Subyektlar faoliyatini boshqarishni axborotlar bilan ta`minlash va moliyaviy hisobotlardan foydalanish reja


Download 39.46 Kb.
bet7/8
Sana08.01.2022
Hajmi39.46 Kb.
#234913
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Маъруза №2

Qisqa va o`rta muddatli moliyalashning kamchiliklari:

1. Odatda mulkiy garov va shartnoma talab qilingani uchun bir tomonning amaliyotlari erkinligi bir qadar kamayadi.

2. kompaniyaning moliyaviy va byudjet hujjatlari kreditor tomonidan vaqti-vaqti bilan talab qilinishi mumkin.

3. emissiyaga chiqarilishi ko`zlangan obligatsiyalarning, ularni jozibador­ligini oshiruvchi xarakteristikalari kreditor bank tomonidan so`ralishi mumkin.

Faktoring – vosita operatsiyalarining bir turi bo`lib u mijozning (bankning yoki faktoring kompaniyasining mijozi) aylanma kapitalini kreditlash bilan uzviy bog`liqdir. Faktoringning asosiy tamoyili shundaki, faktoring operatsiyasini amalga oshirayotgan bank (faktoring-firma) uz mijozlaridan ularning yetkazib berilgan tovarlar, ko`rsatilgan xizmatlar,amalga oshirilgan ishlar uchun boshqa korxonalarga bo`lgan talablarini sotib oladi va shu orqali bu talablar uchun to`lovlarini olishi huquqini oladi. Faktoring operatsiyasi mijozning debitorlik qarzdorligini inkasso qilish, kreditlash va kredit hamda valyuta xatarlarini kafolatlanishni o`z ichiga oladi.

Xo`jalik subyektlarida ayrim hollarda xom ashyo sotib olishga mablag`lar yetishmovchiligi yuzaga kelishi mumkin. Bunday hollarda banklar, moliya-kredit tashkilotlarining faktoring operatsiyalaridan foydalanishi mumkin. Ya`ni bunda banklar xo`jalik subyektlarining debitorlik qarzlarini sotib olishi yoki xom ashyo sotib olish xarajatlarini qoplab berishi mumkin. Faktoring korxonalar orasidagi oldi-sotdi munosabalarini moliyalashtirib, to`lolmaslik risklarini kamaytiradi.

Faktoring – hisoblarning samarali instrumenti bo`lib, oldi-sotdi shartnoma bo`yicha moliyalashtirish va to`lamaslik riskini pasaytirishdir.


Download 39.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling