Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘G‘risida 1-bob. Umumiy qoidalar
-modda. So‘mda hisoblanadigan qarz undiruvini qarzdorning chet el valyutasidagi pul mablag‘lariga qaratish tartibi
Download 147.61 Kb.
|
SUD HUJJATLARI VA BOSHQA ORGANLAR HUJJATLARINI IJRO ETISH TO‘G‘RISIDA
48-modda. So‘mda hisoblanadigan qarz undiruvini qarzdorning chet el valyutasidagi pul mablag‘lariga qaratish tartibi
Oldingi tahrirga qarang. Davlat ijrochisi qarzdorning ma’lum bo‘lib qolgan va olib qo‘yilgan chet el valyutasidagi naqd pul mablag‘ini u olib qo‘yilgan kunning ertasidan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasining ichki valyuta bozorida chet el valyutasini sotish huquqidan foydalanuvchi bankka sotish uchun topshiradi. Qarzdorning chet el valyutasidagi xatlangan pul mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi ichki valyuta bozorida chet el valyutasini sotish huquqidan foydalanuvchi bankdagi bank hisobvarag‘ida, omonatida turgan yoki saqlanayotgan bo‘lsa, davlat ijrochisi o‘z qarori bilan bank zimmasiga ijro yig‘imini, davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga solingan jarimalarni ijro xarajatlarini inobatga olgan holda ijro hujjatini ijro etish uchun zarur hajmda chet el valyutasini sotish majburiyatini yuklaydi. Agar bank O‘zbekiston Respublikasining ichki valyuta bozorida chet el valyutasini sotish huquqidan foydalanmasa, davlat ijrochisi uning zimmasiga chet el valyutasini shunday huquqdan foydalanuvchi bankka o‘tkazish majburiyatini yuklaydi. (48-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) Oldingi tahrirga qarang. 481-modda. Qarzni chet el valyutasida hisoblab chiqarishda undiruvni qarzdorning pul mablag‘lariga qaratish tartibi Oldingi tahrirga qarang. Qarzdordan topilgan va olib qo‘yilgan, ijro hujjatida ko‘rsatilgan naqd chet el valyutasini davlat ijrochisi olib qo‘yilgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay Majburiy ijro byurosi organining depozit hisobvarag‘iga topshiradi, ijro hujjatida ko‘rsatilganidan boshqa chet el valyutasini yoki so‘mdagi naqd pul mablag‘larini sotish (ijro hujjatida ko‘rsatilgan tegishli chet el valyutasini sotib olish) uchun chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshirish huquqidan foydalanuvchi bankka topshiradi. Qarzdorning bank hisobvarag‘ida, omonatida turgan yoki bankda saqlanayotgan, ijro hujjatida ko‘rsatilganidan boshqa chet el valyutasidagi yoki so‘mdagi pul mablag‘lari xatlanganida, davlat ijrochisi o‘z qarori bilan vakolatli bank zimmasiga ijro hujjatini ijro etish uchun zarur bo‘lgan miqdorda ijro hujjatida ko‘rsatilgan tegishli chet el valyutasini sotib olish majburiyatini yuklaydi. Agar bank O‘zbekiston Respublikasining ichki valyuta bozorida chet el valyutasi sotish yoki sotib olish huquqidan foydalanmayotgan bo‘lsa, davlat ijrochisi uning zimmasiga chet el valyutasi yoki so‘mni shunday huquqdan foydalanuvchi bankka o‘tkazish majburiyatini yuklaydi. Vakolatli banklar tomonidan chet el valyutasida sotib olingan pul mablag‘lari ular tomonidan Majburiy ijro byurosining tegishli hududiy boshqarmasi depozit valyuta hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. Qarz chet el valyutasida hisoblab chiqarilayotganda davlat ijrochisi ijro yig‘imi, shuningdek u tomonidan qarzdorga solingan jarimalarni va ijro xarajatlarini tegishli qaror chiqarilgan kundagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan chet el valyutasi kursidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqilgan miqdorda so‘mda hisoblab chiqaradi. (481-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) Oldingi tahrirga qarang. Download 147.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling