksiya. Stress holatida paydo bo‘ladigan reaksiya miyangizda boshlanadi. Ijobiy stress tez harakat qilishingizga yoki javob qaytarishingizga imkon beradi. Ma’lum darajadagi stress maqsadingizga erishishga yoki biror ishni yaxshiroq bajarishga, misol uchun, imtihon topshirish, ishga kirish uchun suhbatdan o‘tish yoki sport musobaqalarida qatnashishda muvaffaqiyat qozonishingizga hissa qo‘shadi. Lekin davomiy, kuchli yoki surunkali stress sizga zarar keltiradi. Organizmingiz qayta-qayta yoki doimiy ravishda yuqori tayyorlik holatida bo‘lsa, siz jismonan, hissan azob chekishingiz va aqliy qobiliyatlaringiz pasayishi mumkin. Xulq-atvoringiz, jumladan, boshqalarga bo‘lgan muomalangiz ham o‘zgarishi hech gap emas. Surunkali stress tufayli inson ichkilikka ruju qo‘yishi, giyohvand moddalarni qabul qilishi, dorilarni suiiste’mol qilishi, me’yoridan ortiq ovqat yeyishi, tamaki chekishi va boshqa yomon odatlarga berilishi mumkin. Bu hatto odam depressiyaga tushishiga, sillasi qurishiga yoki joniga qasd qilish haqida fikrlar kelishiga sabab bo‘ladi. Garchi stress hammaga bir xil ta’sir qilmasa-da, u ko‘pgina kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Stress inson tanasining deyarli barcha a’zolariga ta’sir qiladi. STRESS BUTUN TANANGIZGA TA’SIR QILADI Asab tizimining faolligi tufayli organizmingizda adrenalin va kortizol nomli gormonlar ishlab chiqariladi. Oqibatda yurak tez ura boshlaydi, qon bosimi hamda qondagi glyukoza miqdori oshadi. Bular esa xavf-xatarga tezda reaksiya qilishingizga imkon beradi. Kuchli stress quyidagilarga olib keladi: jizzakilik, tashvishlanish, depressiya, bosh og‘rig‘i, uyqusizlik Suyak-mushak tizimi Sizni zarardan himoyalash uchun mushaklaringiz taranglashadi. Kuchli stress quyidagilarga olib keladi: tanadagi og‘riqlar, zo‘riqish bosh og‘rig‘i, mushaklar tortishib qolishi Nafas tizimi K o‘proq havo olish uchun tez-tez nafas olasiz. Kuchli stress quyidagilarga olib keladi: O‘pkaning giperventilyatsiyasi va hansirash, shuningdek, moyilligi bor kishilarda vahimaga tushish holatlari kuzatiladi Yurak-tomir tizimi Tanangiz bo‘ylab qon yugurishi uchun yuragingiz tezroq va kuchliroq ura boshlaydi. Organizmning qonga ko‘proq ehtiyoji bo‘lgan joyiga, masalan, mushaklaringizga qon yetkazib berish uchun qon tomirlari kengayib-torayadi. Kuchli stress quyidagilarga olib keladi: yuqori qon bosimi, yurak xuruji, insult Endokrin tizimi Tanangizdagi bezlar adrenalin va kortizol nomli gormonlarni ishlab chiqaradi. Ular esa organizmingiz stressga reaksiya qilishiga ko‘maklashadi. Sizga quvvat berishi uchun jigaringiz qondagi qand miqdorini oshiradi. Kuchli stress quyidagilarga olib keladi: diabet kasalliklari, immunitet pasayishi va kasalliklar kuchayishi, kayfiyat o‘zgarib turishi, ortiqcha vazn Oshqozon-ichak tizimi Ovqat hazm qilish jarayoni buziladi. Kuchli stress quyidagilarga olib keladi: ko‘ngil aynishi, qayd qilish, ich ketish, qabziyat Reproduktiv tizim Stress jinsiy maylga hamda jinsiy a’zolarning faoliyatiga ta’sir qiladi. Kuchli stress quyidagilarga olib keladi: mijoz sustligi (impotensiya), hayz siklining buzilishi Download 89.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling