Strukturaviy chizmalarning neft va gaz to’plamlarini bashoratlashda va qidirishdagi ahamiyati Reja
Download 26.35 Kb.
|
neft va gaz3333333
Strukturaviy chizmalarning neft va gaz to’plamlarini bashoratlashda va qidirishdagi ahamiyati Reja: Strukturaviy chizmalarning turlari. Strukturaviy chizmalarning neft va gaz to’plamlarini bashoratlash. Strukturani tayyorlashdagi geologik-izlov ishlarini o‘tkazish. Rezerv fond tahlili mazkur yilning boshlanish holati bo‘yicha amalga oshiriladi. 03- ГР shaklga kiritilgan va izlov burg‘ilashiga tayyorlangan hamma strukturalar tahlil qilinadi. Rezerv fondi tahlili quyidagi maqsadlarda bajariladi: - tayyorlangan strukturalar, shu jumladan avvalgi yilda chuqur burg‘ilashga tayyorlangan strukturalar fondi sifatini baholash; - strukturalar fondini taftish qilish va mahsulsiz yoki sifatsiz tayyorlangan strukturalarning yaroqsizlarini ajratish; - istiqbolli uglevodorod xom ashyosi resurslarini aniqlash va baholash; - rezerv fonddagi strukturalarni izlov (parametrik) burg‘ilashga kiritish navbatini aniqlash. Har bir struktura uchun kabi ma’lumotlar beriladi. Tayyorlangan strukturalar maydoni absolyut balandligi N bo‘lgan izogips chizig‘ining ichki qismidagi maydonlar bo‘yicha aniqlanadi: H H C 2 1 0 , (1) bunda N – maydonni aniqlash uchun foydalaniladigan izogips chizig‘ining absolyut balandligi, m; No – juda katta chuqurlikdagi berk izogips chizig‘ining absolyut balandligi, m; C – izogips chizig‘i kesimi, m. Strukturalar maydoni km2 da o‘lchanadi. Tayyorlangan strukturalar amplitudasi uning gumbazidagi eng baland nuqtaning absolyut balandligi bilan maydonni hisoblash uchun foydalaniladigan berk izogips chizig‘ining absolyut balandligi oralig‘idagi farq orqali hisoblanadi. Amplituda metrda o‘lchanadi. Tayyorlangan strukturalardagi kuzatuv zichligi quyidagicha aniqlanadi: a) seysmorazvedka bilan tayyorlangan strukturalar uchun – tayyorlangan strukturalar chegarasidagi kesmalar uzunligini (km da) uning maydoniga (km2 ) nisbati bilan o‘lchanadi (km/km2 ); 109 b) burg‘ilash bilan tayyorlangan strukturalar uchun – belgili gorizontni ochgan quduqlar sonini struktura maydoniga (km2 ) nisbati bilan o‘lchanadi (quduq/km2 ). Seysmorazvedka bilan tayyorlangan strukturalar uchun kuzatuvlar zichligi ma’lumoti degan tushunchadan foydalaniladi. Uni aniqlashda struktura chegarasidagi seysmik kesmalarning faqat o‘rganilayotgan (maqsadli) gorizontlaridan qaytgan to‘lqinlar qoniqarli qayd qilingan uchastkalari hisobga olinadi. Kesimning o‘rganilgan chuqurligi struktura xaritasi tuzilgan pastki (maqsadli) gorizontni tavsiflovchi berk izogips chizig‘i bilan aniqlanadi. YUqorida qayd qilingan hamma ma’lumotlar struktura pasportini va unga ilova qilingan grafik materiallarni tahlil qilish natijasida olinadi. Seysmorazvedka bilan strukturani tayyorlashda tuziladigan xaritadagi tasodifiy xato miqdori geofizika tashkiloti tomonidan belgilanadi va tegishli hisobotlarda ko‘rsatiladi. Struktura tayyorlangan hududning istiqbolliligi “O‘zbekiston Respublikasining neft-gazliligi xaritasi” bo‘yicha aniqlanadi. Unda neft-gazli oblastlar hududlari uglevodorodlarning joriy zaxiralarini to‘planish darajasiga ko‘ra rayonlashtirilgan bo‘lib, istiqbolli va bashorat resurslarning zichligi bo‘yicha hamma maydonlar 4 toifaga bo‘linadi. 4.2. Strukturalarni tayyorlash sifatini aniqlash Seysmik razvedka ma’lumotlari bo‘yicha strukturalarni tayyorlash sifati ikki omilga: seysmik razvedka (“seysmik struktura”) bo‘yicha tayyorlangan strukturalarning mavjudligi ehtimoli P miqdoriga hamda gorizontlar bo‘yicha tuzilgan struktura xaritalarida ularning aks etilishiga va neft hamda gazga istiqbolli gorizontlarga bog‘liq. Seysmik razvedka ma’lumotlarining ehtimollik xarakterini ifodalovchi miqdor P EHM yordamida tuzilgan xaritalarning ishonchliligini baholaydigan dasturlar yoki analitik usulda aniqlanadi. 110 Agar P ≥ Ktasdiq. bo‘lsa, struktura konditsiya bo‘yicha tayyorlangan hisoblanadi, bunda Ktasdiq. – o‘rganilayotgan rayonda chuqur burg‘ilash bilan strukturalarning tasdiqlanganlik koeffitsienti. (2) bunda ntasdiq.str. – chuqur burg‘ilash bilan tasdiqlangan strukturalar miqdori; nteksh. str. – chuqur burg‘ilash bilan tekshirilgan strukturalar miqdori. Agar o‘rganilayotgan struktura P < Ktasdiq. bilan tavsiflansa, lekin u istiqbolli erlarda joylashgan bo‘lsa, u holda uni tayyorlangan strukturalar fondidan aniqlangan strukturalar fondiga o‘tkazishni tavsiya etiladi. P qiymatiga ko‘ra tayyorlashning to‘rtta toifasi ajratiladi: I toifa: P = 0,91 – 1,0 struktura juda ishonchli; II toifa: P = 0,71 – 0,90 struktura ishonchli; III toifa: P = 0,55 – 0,70 ehtimolli struktura; IV toifa: P < 0,55 struktura mavjudligi ehtimoli kam. Tayyorlangan gorizontlar bilan neft-gazga istiqbolli gorizontlar nisbatiga ko‘ra strukturalarning uch guruhi ajratiladi: A guruhi — struktura bitta (agarda kesimda bitta bo‘lsa) yoki bir necha istiqbolli gorizontlar bo‘yicha (istiqbolli qalin qatlam ichida) tayyorlangan; B guruhi — struktura bitta yoki bir necha yuqorida va (yoki) pastda yotuvchi, struktura planlari muqim saqlangan sharoitlardagi nisbatan istiqbolli gorizontlar bo‘yicha tayyorlangan; C guruhi — struktura istiqbolli gorizontga nisbatan yuqorida va (yoki) pastda yotuvchi o‘zaro mos kelmaydigan, istiqbolli va xarit alanayotgan gorizontlarning struktura planlari nisbati noma’lum bo‘lgan gorizontda tayyorlangan. Strukturalarning P ko‘rsatkich bo‘yicha qayd qilingan toifalari va ajratilgan guruhlari ularning tayyorlanganlik sifatini belgilaydi (4.1-jadval). Ktasdiq=. ntasdiq.str. n teksh. str. 111 4.1-jadval Toifalar, P Guruh A B C I Juda yaxshi YAxshi Qoniqarsiz II YAxshi Qoniqarli - III Qoniqarli - - IV Qoniqarsiz Qoniqarsiz - Tayyorlangan strukturalar P ≥ Ktasdiq. shart bajarilganda juda yaxshi, yaxshi yoki qoniqarliga baholanishi mumkin. Qoniqarsiz bahoga tayyorlangan va C guruhga mansub bo‘lgan strukturalar, regionning istqbolliligidan qat’iy nazar, tayyorlangan strukturalar fondidan chiqarilishi tavsiya etiladi. Istiqbolli erlarda joylashgan, bahosi qoniqarsiz va IV toifaga mansub bo‘lgan strukturalarning tayyorlangan strukturalar fondidan aniqlangan strukturalar fondiga o‘tkazilishi tavsiya etiladi. 4.3. CHuqur burg‘ilashga tayyorlangan strukturalardagi uglevodorod resurslarini baholash Burg‘ilashga tayyorlangan strukturalardagi resurslarni baholash deganda undagi hamma istiqbolli gorizontlardagi resurslar yig‘indisini baholash tushuniladi. Strukturadagi resurslarni aniqlash uchun har bir istiqbolli neft-gazli gorizontdagi resurslarni baholash zarur bo‘ladi. “Klassifikatsiya zapasov mestorojdeniy, perspektivnыx i prognoznыx resursov nefti i goryuchix gazov” [27] va “Metodicheskie ukazaniya po kolichestvennoy otsenke prognoznыx resursov nefti, gaza i kondensata” [31] ga muvofiq izlov burg‘ilashiga tayyorlangan strukturalardagi resurslarni quyidagi toifalarga bo‘lish va ajratish mumkin bo‘ladi: C3 toifa – neft-gazli rayonlar chegarasida joylashgan, ushbu rayonlarda bajarilgan geologik-geofizik tadqiqotlar metodlari bilan tekshirilgan, chuqur 112 burg‘ilashga tayyorlangan maydon (ob’ekt)lardagi neft-gazning istiqbolli resurslari. Istiqbolli resurslar sanoat miqyosida mahsuldorligi isbotlangan qatlamlar bo‘yicha hisoblanadi. Neft-gazli rayon deganda bir yoki bir necha o‘rtacha tektonik elementlar (do‘nglik, qubbasimon ko‘tarilmalar va sh.k.) yoki ularning ayrim qismlari chegarasida joylashgan, ushbu strukturaviy-fatsial zonaga to‘g‘ri keladigan, yotish chuqurligi yaqin, bir xil nomdagi neft-gazli komplekslarning tarqalganligi, o‘xshash tipdagi neft va gaz konlarining hamda uyumlarning mavjudligi, ulardagi uglevodorodlarning fazoviy holatini tavsiflaydi. Uyumning shakli, hajmi va yotish sharoiti umumiy tarzda geologik va geofizik tadqiqotlarning natijalari bo‘yicha aniqlanib, qatlamlarning qalinligi va kollektorlik xususiyatlari, neft va gazlarning tarkibi va xossalari razvedka qilingan o‘xshash konlarga qiyoslab qabul qilinadi. D1 toifasi – yirik regional strukturalar (I tartibli) doirasida neft-gazliligi isbotlangan litologik-stratigrafik komplekslardagi sanoat ahamiyatiga molik neft va gazlarning bashorat resurslari. Etarli ma’lumotlar mavjud bo‘lgan sharoitda u izlov burg‘ilashiga konditsion tayyorlangan, lekin baholanayotgan kompleksning neft-gazliligi hali aniqlanmagan rayonlarida joylashgan tutqichlarni qamrab oladi (D1 yoki D1 lok lokalizatsiyalangan resurslar). D2 toifasi – o‘rganilayotgan strukturalar (I tartibli) doirasida sanoat ahamiyatiga molik, neft-gazliligi hali tasdiqlanmagan litologik-stratigrafik komplekslarning bashorat resurslari. Bunday komplekslarning neft-gazlilik istiqboli geologik, geofizik va geokimyoviy tadqiqotlar asosida bashorat qilinadi. Bu toifadagi bashorat qilingan resurslarni miqdoriy baholash umumiy geologik tasavvurlar asosida va baholanayotgan kompleksda razvedka qilingan konlari va uyumlari bo‘lgan, nisbatan ko‘proq o‘rganilgan, o‘xshash regionlarga taqqoslab amalga oshiriladi. 113 D2 toifasiga neft-gazliligi aniqlanmagan I tartibli strukturalar doirasida chuqur burg‘ilashga konditsion tayyorlangan tutqichlardagi uglevodorod xom ashyosining bashorat resurslari kiradi (lokalizatsiyalangan D2 yoki D2 lok resurslar). C3 toifadagi istiqbolli resurslar. “Instruksiya po primeneniyu klassifikatsii zapasov k mestorojdeniyam nefti i goryuchix gazov” [26] va “Metodicheskimi ukazaniyami po kolichestvennoy otsenke prognoznыx resursov nefti, gaza i kondensata” [31] kabi amal qilinadigan hujjatlarga muvofiq ma’lum neft-gazli rayonlar doirasida izlov burg‘ilashiga tayyorlangan strukturalarning (C3 toifasi) istiqbolli resurslarini baholash faqat hajmiy metod bo‘yicha amalga oshiriladi. S3 toifasidagi istiqbolli resurslar quyidagi shartlarga javob berishi kerak: a) strukturalarning mavjudligi va uning (strukturaviy, stratigrafik yoki litologik tutqichlar) umumiy chegaralari geologik va geofizik tadqiqotlarning mazkur rayon uchun ishonchli bo‘lgan metodlari bilan aniqlangan; rayon chegarasida ushbu strukturalarning o‘lchamlari va shaklining tasdiqlanganlik darajasi chuqur burg‘ilash ma’lumotlari bo‘yicha belgilangan bo‘lishi; b) tayyorlangan strukturalar doirasida taxmin qilingan suv o‘tkazmaydigan jinslar bilan qoplangan kollektorlarning mavjudligi burg‘ilash ma’lumotlariga tayangan holda strukturaviy-fatsial tahlil asosida aniqlangan bo‘lishi; v) kollektorlarning sanoat ahamiyatiga molik neft-gazga to‘yinishi mumkinligi, shuningdek, tutqichlarning neft yoki gaz bilan to‘lish koeffitsienti o‘rganilgan konlarga taqqoslab, mazkur strukturaviy-fatsial zona doirasida neft va gaz uyumlarining shakllanish sharoitlarini tahlil qilib asoslangan bo‘lishi; s) resurslarni hisoblash ushbu strukturaviy-fatsial zona doirasida bo‘lgan (neft-gaz to‘planish rayoni) geologik tuzilishi va sanoat ahamiyatiga molik mahsuldorligi o‘xshash boshqa bir qator konlarda o‘rganilgan ayrim qatlamlar bo‘yicha amalga oshirilgan bo‘lishi kerak. Hisoblash uchun istiqbolli har bir neft-gazli gorizontlar bo‘yicha tuzilgan struktura xaritalaridan foydalaniladi. Belgili (qaytaruvchi) va neft-gazli gorizontlarning struktura planlarini mos kelish ehtimoli sharoitida seysmorazvedka 114 yoki struktura burg‘ilashi ma’lumotlari bo‘yicha tuzilgan hisobotdagi (yakuniy) struktura xaritalaridan foydalanish mumkin. Belgili va neft-gazli gorizontlarning struktura planlari mos kelmagan sharoitda (plan yoki amplitudali nomuvofiqlik) struktura xaritalari shu nomuvofiqlikni hisobga olib bajariladi. Neft-gazli maydonni nazorat qiluvchi suv-neft tutash yuzasi, gaz-suv tutash yuzasi, gaz-neft tutash yuzasi holati geologik-strukturaviy sharoitlarni, yaqin joyda joylashgan uyumlardagi (izokontaktlar xaritasi bo‘yicha) shunday gorizontlar yoki qatlamlardagi tutash yuzalar holatining o‘zgarish qonuniyatlarini yoki shu uyumlarning to‘lish koeffitsientlarini mazkur neft-gazli rayonda uyumlar shakllanishining ma’lum qonuniyatlarini hisobga olib tahlil qilish asosida aniqlanadi. Tutqichning to‘lish darajasiga qatlamning litologik xossalari va uning kollektorlik xususiyatlarini maydon bo‘ylab o‘zgarishining mumkinligi ta’sir ko‘rsatadi, shu boisdan qatlamning litologik tarkibi va kollektorlik xususiyatlarining taqsimlanishini aks ettiruvchi xaritadan foydalanish zarur. Tutqichning to‘lish darajasi va unda mavjud bo‘lgan uglevodorod-larning fazali holati ko‘p jihatdan termobarik sharoit bilan aniqlanadi, shu sababli izobar xaritasidan (gidrodinamik bosimdan) va izotermdan foydalanish zarur. Qatlamning neftga to‘yingan qismining foydali qalinligi unga yaqin joylashgan uyumlardan olingan ma’lumotlardan, baholanayotgan kompleks qalinligining regional miqyosda o‘zgarishidan, tutqich amplitudasi va rayonda aniqlangan foydali qalinlikning har xilligi tavsiflaridan hamda bog‘liqligi haqidagi ma’lumotlardan foydalanish orqali aniqlanadi. G‘ovaklilik va neft-gazga to‘yinganlik qiymatini aniqlash uchun yaqin joyda joylashgan uyumlar bo‘yicha olingan ma’lumotlardan va ularning o‘zgarish qonuniyatlaridan foydalaniladi. Neftning zichligi, uning gazga to‘yinganligi, neftning kirishi uchun qayta hisoblangan koeffitsienti rayon uchun belgilangan neftning fizik-kimyoviy xususiyatlarining o‘zgarish qonuniyatlaridan foydalanib aniqlanadi. 115 Erkin gaz hajmini baholashda o‘lchangan temperaturani standart temperaturaga keltirish uchun unga tuzatish kiritiladi va u qatlam temperaturasi bo‘yicha yoki baholanayotgan gorizontning o‘rtacha yotish chuqurligining o‘rtacha geotermik gradientga nisbati bilan aniqlanadi, o‘rtacha qatlam bosimi izobar xaritasi bo‘yicha qabul qilinadi yoki (normal gidrodinamik gradient uchun) shartli gidrostatik bosimga tenglashtiriladi. Erkin gazdagi barqaror kondensatning miqdori gazkondensatlarning rayon uchun belgilangan xususiyatlari va ularning o‘zgarish qonuniyatlaridan kelib chiqib aniqlanadi. Neft beraolish hajmini baholash uchun kollektorlarning litologik tuzilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, qatlam sharoitidagi neftning qovushqoqligi va qatlamning o‘tkazuvchanligi to‘g‘risida kutilayotgan qiymatlari kerak bo‘lib, bular yaqin joyda joylashgan uyumlar bo‘yicha yoki neftning fizik-kimyoviy xususiyatlari o‘zgarishining regional qonuniyatlari va qatlamlarning kollektorlik xususiyatlari bo‘yicha aniqlanadi. So‘ngra rayonda tarqalgan karbonat va terrigen qatlamlar uchun gidroo‘tkazuvchanlikning quduqlar to‘ri zichligiga bog‘liqligi bo‘yicha neft beraolishligi aniqlanadi. Lokalizatsiyalashtirilgan bashorat resurslari. Lokalizatsiyalashtirilgan bashorat resurslari quyidagi talablarga javob berishi kerak: a) strukturaviy, stratigrafik yoki litologik tutqich baholanayotgan neft-gazga istiqbolli yoki neft-gazli kompleks (gorizont) uchun mufassal o‘rganilgan bo‘lib, texnik jihatdan asoslangan izogips xaritasini ishonchli tuzish imkonini berishi hamda izlov burg‘ilashiga tayyorlangan strukturalar (ob’ektlar) konditsiyaga javob beradigan bo‘lishi zarur; b) har bir baholanayotgan neft-gazga istiqbolli kompleks (gorizont)ning mahsuldorligi o‘rganilayotgan I tartibli struktura doirasida (D1 toifasi uchun) isbotlangan yoki geologik tuzilishi va neft-gazlilik mezoni xarakteri bo‘yicha o‘xshash I tartibli strukturalarda belgilangan (D2 toifasi uchun) bo‘lishi lozim. 116 Struktura resurslarini baholash har bir neft-gazga istiqbolli yoki neft-gazli kompleks bo‘yicha amalga oshiriladi. Bunda neft-gazga istiqbolliligi so‘nggi marta baholanganda tuzilgan xaritalar to‘plamidan; har bir kompleksning hisoblash planlaridan, har bir hisoblangan va etalon uchastkalar uchun resurslarni baholash va ularning ming tonna (103 t) dagi yoki m 3 dagi zichligini ko‘rsatgan holda va resurslarning solishtirma zichligi taqsimlanishini aks ettiruvchi boshlang‘ich resurslarning xaritalaridan foydalaniladi. Bunday xaritalarda va hisoblash planlarida resurslarning solishtirma zichligi butun maydonga, tutqichlar bilan band bo‘lgan maydonlarga hamda ular oralig‘idagi maydonlarga ham taqsimlanadi, shu bois, baholanayotgan tutqich maydonidan hisoblash maydoni sifatida foydalanish to‘g‘ri bo‘lmaydi. CHeklangan bashorat resurslarini hisoblashning hajmiy usuli yordamida baholash faqat D1 toifasi uchun mumkin. Bunga hisoblash parametrlari qiymati interpolyasiya va ekstrapolyasiya natijasida olinganda, ularning qiymatidan xaritalashda qoniqarli foydalanilganda va tayyorlangan tutqichlarni ajratishda yo‘l qo‘yiladi. D1 toifasi resurslari uchun baholanayotgan tutqichlarning to‘lish darajasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning to‘liq emasligi xos bo‘lib, hajmiy metodda baholash ulardagi neft va gaz resurslarining bashorat qilinayotgan miqdorining yuqorigi chegarasi sanaladi. Tektonik bloklardagi va umuman regional geostrukturalardagi lokal strukturalarni izlashda bajariladigan kompleks ishlarga seysmorazvedka, strukturaviy-geologik syomka va strukturaviy burg‘ilash kiradi. Qulay geologik sharoitlar mavjud bo‘lgan ayrim hududlarda shu maqsadda mufassal va katta aniqlikdagi gravirazvedka va elektrrazedka o‘tkaziladi. Strukturaviy-geologik semka natijalari asosida aniqlangan lokal strukturalar tuzilishini ancha chuqur gorizont bo‘yicha ularni chuqur izlov burg‘ilashga tayyorlash uchun seysmarazvedka o‘tkaziladi. Ko‘milgan (er sathida aks etmagan) strukturalarni izlashda seysmorazvedka va strukturaviy quduqlar burg‘ilash ishlarini kompleks asosda o‘tkazilishi yaxshi natijalar beradi. Ko‘milgan lokal tuzilmalarni izlash uchun, qatlamlar qalinligining taxlili metodi va platforma qoplamining alohida stratigrafik komplekslarining litologik-fatsial tarkibini o‘rganish katta yordam beradi. Valsimon ko‘tarilmalar zonasining va regional strukturalarning qalinliklar xaritasidan lokal ko‘tarilmalarni aniqlash metodi Ma’lumki, valsimon ko‘tarilmalar zonasining va alohida tuzilmalarning regional plandagi yo‘nalishi ko‘pincha bu burmalarning jadal o‘sish davri yotqiziqlari qalinligi izochiziqlarining yo‘nalishi bilan mos keladi. Bunday holatda lokal ko‘tarilmalarni aniqlash uchun qalinliklar o‘zgarishining regional xususiyatlarini hisobga olish zarur. 6.1 - rasmda qalinliklar xaritasi bo‘yicha lokal ko‘tarilmani joylashish maydonini aniqlash ko‘rsatilgan. O‘rganilayotgan hudud janubi-g‘arbiy qismida qalinlikning regional oshishi kuzatiladi, maydonning markaziy qismida qalinlikning lokal o‘zgarishi aniqlangan. Buning oqibatida izopaxitlar aniq bukilma hosil qilib, ular oralig‘i siyraklashib 162 kengayadi. Agar, xaritada qalinlik o‘zgarishining regional fonini o‘tkazsak (punktir chiziqlar), bunda regional fonli izopaxitning xarita izopaxiti bilan tutashish nuqtasi ushbu stratigrafik kompleksi qalinligining lokal kamayish o‘lchamini ko‘rsatadi. Xaritada qalinlikning lokal kamayishi maydonning markaziy qismida kuzatiladi va ikkita 10 va 20 m li izochiziqlar bilan chegaralanadi (nuqtalar bilan ko‘rsatilgan). Maydonning aynan shu uchastkasi lokal ko‘tarilma bilan bog‘langan bo‘lishi mumkin. 6.1-rasm. Qalinliklar xaritasi bo‘yicha lokal ko‘tarilmalarni aniqlash 1-izopaxitlar; 2-regional fondagi izopaxitlar; 3- izoliniyalar Ko‘milgan tuzilmalarni izlashda yuqori gorizontlarning struktura xaritalaridan foydalanib “kelishtirish” (“sxojdeniya”) metodini qo‘llash Ko‘milgan tuzilmalarni izlashda nisbatan yaxshi o‘rganilgan yuqori gorizontlar, qatlamlar yoki yotqiziqlarning struktura xaritalaridan foydalanib kam o‘rganilgan ostki qatlamlar bo‘yicha struktura xaritalarini tuzish metodlaridan xam foydalaniladi. Bu “kelishtirish” (“sxojdeniya”) metodi deb yuritiladi. Lokal ko‘tarilmalarni aniqlash uchun bu metodni ko‘llash natijasida ostki qatlam bo‘yicha yuqori qatlamdagiga nisbatan ko‘proq lokal ko‘tarilmalar prognoz qilinishi yoki lokal strukturaning yuqorigi qatlami bo‘yicha tuzilgan struktura xaritasidan foydalanib ostki qatlam bo‘yicha lokal strukturaning mavjudligini aniqlash mumkin. 163 Misol: “Kelishtirish” metodini qo‘llab Farg‘ona botiqligida yura qatlamlarini ochgan chuqur quduq ma’lumotlaridan foydalanib, paleozoy yotqiziqlari yuzasi bo‘yicha 40 ga yaqin lokal ko‘tarilmalar A.A.Abidov tomonidan prognoz qilingan. Prognoz qilingan paleozoy yuzasi lokal ko‘tarilmalari neftgazga istiqbolli xisoblanadi va ortiqcha sarf-xarajatlarsiz ularda chuqur izlov burg‘ilash quduqlarini loyixalashtirish mumkin. Masalan, ana shu lokal ko‘tarilialaridan Janubiy Olamushuk va G‘arbiy Polvontosh maydonlarida olib borilgan chuqur burg‘ilash natijasida yangi neft va gazkondensat uyulari aniqlangan. “Kelishtirish” metodini qo‘llash izlov burg‘ilash uchun strukturani aniqlash va tayyorlashni ancha tezlashtirish imkonini beradi. Eslatmalar: 1. Ko‘tarilmalar zonasi va alohida lokal struktura-larni izlashda, ko‘pgina rayonlarda elektrorazvedka muvaffaqiyatli samara bergan. 2. Izlov ishlarida bir qator oblastlarda shuningdek gravimetrik tekshirishni qo‘llash mumkin. SHu jumladan bir qancha rayonlarda, jumladan Ustyurtda gravitatsion maydon transformatsiyasini qo‘llash qoldiq maydon anomaliyasi bilan ifodalanuvchi ko‘milgan lokal ko‘tarilmalarni aniqlash imkonini beradi. To‘lish darajasi to‘g‘risidagi vazifani yanada aniqroq hal qilish etalon sifatida tanlab olingan uyumlar shakllanishi sharoitlari ko‘rsatkichlarini yoki baholanayotgan struktura (ob’ekt) rayonining geologik sharoitlariga javob beradigan etalon sifatida tanlab olingan uyumlar yig‘indisini regressiv tahlil qilish yo‘li bilan mumkin bo‘ladi. CHeklangan bashorat resurslarini hajmiy usulda baholash uchun ma’lumotlar etishmagan hollarda tanlangan etalon uyumlarning hosil bo‘lish ko‘rsatkichlari bilan undagi resurslar o‘rtasidagi bog‘liqlikdan foydalaniladi. Uyumlar to‘planishining asosiy ko‘rsatkichlariga tayyorlan-gan strukturalardagi (ularning maydoni va amplitudasi) tutqich hajmi, g‘ovaklilik, o‘tkazuvchanlik, kollektorning qalinligi va baholanayotgan tutqichning neft yig‘ilgan maydoni miqdori kiradi. Uyumlarning saqlanishi qopqoqning to‘sish qobiliyati bilan 117 belgilanib, uning qalinligiga, o‘tkazuvchanligiga va regional qiyaligiga bog‘liq. Neft-gaz to‘planish sharoitlarini ko‘rsatuvchi eng ishonchli belgilar sifatida rezervuar (saqlagich)ning qalinligi, Corg ning miqdori, uning o‘zgarganlik darajasidan foydalaniladi. Baholanayotgan tutqich joylashgan rayonning o‘ziga xos xususiyatlariga bog‘liq holda regressiv tahlil yordamida aniqlanadigan parametrlar to‘plami o‘zgarishi mumkin. Geologik analogiya metodi yordamida bashorat resurslarining hajmi aniqlanganda hisoblash uchastkasiga etalon uchastkalarning tavsifi olib o‘tiladi. SHundan kelib chiqib, etalon uchastkada strukturalarni joylashtirish, strukturalarni ularning maydoni va zaxiralar hajmiga qarab taqsimlash va bu qonuniyatlarni hisoblash uchastkasida ham qo‘llab, baholanayotgan tutqichlarning resurslarini aniqlash zarur. Hisoblar quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi: a) etalon uchastkaning strukturaviy kuchlanish koeffitsienti qiymatini aniqlash, bu qiymat strukturalar maydonlari yig‘indisini etalon uchastkaning umumiy maydoniga nisbati orqali topiladi; b) etalon uchastka strukturasining o‘rtacha maydonini aniqlash; c) etalon uchastka strukturalarining ular maydonining hajmi bo‘yicha taqsimlanishini belgilash; d) etalon uchastka strukturalari resurslarining ularning maydoniga qarab taqsimlanishini belgilash; e) strukturaviy kuchlanish koeffitsienti yordamida hisoblash uchastkasidagi strukturalarning umumiy maydonini aniqlash; f) etalondagi strukturalarning o‘rtacha maydoni yordamida hisoblash uchastkasidagi strukturalar sonini aniqlash; g) etalondagi belgilangan bog‘liqlikni qo‘llagan holda hisoblash uchastkasidagi strukturalarni ularni maydoni bo‘yicha taqsimlash; h) etalon uchastkada belgilangan bog‘liqlikni qo‘llab, baholanayotgan struktura resurslarini uning maydoni hajmi bo‘yicha aniqlash. D1 toifasidagi resurslardan farqli ravishda D2 toifasidagi resurslarni baholashda tashqi etalonlardan, geologik tuzilishning ancha olis va hatto umumiy 118 analogiyasidan foydalanilishi munosabati bilan etalonlar darajasi ko‘pincha I tartibdagi strukturalarga javob beradi, strukturaviy kuchlanishlik tavsifi, strukturalarni ularning maydoni bo‘yicha taqsimlash va ularga javob beradigan resurslar ko‘proq umumiy xarakterga ega bo‘ladi. D1 va D2 toifasidagi cheklangan resurslarni baholashda erkin gazdagi barqaror kondensat miqdori baholanayotgan regiondagi uning o‘rtacha potensiali miqdoridan kelib chiqib aniqlanadi yoki o‘xshashlik metodi asosida belgilanadi. Neft beraolish miqdori o‘rganilayotgan kompleksdagi neft resurslarini bashoratli baholashda tasdiqlanganiga teng qilib olinadi, erkin gazni qazib chiqarish koeffitsienti esa 0,85 ga teng qilib olinadi. 4.4. Strukturalarning joylashuvini tahlil qilish Tayyorlangan strukturalar joylashuvini tahlil qilishdan maqsad, ular joylashgan neft-gazli hududning istiqboliga bog‘liq holda har birining qay darajada ahamiyatga molikligini hamda kelgusida tayyorlanishi mumkin bo‘lganlar orasida strukturaning egallaydigan o‘rnini aniqlashdan iborat. Strukturalar joylashuvi tahlil qilinganda istiqbolli bashorat resurslarining umumiy zichligi va neft-gazgeologik rayonlashtirishning tegishli elementlaridagi neft-gazli har bir kompleksining boshlang‘ich umumiy resurslarining razvedka qilinganlik darajasi hisobga olinadi. Resurslarning umumiy zichligi regionning neft-gazlilikka istiqbolli-ligi xaritasi bo‘yicha aniqlanadi, boshlang‘ich umumiy resurslarining razvedka qilinganlik darajasi – ochilgan konlar va uyumlardagi qazib olingan mahsulotlar yig‘indisining va razvedka qilingan (A, B va C toifalari) va oldindan baholangan (Co toifasi) zaxiralari miqdorining tegishli elementdagi neft, gaz va kondensat umumiy boshlang‘ich resurslariga (UBR) nisbati bilan aniqlanadi. Regionda kelgusida tayyorlanishi mumkin bo‘lgan strukturalar orasida tayyorlangan struktura egallagan va minimal miqdorda deb qabul qilingan. Strukturani tayyorlashdagi geologik-izlov ishlarini o‘tkazish sharoiti: seysmogeologik tavsiflar, strukturani burg‘ilashda belgili gorizontning ishonchliligi, ularning struktura planlarining neft-gazli komplekslar va qatlamlarning struktura planlariga muvofiq kelishi, strukturalarning tasdiqlanganlik koeffitsientining miqdori va izlov ishlarining muvaffaqiyatliligi, struktura joylashgan rayonlashtirish elementidagi resurslarning tasdiqlanganligi va ishonchliligi baholanadi. 4.5. Tayyorlangan strukturalarning izlov burg‘ilashiga kiritilish navbatini aniqlash Tayyorlangan strukturalarning izlov burg‘ilashiga saralab kiritish navbati quyidagilardan kelib chiqib amalga oshiriladi: - strukturalar joylashgan erlarning istiqbollilik darajasidan; - bunday erlarning razvedka qilinganlik darajasidan; 120 - taxmin qilinayotgan strukturalar orasida tayyorlangan struktura egallagan o‘rnidan; - strukturalarning sifatiga, kesimning yoritilishiga ko‘ra taqsimlanishidan; - uglevodorod xom ashyosi resurslarining miqdori va sifatidan (flyuidlarning fazali tarkibi va taxmin qilinayotgan fizik-kimyoviy tasnifidan); - neft-gazga to‘yingan jinslarning kollektorlik xususiyatlaridan; - strukturalarning tasdiqlanish koeffitsientining miqdoridan; - izlov ishlarining muvaffaqiyatli bajarilganligidan; - struktura joylashgan hududdagi resurslarning tasdiqlanganligi va ishonchliligidan; - iqtisodiy va tashkiliy-texnik mulohazalardan. Strukturalarni saralash o‘xshash geologik sharoitli neft-gazli oblastlar (rayonlar) doirasida amalga oshiriladi. Burg‘ilash ishlarini yo‘lga qo‘yish uchun birinchi navbatda resurslari ishonchli bo‘lgan va yuqori sifatda tayyorlangan hamda zaxirasi rayonda bashorat qilingan o‘rtacha konlardagidan ortiq bo‘lgan strukturalar tanlanadi. Ikkinchi navbatdagi ob’ektlar sifatida yaxshi va qoniqarli tayyorlangan, resurslari o‘rtacha deb bashorat qilingan konlarning zaxirasiga teng bo‘lgan strukturalar tanlanadi, uchinchi navbatdagi ob’ektlar sifatida yaxshi va qoniqarli tayyorlangan, zaxiralari o‘rtacha kattalikda deb bashorat qilingan konlardagidan kam bo‘lgan strukturalar tanlanadi. Qoniqarli tayyorlangan, lekin ancha miqdordagi uglevodorod xom ashyosiga ega bo‘lgan strukturalarda izlov burg‘ilashi bilan bir paytda ularning tayyorlanganligiga ishonchni orttirish uchun qo‘shimcha ishlarni bajarish tavsiya etiladi. Iqtisodiy mulohazalar (konlarga, quvur uzatgichlarga yaqinligi, chuqur burg‘ilash bazasidan uzoqligi, uyumlarning yotish chuqurligi va b.) strukturalarni tanlash navbatiga jiddiy ta’sir qilishi mumkin, ularning har biri aniq holatlarda asoslanishi kerak. Download 26.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling