Структура и функции религии


Download 1.04 Mb.
bet2/2
Sana06.04.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1330344
1   2
Bog'liq
Dinshunoslik mohiyati tuzilishi va funksiyalari

Dinlarning tasnifi
an'anaviy
noan'anaviy
Ko'p avlodlar davomida bu xalq o'z madaniyati va ma'naviyati bilan chambarchas bog'liq
Bu xalq uchun yangi dinlar
politeistik
monoteistik
Bir nechta xudolarga sig'inish
Yagona Xudoga sig'inish
dunyoviy
milliy
Milliy davlat dinlari qadimgi davrga xos bo’lib, davlatlarning vujudga kelishi, turli ijtimoiy tabaqalarning tashkil topishi, diniy ta’limotda oxirat to’g’risidagi tasavvurlarning paydo bo’lsihi, dinga xizmat qiladigan ruhoniylar tabaqasining shakllanishi, ibodatxonalar qurilib, diniy e’tiqod bilan bog’liq bo’lgan toat-ibodat qoidalarining ishlab chiqilishi, olamning o’z bosqichidan iboratligi va insonning bu dunyodagi xatti-harakati uchun u dunyodagi javobgarligi to’g’risidagi talablar diniy ta’limotlarga kiritldi.
Har bir buyum, hodisa kabi din ham o’z mohiyatiga ega. Dinshunoslik asoslari dinning mohiyati g’ayri tabiiy kuchlarga ishonishdan iborat deb ta’lim beradi. Ular qatoriga ibtidoiy dinlarga hos totem, fetish, ruh, milliy davlat va jahon dinlariga xos xudolar, farishta, payg’ambar,
avliyo, pir, eshon, murid va v.h.larga sig’inishlar kiradi. Din mohiyatining hodisasi ham bor bu uning namoyon bo’lishi amaldagi ifodasi turli xil ibodatlardir. Masalan, musulmonlarda nomoz o’qish, ro’za tutish, hatna (aqiqa), haj qilish, nikoh o’qitish, xijobga kirish, janoza, maraka,
muqaddas sajdagohlarni ziyorat qilish va xokazolardan iborat. Bular diniy amaliyot, din faoliyatini tashkil etadi. Bu esa diniy e’tiqod va tuyg’u, diniy mas’uliyat, ibodatxonalarni, biror diniy tashkilot oldida turgan diniy vazifalari dindor odam, guruh, jamoa, diniy tashkilot va muassasalar faoliyatini namoyon etishdir.
Dinning mohiyati va amaliyotni kuchaytiradigan subyektiv omillardan biri diniy ongdir. U esa hayoldagi bor bo’lgan mavjudot hususiyat va shu tarzdagi aloqalar bor deb faraz qilish dindorlarning ular bilan munosabatda bo’lish ehtimoli bor deb hisoblab ularga ishonishdir. Dinning mohiyati dinning vujudga kelishi va qayta tiklanib turishi uning uch ildizi bilan bog’liq, bular ijtimoiy, gnoseologik va psixologik ildizlar. Bularning paydo bo’lishi va qayta tiklash kishining
zaruriyati va imkoniyatini yaratuvchi quvvatlab turuvchi omillar yig’indisidir.
Dinning ijtimoiy ildizlari dindorlarning kundalik hayotida, ularning ustidan o’z hukmronligini o’rnatgan, o’tkazayotgan moddiy va ma’naviy munosabatlardir. Bular orasida moddiy (iqtisodiy) ildizlar hal etuvchi rol o’ynaydi. Chunki ibodat qilish uchun ovqatlanish, kiyinish, uy joyga, kiyim-kechakka ega bo’lish albatta kerak. Bo’sh qop tik turmaydi degan naql
bor. Kecha kunduz ibodat qilgan, diniy yozuvlarni muttasil o’qigan kishiga ham oziq ovqat kerak ularsiz turmush kechirib bo’lmaydi. Ular esa osmondan tushmaydi. Mehnat bilan yaratiladi. Dinga shonganda bu mutlaq haqiqatni aslo unutmasligi kerak. Xalqimizda avval taom, badas kalom degan naql bor, ya’ni taom iste’mol qilmasdan toat-ibodat u yoqda tursin, hatto gapirib ham bo’lmaydi.
Dinning gnoseologik ildizlari real olamni dinlar ta’limoti nuqtai nazaridan in’ikos ettiradigan diniy tasavvur, tushuncha, g’oya va hakozolarning vujudga kelishi imkon tug’diradigan bilish jarayoniga xos xususiyatlardir. Olamni bilish - bilmaslikdan bilishga tomon boradigan dialektik jarayon; biroq bilish oson, silliq, tekis, to’g’ri yo’ldan bormaydi; unda odam xato qiladi; ayrim narsalarni
jonlantiradi, bor yo’g’ini oshirib, toshirib, teskari qilib ilohiy kuchlarga bog’lab aks ettiradi, natijada yo’q narsalarni bor qilib, xatolarni to’g’rilab, uydirmani haqiqat deb albatta ijobiy deb hisoblashlar yuzaga keladi. Bularni quvvatlaydigan ijtimoiy sharoitlar bor bo’lsa ular kuchayadi va tarqaladi.
Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling