tayyorlandi.
43
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 noyabrda qabul qilgan
“2011 - 2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va
barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichlariga
erishishning ustuvor yo’nalishlari to’g’risida” PQ-1438-son
Qaroriga muvofiq,
2015 yil 1 yanvar holatiga milliy sug’urtalovchilar ustav kapitalining miqdori
quyidagi jadvalda keltirilgan miqdorlarga etkazilishi lozim (2-jadvalga qarang).
Shundan kelib chiqib xulosa o’rnida shuni ta’kidlash joizki, sug’urta
tashkilotlari faoliyatini vujudga keltiruvchi iqtisodiy
shart-sharoitlar uzoq
tarixga ega bo’lib, turli davrlarda har xil xususiyatlarga ega bo’lgan. Avvalo,
sug’urta tashkilotlari faoliyatini vujudga kelishida xavf-xatarlarning doimo
mavjud bo’lish ehtimoli katta o’rin egallaydi.
Shu tufayli, sug’urta tashkiloti
deganda sug’urta shartnomasiga muvofiq sug’urta tovoni (sug’urta puli)
to’lovini amalga oshirish majburiyatini oluvchi yuridik shaxs sug’urtalovchi deb
hisoblanadi. Sug’urtalovchi sug’urta hodisalari yuzaga kelishini bartaraf etish va
oldini olishga oid chora-tadbirlarni maxsus vakolatli
davlat organi tomonidan
belgilangan tartibda va shartlarda moliyalashtirishga haqli. Sug’urtalovchilar
sug’urtani amalga oshirish bilan bevosita bog’liq bo’lmagan tadbirkorlik
faoliyati bilan shug’ullanishlari mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: