Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘G‘risida 1-bob. Umumiy qoidalar


Download 147.61 Kb.
bet65/68
Sana16.06.2023
Hajmi147.61 Kb.
#1498142
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   68
Bog'liq
SUD HUJJATLARI VA BOSHQA ORGANLAR HUJJATLARINI IJRO ETISH TO‘G‘RISIDA

861-modda. Davlat ijrochisining qarorlari ustidan shikoyat berish va protest keltirish. Davlat ijrochisining harakati (harakatsizligi) ustidan shikoyat berish
Davlat ijrochisining qarori, harakati (harakatsizligi) ustidan shikoyat qaror chiqarilganligi to‘g‘risida xabar qilingan kundan yoki manfaatdor shaxsga o‘z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi haqida ma’lum bo‘lgan paytdan e’tiboran o‘n kunlik muddatda davlat ijrochisi joylashgan erdagi ma’muriy sudga yoxud bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga, mansabdor shaxsga beriladi.
Davlat ijrochisining qaroriga qonunda belgilangan tartibda prokuror tomonidan protest keltirilishi mumkin.
(861-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 26-apreldagi O‘RQ-833-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2023-y., 03/23/833/0236-son)
Oldingi tahrirga qarang.
87-modda. Davlat ijrochisining talablarini bajarishning majburiyligi
Davlat ijrochisining o‘z vakolatlari doirasidagi talablari O‘zbekiston Respublikasi hududida barcha organlar, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan bajarilishi majburiydir.
Davlat ijrochilari o‘z vakolatlarini amalga oshirishi uchun zarur bo‘lgan axborot, hujjatlar va hujjat nusxalari ularning talabiga ko‘ra bepul va davlat ijrochisi tomonidan belgilangan muddatda taqdim etiladi.
Davlat ijrochisining talablarini bajarmaslik, uning zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarishiga monelik qiluvchi xatti-harakatlar sodir etish qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi.
(87-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 198-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasiga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.

Download 147.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling