Sud apparati xodimlari tomonidan xizmat doirasida foydalanish uchun kelgan hujjatlardagi ma'lumotlarni oshkor etish man etiladi
Download 7.11 Kb.
|
Sud apparati xo-WPS Office
Sud apparati xodimlari tomonidan xizmat doirasida foydalanish uchun kelgan hujjatlardagi ma'lumotlarni oshkor etish man etiladi . Bunday hujjatlar bilan bevosita tegishli yoki xizmat topshirig'ini bajarishga aloqador bo'lgan shaxslargina tanishib chiqishlari mumkin . Xizmat doirasida foydalanish uchun kelgan hujjatlar bilan boshqa shaxslarni tanishtirish , ularga ma'lumotnoma yoki xizmatga oid ma'lumotlarni berish , matbuotda chop etish , radio va teleko'rsatuvlarda oshkora qilish , ma'ruza , nutq va boshqa amaliy chiqishlarda foydalanish , shuningdek , fleshka , disk va boshqa nusxa olish texnika vositalari orqali ma'lumot olish va tarqatish faqat tumanlararo iqtisodiy sudining raisi ( rais yo'qligida rais vazifasini bajaruvchi ) ruxsati bilan amalga oshirilishi mumkinligi bilan tanishib chiqdim . Tumanlararo iqtisodiy sudlarida ish yuritish , ya'ni sudga kelib tushgan va suddan jo'natilayotgan barcha nizolarni , shuningdek iqtisodiy ishlar , hujjatlar , xat - xabar , ariza - shikoyatlarning kirim - chiqimini rasmiylashtirish elektron malumotlar bazasiga kompyuter texnikasi vositalari orqali amalga oshirishni oʻrgandim . Tumanlararo iqtisodiy sudlarida yuritiladigan barcha iqtisodiy ishlar sudya yordamchisi tomonidan maxsus muqovaga xujjatlar ro'yxati tuzilgan xolda tikilishini oʻrgandim . Tumanlararo iqtisodiy sudining raisi " Sudlar to'g'risida " gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq sud ishini tashkil qilishini , sud apparati faoliyati ustidan umumiy rahbarlikni amalga oshirishini , sud apparati xodimlarining mansab yo'riqnomasini hamda Tumanlararo iqtisodiy sudining yarim yillik va yillik ish rejasini tuzishini . Mazkur ish rejasi Tumanlararo iqtisodiy sudining umumiy yig'ilishida tasdiqlanishini oʻrgandim . Sud apparati xodimlaridan sudda ish yuritishning barcha qoidalarini , tartib va usullarini , shuningdek , sud tuzilishini , protsessual va moddiy qonunlarni yaxshi bilishi talab etiladi . Shu maqsadda Tumanlararo iqtisodiy iqtisodiy sudining raisi devonxona mudiri , sudya yordamchisi va boshqa xodimlar bilan doimiy ravishda huquqiy mavzular asosida ish yuritishni tashkil etish yuzasidan mashg'ulot o'tkazib turishi va bu haqda alohida qayd kitobiga belgilab borish kerakligini oʻrgandim . 20.03 Tumanlararo iqtisodiy sudlarida ishda ishtirok etuvchi shaxslar sifatida taraflar , uchinchi shaxslar , prokuror , davlat organlari va boshqa shaxslar o'z zimmalariga yuklatilgan vakolatlarga ko'ra , shuningdek Iqtisodiy protsessual kodeksda nazarda tutilgan alohida toifadagi ishlar bo'yicha arizachilar hamda boshqa manfaatdor shaxslar nazarda tutilishi va ular ushbu Kodksning 42 - moddasida belgilangan huquq va majburiyatlarga ega ekanliklarini o`rgandim . Tumanlararo iqtisodiy sudlarida sud ishlarini yuritishda ishda ishtirok etuvchi shaxslar bilan bir qatorda odil sudlovni amalga oshirishga ko'maklashuvchi shaxslar guvohlar , ekspertlar , mutaxassislar va tarjimonlar ishtirok etishi mumkinlgini o'rgandim . Tumanlararo iqtisodiy sudlarida sudyaning yordamchisi ( katta yordamchisi ) sudyaning topshirig'i bo'yicha ishlarni sud muhokamasiga tayyorlash uchun zarur bo'lgan harakatlarni amalga oshiradi , ishda ishtirok etuvchi shaxslarni sud muhokamasining vaqti va joyi haqida xabardor qiladi hamda ularning sudga kelgan - kelmaganligini tekshiradi , kelmaganlik sabablarini aniqlashtiradi va bu haqda sudyaga ma'lum qiladi , bajarilayotgan protsessual harakatlar bo'yicha bayonnoma yuritadi , sudyaning sud majlisiga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish , shuningdek sud hujjatini ijroga yuborish bilan bog'liq bo'lgan boshqa barcha topshiriqlarini bajarishini shaxsan sud muhokamasida qatnashish davomida yanada chuqurroq o`rgandim . - 27.03
3.04 10.04
17.04
24.04
1.05 8.05
15.05 Download 7.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling