Судралиб юрувчиларнинг экологик хусусиятлари


DAShT ZAXARLI QORA ILONI - GADYuGA VIPERA URSINI BR


Download 1.84 Mb.
bet5/9
Sana08.02.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1168679
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
захарли илонлар

DAShT ZAXARLI QORA ILONI - GADYuGA VIPERA URSINI BR


Respublikamizda Chirchiq vodiysida Xo‘jakentdan Chinozgacha bo‘lgan joylarda, Sirdaryo vodiysida Xovosdan pastroqda ko‘proq, Chotqol tizma tog‘larida Parkent, Chimyon va Xumson yaqinida esa kamroq uchraydi. Daryo vohalaridagi chingil va sho‘ra o‘tlar ko‘p o‘sadigan ko‘llarning qirg‘oqlarida, sholipoyalar marzalarida ko‘proq yashaydi. Kemiruvchilarning iniga kirib yashirinadi. Tog‘lardagi yaproqli o‘rmonlar zonasida kam uchraydi.
Qishlab chiqqandan keyin odatda mart oxirlarida paydo bo‘la boshlaydi. Dastlabki vaqtlarda kunduzi aktiv yashaydi. May oyining boshlarida faqat ertalab, hali issiq tushmasdan ko‘zga tashlanadi, yozda esa faqat kechasi chiqadi. Hasharotlar (chigirtka) bilan, shuningdek kaltakesaklar va mayda kemiruvchilar bilan oziqlanadi.


3. Charx ilon
Charxilon uncha katta bo‘lmaydi. Tanasining uzunligi 86, dumi qisqa — 7,5 sm gacha boradi. Usti qo‘ng‘ir-kul rang yoki qum rang bo‘ladi. Qiyshiq joylashgan yon tangachalari orqadagilariga qaraganda to‘qroq bo‘ladi. Orqasida ko‘ndalang yoki oq, ko‘ndalangiga cho‘ziq dog‘lari bor. Ular qirralari orasida ilonizi yo‘l hosil qilib joylashgan. Och rangli dog‘lardagi ba’zi tangachalarning cheti qoramtir qo‘ng‘ir yoki qora bo‘ladi. Boshining ustida butsimon naqshi bor. Bu ilon joyida turgan holda charx urib aylanadi va bu vaqtda yon tangachalari bir-biriga ishqalanib charx toshi kabi o‘ziga xos tovush chiqaradi. Shuning uchun ham unga charx ilon degan nom berilgan.
O‘zbekistonda charxilon Termiz atroflara va Qorasuv hamda Surxondaryodagi sog‘ tuproqli cho‘llarda juda ko‘p. Bu yerda bahorda bir kun davomida 30 taga yaqin ilon uchratish mumkin. Surxondaryo vodiysi bo‘ylab Sho‘rchi va Bobotog‘ tog‘ etaklari atroflarigacha tarqalgan. Qoraqalpog‘istonning janubiy rayonlarida va Qizilqum cho‘lida ancha kam uchraydi. Bu ilon asosan sog‘ tuproqli va qumli cho‘llar, daryo vohalaridagi jarliklar, ko‘hna xarobalarda yashaydi. Goho u quruq yon bag‘irlarda yashaydi.




Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling