Bitiruv malakaviy ishning predmeti - milliy sug’urta kompaniyalari
tomonidan ishlab chiqiladigan sug‘urta xizmatlariga iste’molchilarni jalb qilish
jarayonlari .
Bitiruv malakaviy ishning ob’ekti bo’lib O‘zbekiston sug’urta bozorida
faoliyat ko’rsatuvchi sug’urta kompaniyalarining sug’urtaviy faoliyati hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishning maqsadi va vazifalari – sug’urta
operatsiyalarini to’g’ri tashkil etish hamda ularning samarali amalga oshishini
ta’minlash yuzasidan raqobatbardosh sug’urta mahsulotlarini ishlab chiqish va
sotishning nazariy hamda amaliy jihatlarini o’rganish, tahlil qilish, ushbu faoliyatni
amalga oshirishning huquqiy asoslarini o’rganish, sug’urta operatsiyalarining
samarali kechishida sug’urtalovchi va mijoz o’rtasidagi munosabatlarni tartibga
solish va sug‘urta bozorida raqobatni ta’minlash maqsadida sug‘urtalanuvchilarning
da’volarini ijobiy tomonga hal etish, shuningdek ushbu faoliyatni takomillashtirish
borasida amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdir.
Bitiruv malakaviy ishning oldiga qo’yilgan maqsadga erishish uchun
quyidagi vazifalar belgilab olindi:
- sug’urta mahsulotlarini ishlab chiqish va sotishning nazariy va amaliy jihatlarini
milliy sug’urta bozorida qo’llash;
- sug’urta operatsiyalarining samaradorligini oshirishda marketing siyosatini
yo’lga qo’yish va uni samarali amalga oshirish tartibini tahlil qilish;
- milliy sug’urta kompaniyalarida amalga oshiriladigan sug’urta faoliyati
ko’rsatkichlarini tahlil qilish;
- sug’urtalovchilar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishdagi mavjud
muammolar va ularni bartaraf etish yo’llarini ishlab chiqish;
- milliy sug’urta bozorida raqobatni rivojlantirish istiqbollarini belgilash.
Do'stlaringiz bilan baham: |