Суд психологик экспертизаси


Sud - psixologik ekspertiza natijalarini tahlil qilish


Download 26.26 Kb.
bet4/5
Sana13.05.2023
Hajmi26.26 Kb.
#1457446
1   2   3   4   5
Bog'liq
SUD - PSIXOLOGIK EKSPERTIZANING TURLARI

Sud - psixologik ekspertiza natijalarini tahlil qilish.

Psixolog - ekspert mutaxassis sifatida ayblanuvchi bilan ish olib borishda qu yidagicha tartibda ekspertiza o‘tkazadi:
ayblanuvchi, jabrlanuvchilar bilan individual suhbat o‘tkazadi;
ularning psixologik xususiyatlarini (idroki, diqqati, hissiqti, temperamenti, xarakteri, irodasi kabilarni) aniqlaydi;
kuzatish, suhbat, psixologik test kabi metodikalarni o‘tkazadi;
ayblanuvchiga ochilgan jinoyat ishi bilan batafsil tanishib chiqadi;
o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalariga asoslangan holda ekspertiza xulosasi tayyorlaydi.
Sud - psixologik ekspertiza natijalarini tahlil qilishda ayblanuvchining jinoyatni nechanchi marta sodir etganligiga e’tiborini qaratadi. Shuningdek, uning oilaviy psixologik muhitini aniqlashga harakat qiladi. Bundan tashqari, ekspertizaga oid adabiyotlar bilan tanishadi.
Demak, sudga oid psixologik ekspertizaning jinoiy xatti - harakatlarni aniqlashdagi ahamiyati juda katta ekan. Shuning uchun mutaxassis-psixologlar ayblanuvchining psixologik xususiyatlarini, uning jinoiy xatti - harakatlarni sodir etayotgan vaqtdagi ruhiy holatlarini aniqlashda juda katta mas’uliyat bilan ish olib borishlari maqsadga muvofiqdir.
Xulosa
Faoliyati mobaynida o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan ma’lumotlarni advokat huquqiy yordam ko‘rsatishi munosabati bilan yashirish, bekor etishga haqi yo‘q. Advokatlar aholi o‘rtasida huquqiy qonunchilikning u yoki bu qoidalarini tushuntira borib, fuqarolarning huquqiy ongi shakllanishiga katta hissalarini qo‘shadilar, jinoyatlarning oldini olishga yordam beradilar.
Jinoyatchilikka qarshi kurashning oldingi marrasida bo‘lgan jinoyat qidiruv bo‘limi tezkor xodimining faoliyati qotillik, o‘g‘irlik, bosqinchilik, talonchilik kabi jinoyatlarning oldini olish, ularni ochish, tergov qilishdan iboratdir. Uning faoliyati favqulodda vaziyatlarda, asabiy holatlarda kechishi bilan ajralib turadi. SHuning uchun jinoyat qidiruv bo‘linmasidagi xodimning ish faoliyati kuchli xotirani, sir boy bermaslik, o‘zini tuta bilish, tez va sovuqqonlik bilan qaror chiqarish, o‘ta hushyorlik va qat’iyatni talab etadi.
Jinoyat qidiruv bo‘linmasi xodimlarining turli-tumaan faoliyatlari ikki yo‘nalishda amalga oshadi.
Birinchidan, tergovchi bilan birga jinoyat qidiruv bo‘linmasining xodimi voqea yuz bergan joyga chiqadi, ko‘zdan kechirish, tintuv qilish va boshqa tergov jarayonlarida qatnashadi.
Ikkinchidan, jinoyat qidiruv bo‘linmasi xodimi kasb-koriga oid metod va usullarni qo‘llab, raqiblarning g‘arazli niyatlarini bilib olish va ularni ro‘yobga chiqarmaslikni ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘radi. Bunday hollarda jinoyat qidiruv bo‘linmasi xodimi maxsus usullar yordamida xavfli jinoyatchilar, ularning turar joylari, aloqalari, maqsadlari haqida zarur axborotlarni olishga to‘g‘ri keladi. Ko‘pchilik hollarda bunday faoliyatning natijasi sifatida jinoyatchilar daliliy ashyolar bilan to‘satdan qo‘lga tushiriladi.
Jinoyat qidiruv bo‘linmasi xodimida kuzatish psixologik jarayon va faoliyatning shakllaridan biri tarzida intellektual tafakkurning shartlaridan bo‘lgan kuzatuvchanlikni, boshqacha qilib aytganda, fahm-farosatni rivojlantiradi.
Psixologik kuzatuvchanlikning muhim qirralaridan biri -o‘zini kuzata olish, xatti-harakatlari va xulq-atvorini tahlil qilish, o‘z xatolarini e’tiborga olish va ularni vaqtida tuzatishdan iborat. Jinoyat qidiruv bo‘linmasi xodimi faoliyatining tashkiliy tomoni alohida ahamiyatga ega. Xodim intizomli, o‘ziga talabchan bo‘lishi, vaqtni to‘g‘ri rejalashtirishi, ko‘ngilli yordamchilar va jamoatchilik mehnatini tashkil eta olishi, ularning yordamidan samarali foydalanishi darkor. Xodim faoliyatining rekonstruktiv tomonidan shundan iboratki, u taxminni yaratishda muhim rol o‘ynaydi, jinoyat ko‘rinishi lavhasini tiklaydi, ish bo‘yicha asosiy farazlarni ishlab chiqadi va qidiruv ishlarini rejalashtiradi.
Jinoyat qidiruv bo‘limi xodimi aql-idroki, mehnat faoliyati mobaynida amaliy tafakkuri tezkorligi bilan ajralib turadi va tezkor xodim deb nomlanadi.
Uning tafakkurida tahlil (analiz) va umumlashtirish (sintez) birday ahamiyat kasb etib, o‘zaro uyg‘unlikni taqozo etadi.
Xodim faoliyatining ahamiyati shundaki, u jinoyatlarning oldini olishga intilishi, o‘z hududida hisobda turadigan shaxslar tomonidan jinoiy maqsadlarni amalga oshirishda g‘ov bo‘ladigan vaziyatni vujudga keltirishi lozim. Buning uchun u odamlar bilan tez til topishishi, lozim paytda aktyorlik qobiliyatini namoyon etishi, o‘zgaruvchan shart-sharoitni e’tiborga ola bilishi, topqirligi va irodasiga tayanishi, qonunlar doirasida ishontirish va majburlashni qo‘llay olishi darkor.
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash xodimlarining faoliyati yuzaki qaraganda ikir-chikirlardan iborat ish bo‘lsa-da, og‘ir va darhol ko‘zga tashlanmaydigan mehnatdir. Biroq, bu bo‘linma xodimlarining xalqqa g‘araz maqsadlarda, o‘z manfaatlarini ko‘zlab o‘zlashtirilgan katta miqdordagi moddiy boyliklarni qaytarishda tutgan o‘rinlari beqiyosdir. Boshqa turdagi jinoyatlarda odatda jinoyat sodir etilgandan so‘ng uning iziga tushilsa, iqtisodiy jinoyatlarga kurash sohasida ko‘z ilg‘amas belgilarni qidirib topish orqali jinoyat ishi qo‘zg‘atiladi.
Iqtisodiy jinoyatlar bo‘linmalarining xodimlari jinoyatchilarga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib borish uchun umumiy madaniyat, intellektual va professional qobiliyat sohasida qonunbuzarlardan ustun turishlari kerak. Murakkab, isbotlash qiyin bo‘lgan davlat va jamoa mulkini o‘zlashtirishday jinoyatlarni fosh etish ulardan buxgalteriya hisobini, tovarshunoslikni, mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasini, qayta ishlashning o‘ziga xos tomonlarini, mahsulotni eltish va saqlash qoidalari va hokazolarni miridan-sirigacha bilishlarini talab etadi.
Ushbu bo‘linma xodimi uchun eng muhimi, odamlarning fe’l-atvorini bilish, ularning diliga yo‘l topish, halol odamni nopok kimsadan ajrata olish, o‘g‘rilar guruhining murakkab pog‘onalarida to‘g‘ri yo‘lni topish, bu pog‘onalardagi ojiz bo‘g‘inni ilg‘ab, uning yordamida murakkab jinoyatni fosh etishdir.

Download 26.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling