Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘G‘risida 1-bob. Umumiy qoidalar
-modda. Undiruv qarzdor yuridik shaxsning mol-mulkiga qaratilganda ijroni ta’minlash choralari
Download 147.61 Kb.
|
SUD HUJJATLARI VA BOSHQA ORGANLAR HUJJATLARINI IJRO ETISH TO‘G‘RISIDA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 62-modda. Qarzdor yuridik shaxs qayta tashkil etilganda va tugatilganda undiruvni qaratish tartibi
61-modda. Undiruv qarzdor yuridik shaxsning mol-mulkiga qaratilganda ijroni ta’minlash choralari
Oldingi tahrirga qarang. Uchinchi navbatda realizatsiya qilinadigan davlatga qarashli mol-mulk xatlab qo‘yilganda davlat ijrochisi xatlash amalga oshirilgandan keyin uch kunlik muddat ichida xatlangan mol-mulkning tarkibi va qiymati to‘g‘risidagi, shuningdek undiruvchining talablari summasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ilova qilgan holda qarzdorning mol-mulki xatlanganligi haqidagi xabarnomani davlat mulkini tasarruf etish vakolatiga ega organning tegishli hududiy bo‘linmasiga yuboradi. Mazkur xabarnomaning nusxasi qarzdor yuridik shaxs tomonidan budjetga to‘lovlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar amalga oshirilishini nazorat qiluvchi soliq organiga yuboriladi. (61-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) Oldingi tahrirga qarang. (61-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi O‘RQ-199-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda) Oldingi tahrirga qarang. Qarzdor yuridik shaxsning nochorligi (bankrotligi) to‘g‘risidagi ish bo‘yicha iqtisodiy sudda ish yuritish qo‘zg‘atilgan bo‘lsa, ijro ishi yuritish va undiruv qaratilgan mol-mulkni realizatsiya qilish masala mohiyatan iqtisodiy sud tomonidan ko‘rib chiqilgunga qadar to‘xtatib turiladi. (61-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda) 62-modda. Qarzdor yuridik shaxs qayta tashkil etilganda va tugatilganda undiruvni qaratish tartibi Oldingi tahrirga qarang. Qarzdor yuridik shaxs qayta tashkil etilgan (qo‘shib yuborilgan, qo‘shib olingan, bo‘lingan, ajratib chiqarilgan, o‘zgartirilgan) taqdirda, ijro hujjatlari bo‘yicha undiruv qarzdor yuridik shaxsning majburiyatlari yuzasidan qonunchilikka muvofiq zimmasiga javobgarlik yuklatilgan yuridik shaxsning pul mablag‘lari va boshqa mol-mulkiga qaratiladi. (62-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Oldingi tahrirga qarang. Oldingi tahrirga qarang. Iqtisodiy sudning qarzdorni bankrot deb topish va tugatish ishini yuritishni ochish to‘g‘risidagi qarorining ko‘chirma nusxasi olinganda, shuningdek ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organdan qarzdorning ixtiyoriy tugatish jarayonida ekanligi to‘g‘risida xabarnoma olinganda davlat ijrochisi ijro ishi yuritishni tamomlaydi, bundan mulk huquqini e’tirof etish to‘g‘risidagi, ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish haqidagi, mol-mulkni o‘zga shaxsning qonunsiz egaligidan talab qilib olish to‘g‘risidagi, asossiz orttirilgan boylikni qaytarish to‘g‘risidagi, bitimlarni haqiqiy emas deb topish va ularning haqiqiy emasligi oqibatlarini qo‘llash haqidagi ijro ishi yuritishlar mustasno. Ijro ishi yuritishni tugatish bilan bir vaqtda davlat ijrochisi ijro ishi yuritish davomida qarzdorning mol-mulkiga o‘zi qo‘ygan xatlovlarni va ushbu mol-mulkni tasarruf qilishga doir boshqa cheklovlarni olib tashlaydi. (62-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) Oldingi tahrirga qarang. Ijro ishi yuritish tamomlangan ijro hujjatlari davlat ijrochisining ijro ishi yuritishni tamomlash to‘g‘risidagi qarorining ko‘chirma nusxasi bilan birgalikda ijro ishi yuritish tamomlangan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida tugatuvchiga yuboriladi. Davlat ijrochisi ijro hujjati tugatuvchiga yuborilganligi haqida undiruvchiga ma’lum qiladi. (62-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) Oldingi tahrirga qarang. Download 147.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling