Navlari. CHimboy yubileynisi. Qoraqolpog‘iston dehqonchilik ITI yaratilgan. Qoraqolpog‘iston respublikasi va Xorazm viloyatlarida tumanlashtirilgan. Bo‘yi 204-221 sm, kuchli tuplanadi. Bargliligi o‘rtacha 33,7 %. Bargi keng, egik. O‘rimdan so‘ng jadal o‘sadi. O‘suv davri yashil oziqa uchun 60 kun, urug‘ uchun 98 kun. ertapishar, 1000 urug‘ vazni 14,6 g. Quruq moddasida oqsil 9,4 %, kletchatka 27,9 %. Qurg‘oqchilikka bardoshli. Buxoroda mutloq quruq modda (pichan) hosildorligi 437,3 s/ga, urug‘ hosildorligi 50,6 s/ga bo‘lgan.
SHirokolistnaya-2. Kabardin-Balkar tajriba stansiyasida yaratilgan. O‘zbekistonning barcha sug‘oriladigan erlarida Davlat reestriga kiritilib, tumanlashtirilgan. Sinov yillarida Buxoro viloyatining Qorako‘l DNU o‘rtacha mutloq quruq modda (pichan) hosildorligi 438,4, urug‘i 51,8 s/ga etgan. O‘simlikning bo‘yi 200 sm, bargligi 34,9 %, 1000 urug‘ vazni 14,2 g.
Tezpishar. O‘suv davri yashil oziqa uchun 58, urug‘ uchun 96 kun. Quruq moddasida (pichan) oqsil 6,6 %, kletchatka 29,7 %.
Odessa-25. SGITI (Odessa) yaratilgan. 1947 yildan Respublikamizning sug‘oriladigan erlarida ekish uchun Davlat reestriga kiritilgan. Qorako‘l DNU mutloq quruq modda hosildorligi 259,9, urug‘i 41,2 s/ga tashkil qilgan.
Tezpishar. YAshil massa uchun o‘suv davri 47, urug‘ uchun 83 kun. Bo‘yi 168 sm. Bargliligi 33 %. 1000 urug‘ vazni 13,5 g. Quruq moddada protein 11,3 %, kletchatka 28,9%.
CHimboy – 8 navi sug‘oriladigan erlarda ekish uchun Davlat reestriga 1993 yildan kiritilgan.
Almashlab ekishdagi o‘rni. O‘zbekistonda sudan o‘ti asosan sug‘oriladigan erlarda o‘stiriladi. U qurg‘oqchilikka chidamli bo‘lsada, sug‘orishlarga juda ta’sirchan. Almashlab ekishlarda sudan o‘ti dukkakli don ekinlari, g‘o‘za, makkajo‘xori, ko‘p yillik dukkakli o‘tlar, kuzgi don ekinlaridan keyin joylashtiriladi.
Sudan o‘tidan keyin turli qishloq xo‘jalik ekinlarini joylashtirish mumkin. Ammo ekinlarni sudan o‘tidan keyin joylashtirishda uni hosili bilan juda ko‘p oziqa elementlarini ayniqsa, azotni o‘zlashtirishini hisobga olish lozim, aks holda hosildorlik kamayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |