Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘G‘risida 1-bob. Umumiy qoidalar


-modda. Undiruvni qarzdorning boshqa shaxslarda turgan mol-mulkiga qaratish


Download 147.61 Kb.
bet42/68
Sana16.06.2023
Hajmi147.61 Kb.
#1498142
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   68
Bog'liq
SUD HUJJATLARI VA BOSHQA ORGANLAR HUJJATLARINI IJRO ETISH TO‘G‘RISIDA

49-modda. Undiruvni qarzdorning boshqa shaxslarda turgan mol-mulkiga qaratish
Oldingi tahrirga qarang.
Undiruvni qarzdorning boshqa shaxslarda turgan mol-mulkiga qaratish ushbu mol-mulkning qarzdorga tegishliligini tasdiqlovchi hujjatli ma’lumotlar bo‘lganda, davlat ijrochisining qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. Qarzdorning o‘zga shaxslarda turgan mol-mulkining unga tegishliligini tasdiqlovchi hujjatli ma’lumotlar bo‘lmaganda, undiruvni mazkur mol-mulkka qaratish sudning qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.
Davlat ijrochisining ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan asoslarga ko‘ra chiqarilgan qarori ustidan shikoyat berilishi yoki protest keltirilishi mumkin.
(49-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
50-modda. Undiruvni qarzdorning O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida turgan mol-mulkiga qaratish
Oldingi tahrirga qarang.
Undiruvni qarzdorning O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida turgan mol-mulkiga, shu jumladan uning chet el banklaridagi pul mablag‘lariga qaratish O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi hamda xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
(50-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
51-modda. Undiruvni qarzdorning majburiyatlar bajarilishining ta’minoti sifatida turgan mol-mulkiga qaratish
Qarzdorning boshqa mol-mulki ushbu mol-mulk bilan ta’minlanmagan, qarzdorga qo‘yilgan barcha talablarni to‘liq qanoatlantirish uchun yetarli bo‘lmagan taqdirda, talablari mazkur mol-mulk bilan ta’minlangan kreditorning belgilangan huquqlariga, shuningdek ushbu Qonunning 6-bobida nazarda tutilgan qoidalarga rioya etilgan holda undiruv qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta’minoti sifatida turgan mol-mulkiga qaratilishi mumkin. Qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta’minoti sifatida turgan mol-mulk xatlab qo‘yilganda davlat ijrochisi xatlash amalga oshirilganidan keyin uch kunlik muddatda bu haqda talablari ushbu mol-mulk bilan ta’minlangan kreditorlarga bildirishnoma yuboradi.
Qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta’minoti sifatida turgan mol-mulkini realizatsiya qilishdan tushgan summa undiruv mazkur mol-mulkka qaratilishi, uni realizatsiya qilish va kreditorlarning ushbu mol-mulk bilan ta’minlangan, undirish uchun bildirilgan talablarini qanoatlantirish munosabati bilan qilingan xarajatlarning o‘rnini qoplash uchun zarur summalar ushlab qolinganidan keyin ushbu Qonunda belgilangan tartibda taqsimlanadi.
Agar qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta’minoti sifatida turgan mol-mulkini realizatsiya qilishdan tushgan summa kreditorlarning ushbu mol-mulk bilan ta’minlangan talablarini to‘liq qanoatlantirish uchun yetarli bo‘lmay qolsa, u holda ko‘rsatilgan talablarning qolgan qismi ushbu Qonunning 80-moddasida belgilangan navbatga muvofiq qanoatlantiriladi.
Agar undiruv qarzdorning mol-mulki bilan ta’minlangan talablarni qanoatlantirish uchun qaratilgan bo‘lsa, u holda undiruv qarzdorning boshqa mol-mulki mavjudligidan yoki mavjud emasligidan qat’i nazar, birinchi navbatda qarzdorning majburiyatlar bajarilishining ta’minoti sifatida berilgan tegishli mol-mulki predmetiga qaratiladi.
(51-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-572-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son)

Download 147.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling