Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘G‘risida 1-bob. Umumiy qoidalar


-modda. Undiruvni qarzdor yuridik shaxsning boshqa mol-mulkiga qaratish


Download 147.61 Kb.
bet49/68
Sana16.06.2023
Hajmi147.61 Kb.
#1498142
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   68
Bog'liq
SUD HUJJATLARI VA BOSHQA ORGANLAR HUJJATLARINI IJRO ETISH TO‘G‘RISIDA

59-modda. Undiruvni qarzdor yuridik shaxsning boshqa mol-mulkiga qaratish
Qarzdor yuridik shaxsning qarzlarni uzish uchun yetarli pul mablag‘lari bo‘lmasa, undiruv unga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan, qayerda va kimning foydalanishida bo‘lishidan qat’i nazar, boshqa mol-mulkka (muomaladan chiqarilgan yoxud muomalada bo‘lishi cheklangan mol-mulk bundan mustasno) qaratiladi. Bu mol-mulk ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibda xatlanadi yoki unga nisbatan boshqa ijro harakatlari amalga oshiriladi.
60-modda. Qarzdor yuridik shaxsning mol-mulkini xatlash va realizatsiya qilish navbati
Oldingi tahrirga qarang.
Qarzdor yuridik shaxsning mol-mulkini xatlash va realizatsiya qilish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
birinchi navbatda — ishlab chiqarishda bevosita qatnashmaydigan ko‘char mol-mulkka (qimmatli qog‘ozlarga, qarzdorning depozit va boshqa hisobvaraqlaridagi pul mablag‘lariga, valyuta qimmatliklari, yengil avtotransport, ofislar dizayni ashyolari, tayyor mahsulot (tovarlar), qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarga, ulardan tayyorlangan buyumlarga, shuningdek bunday buyumlar parchalariga va boshqalarga) nisbatan;
ikkinchi navbatda — tovarlarni ishlab chiqarishda, ishlarni bajarishda va xizmatlar ko‘rsatishda bevosita foydalanilmaydigan mulkiy huquqlarga, shuningdek ishlab chiqarishda bevosita qatnashmaydigan va bevosita qatnashishga mo‘ljallanmagan boshqa moddiy qimmatliklarga nisbatan;
uchinchi navbatda — tovarlar ishlab chiqarishda, ishlarni bajarishda yoki xizmatlar ko‘rsatishda bevosita qatnashadigan mulkiy huquqlarga, ko‘chmas mulk obyektlariga, shuningdek xomashyo va materiallar, dastgohlar, asbob-uskunalar, ishlab chiqarishda bevosita qatnashishga mo‘ljallangan boshqa asosiy vositalarga nisbatan.
Ushbu modda birinchi qismining qoidalari qarzdor jismoniy shaxsning tadbirkorlik faoliyati munosabati bilan sud yoki boshqa organ tomonidan berilgan ijro hujjatidagi talablar ijro etilgan taqdirda, undiruvni belgilangan tartibda yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan qarzdor jismoniy shaxsning mol-mulkiga qaratishda ham qo‘llaniladi.
(60-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi O‘RQ-199-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda)

Download 147.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling