Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘G‘risida 1-bob. Umumiy qoidalar


-modda. Ijro ishi yuritishda xolislarning ishtiroki


Download 147.61 Kb.
bet12/68
Sana16.06.2023
Hajmi147.61 Kb.
#1498142
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   68
Bog'liq
SUD HUJJATLARI VA BOSHQA ORGANLAR HUJJATLARINI IJRO ETISH TO‘G‘RISIDA

18-modda. Ijro ishi yuritishda xolislarning ishtiroki
Oldingi tahrirga qarang.
Qarzdorning xonalari va omborlarini ochish, mol-mulkini ko‘zdan kechirish, xatlash, olib qo‘yish va berish bilan bog‘liq ijro harakatlarini amalga oshirishda xolislar ishtirok etishi shart. Boshqa hollarda, xolislar davlat ijrochisining ixtiyoriga ko‘ra chaqiriladi.
(18-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Xolislar sifatida ijro harakatlarini amalga oshirishdan manfaatdor bo‘lmagan va o‘zaro yoki ijro ishi yuritish ishtirokchilari bilan qarindosh bo‘lmagan, bir-biriga bo‘ysunmaydigan va bir-birini nazorat qilmaydigan voyaga yetgan har qanday muomalaga layoqatli jismoniy shaxslar taklif etilishi mumkin. Xolislar ikki kishidan kam bo‘lmasligi kerak.
19-modda. Xolislarning huquq va majburiyatlari
Xolis tegishli ijro harakati dalolatnomasida o‘zi ishtirok etgan ijro harakatlari fakti, mazmuni va natijalarini o‘z imzosi bilan tasdiqlaydi. Xolis o‘zining qanday ijro harakatlarini amalga oshirish uchun taklif qilinganligini, ular qanday ijro hujjatlariga asosan amalga oshirilayotganligini bilishga, amalga oshirilgan ijro harakatlari bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirishga haqli. Xolisning mulohazalari tegishli ijro harakatlari dalolatnomasiga kiritilishi lozim. Xolisning istagiga binoan bunday mulohazalar uning o‘z qo‘li bilan yozilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Xolislar ishtirok etadigan ijro harakatlari boshlanishidan oldin davlat ijrochisi ularga o‘z huquq va majburiyatlarini tushuntiradi.
(19-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Xolislar o‘z majburiyatlarini bajarishlari munosabati bilan o‘zlari qilgan xarajatlari qoplanishini talab qilish huquqiga egadirlar. Mazkur xarajatlar ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlariga kiritiladi.
LexUZ sharhi
Mazkur Qonunning 9-bobiga qarang.

Download 147.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling