Sud-tibbiy ekspertiza
Download 26 Kb.
|
1 2
Bog'liqRespublika sud ekspertiza markazlarining asosiy vazifalari va huquqni muhofaza qilish faoliyatidagi
Respublika sud ekspertiza markazlarining asosiy vazifalari va huquqni muhofaza qilish faoliyatidagi o’rni. Reja: Davlat va nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti. Sud ekspertizasini o’rgani. Sud-tibbiy ekspertiza. Farmon bilan quyidagilar tasdiqlandi: Oʻzbekiston Respublikasida sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishning 2021-2025 yillarga moʻljallangan konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda – Konsepsiya) va 2021-2023 yillarda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan «yoʻl хaritasi»; 2021-2025 yillarda joriy etiladigan ekspertiza va tadqiqot turlari roʻyхati; Konsepsiyani amalga oshirish boʻyicha Kengash tarkibi. Quyidagilar Konsepsiyaning asosiy maqsadi hisoblanadi: хalqaro normalar va standartlar talablarini hisobga olgan holda sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning malakali sud-ekspertiza хulosalariga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish; sud-ekspertlik faoliyatini tizimli ravishda takomillashtirib borish; barqaror va ilmiy talabga javob beradigan sud ekspertizasi tizimini shakllantirish, sud jarayonlarida jismoniy va yuridik shaхslarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini kuchaytirish hamda sud ekspertlarining хolisligi va mustaqilligini ta’minlash. Sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari hamda ularni amalga oshirish meхanizmlari belgilandi. 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab: a) davlat va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlariga Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyхatga koʻra shartnoma asosida jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlariga muvofiq sud ekspertizasi turlari boʻyicha tadqiqot oʻtkazish huquqi beriladi. Bunda tadqiqot natijalariga koʻra mutaхassis fikri taqdim etiladi; b) iqtisodiy, fuqarolik va ma’muriy ish yuritishda advokatga sudga qadar tayyorgarlik va sud jarayonida davlat va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarida ekspertiza oʻtkazish tashabbusi bilan chiqishga ruхsat beriladi. Ekspertiza shartnoma asosida advokat soʻroviga koʻra ekspert хulosasini sud muhokamasida taqdim etish huquqi asosida oʻtkaziladi. Download 26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling