Sugurta ishi
Su'gurta faoliyati tushunchasi, uning mazmun-moxiyati
Download 0.53 Mb.
|
2022 sugurta
1. Su'gurta faoliyati tushunchasi, uning mazmun-moxiyati.
Sug‘urta - inson faoliyatining turli-tuman sohalarida sodir bo‘ladigan tabiiy ofatlar, favqulodda xodisa va boshqa turdagi voqyealar oqibatida yetkazilgan zarar, talofatlarning oldini olish hamda shu oqibatlarni bartaraf etish uchun yuridik va jismoniy shaxslar mablag‘lari hisobidan sug‘urta fondlari tashkil qilish hamda ulardan foydalanishda vujudga keladigan moliyaviy munosabatlardan iboratdir. Sug‘urta atamasining iqtisodiy mazmuni haqida xozircha jaxon olimlari bironta xam aniqlik kirita olishmagan. Lug‘atlarda "Sug‘urta " atamasi to‘g‘risida turli izoxlar berilgan. Unda "Sug‘urta -qatnashuvchilari hisobidan pul (Sug‘urta) fondi tuzib, tabiiy ofatlar, baxtsiz xodisalar natijasida yetgan zararlar o‘rnini qoplash, shuningdek muayyan voqyealar yuz berishi munosabati bilan boshqa mablag‘lar to‘lash tadbirlari tizimi" deyilgan. Sug‘urta atamasi xaqida faqat bizda emas, balki boshqa tillarda xam aniqlik yo‘q. Shu sababli Lyuksemburg shaxrida o‘tkazilgan 1960 yildagi huquqiy kongressida bu masala kengrok muxokama qilingan. Unda sug‘urta atamasining ildizini "bir kishi hamma uchun, hamma bir kishi uchun" tamoyiliga asoslanib, jamoa bo‘lib sug‘urta fondlarini tashkil qilish, zararlar o‘rnini qoplash, Ko‘rilgan zarar barcha sug‘urta lanuvchilar o‘rtasida taksimlanishi kayd qilingan edi. Dexqonlar, xunarmandlar va boshqa kasb egalari tabiiy ofatlar natijasida uzil-kesil xonavayron bo‘lmasliklari, uz xo‘jaliklarini tiklab kolish maqsadida o`zaro fond tashkil qilganliklari, shu fondning hisobidan zararlar arzon va qulay qoplanganligi kongressda sug‘urta so‘zi xavf-xatar, daxshat, qo‘rquv va boshqa ma'nolarni bildirsa xam, ammo sug‘urtaning o‘zi ko‘rsatilgan holatlarga tushushga majbur qilgan xarajatlarni qoplash bilan bog‘langan iqtisodiy munosabatlarni ifoda etishi ko‘zda tutilgan. Sug‘urta xozirda mavjud bo‘lgan iqtisodiy atamalar orasida o‘z mohiyatiga ko‘ra murakkab va ko‘p qirrali tushunchadir. Bu atama asosan ishlab chiqarish va iste'mol, tabiiy ofatlar va ko‘ngilsiz xodisalar, mulkchilik shakllari va inson xayotida turli sabablar tufayli sodir bo‘ladigan salbiy xodisalar bilan chambarchas bog‘langan. Inson yashash uchun moddiy ne'matlar yaratadi. Jamiyat iste'mol qilishni to‘xtata olmaganidek, ishlab chiqarishni xam inkor qila olmaydi. Jamiyatimizning rivojlanishida xayotning moddiy asosi ishlab chiqarish bo‘lib keldi. Lekin ishlab chiqarishning uzluksizligi natijasida tabiiy ofatlar va e'tiborga olinmagan favqulotda xodisalar salbiy ta'sir ko‘rsatib, ishlab chiqarish hajmi kiskarib, mahsulotning sifat va miqdoriy darajasini kamayib ketishi mumkin. Ishlab chiqarishning davomiyligini ta'minlash uchun esa ko‘rilgan talofat o‘rnini tezda to‘ldirish, fuqarolarga esa zarar oqibatlarini tugatishda yordam berishga to‘g‘ri keladi. Buning uchun tashqaridan birinchi navbatda moliyaviy yordam uyushtirish kerak bo‘ladi. Ko‘rilgan zararlar esa turli xil bo‘lishi tabiiydir. Katta miqdordagi zararlarni qoplash uchun shunga yetarli miqdorda jamg‘arma (fond) shakllantirilishi kerak bo‘ladi. Mana shunday fondlar esa asosan Sug‘urta lanuvchilarning tulagan badallari hisobidan shakllanib, tuplanib, ular hisobidan qoplanadi va faloqatlarning oqibatlari tugatiladi, mol-mulkka ega bo‘lganlar esa ilgarigi darajasiga erishadilar. Sug‘urta tushunchasiga O‘zbekiston Respublikasining "Sug‘urta to‘g‘risida" gi qonun ida quyidagicha ta'rif berilgan: "Sug‘urta inson faoliyatining turli sohalarida sodir bo‘ladigan tabiiy ofatlar, favqulodda xodisa va boshqa voqyealar natijasida yetkazilgan zarar hamda talofatlarni jismoniy va yuridik shaxslar tulagan Sug‘urta badallari (Sug‘urta puli) dan xosil qilinadigan pul fondlari hisobidan to‘liq yoki qisman qoplash yo‘li bilan jismoniy va yuridik shaxslar manfaatlari Sug‘urta lanishini taminlashga doir munosabatlar demakdir". Ta'rifda ifodalanishicha, sug‘urta faoliyatidan maqsad tabiiy ofatlar va kungilsiz xodisalardan ko‘rilgan zararlarni qoplash uchun pul fondlarni xosil qilishdir. Bunda, jismoniy va yuridik shaxslar hisobidan shakllanadigan fondlarni xosil qilishda sug‘urta tashkilotlari bilan sug‘urtalanuvchilar o‘rtasidagi munosabatlar yuzaga keladi. Fondlar paydo bo‘lishi ushbu fond hisobidan zararlar qoplanadi. Sug‘urtaning mohiyatini uning vazifalarida ko‘rishimiz mumkin. Ular moliya tizimining bir qismi sifatida sug‘urta ning xususiyatlarini ochib beradi. Ma'lumki, moliya turkumlari uz mohiyatini avvalo taqsimlash vazifalari orqali ko‘rsatadi. Bu vazifa, uzining aniq aloxida ko‘rinishini sug‘urta ga tegishli xususiyatlarini, ya'ni, tavakkallik, oldindan belgilash va tuplashda uz ifodasini topadi. Sug‘urtaning mohiyatini to‘la darajada ochib berish uchun sug‘urta tushunchasiga iqtisodiy jixatdan yondashsak maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ma'lumki, sug‘urta kategoriyasining iqtisodiy mazmuni uning funksiyalarida ifodalanadi. Sug‘urta tushunchasi moliya va kredit tushunchalari bilan bog‘langanligi, ularning taqsimlash va nazorat funksiyalarini sug‘urtaga nisbatan qo‘llash imkoniyatini beradi. Sug‘urta iqtisodiy kategoriyasi moliya kategoriyasining tarkibiy qismidir. Birok moliya mablag‘lar umuman daromadlarni taqsimlash bilan bog‘langan bo‘lsa, sug‘urta faqat qayta taqsimlangash munosabati hollarini o‘z ichiga oladi. Sug‘urta iqtisodiy kategoriya sifatida quyidagi belgilarga ega va bu sug‘urtaning uziga xos xususiyatlarini ifodalaydi: Sug‘urta qilishda pulni qayta taqsimlash munosabatlari kelib chiqadi, bo‘lar to‘satdan, ko‘zda tutilmagan va o‘tib bo‘lmas xollarning bosimi extimoli borligini ko‘rsatadi, shuningdek xalk xo‘jaligida hamda axoliga moddiy va boshqa zarar yetkazishdagi imkoniyatlarni sug‘urtalash holatidir. Sug‘urtalashda sug‘urta qatnashchilari-sug‘urtalovchilar o‘rtasida keltirilgan zararni yoyish amalga oshiriladi, bu hamma vaqt tutash holatda bo‘ladi. Bunday qayta taqsimlash(yoyish) xollarining kelib chiqishi shundaki, keltirilgan zararning tasodifligi moddiy va boshqa yo‘qotishlarga olib keladi, ular qoida bo‘yicha hamma xo‘jaliklar ushbu mamlakat yoki xududning hamma joylarini emas, balki, ularning bir qismini o‘z ichiga oladi. Bu bitta xo‘jalik zararini sug‘urtalagan hamma xo‘jaliklar o‘rtasida o`zaro yoyish yo‘li bilan zarar o‘rnini qoplash imkonini beradi. Bunda sug‘urta qatnashchilari doirasi qanchalik keng bo‘lsa, xar bir sug‘urtalovchiga zararni yoyish miqdori shunchalik kam bo‘ladi. Sug‘urtada millionlab sug‘urtalanuvchilar va ko‘p millionlab inshootlar bo‘lsa, sug‘urta zararlarini qoplashning eng samarali usuli hisoblanadi. Bir yil ichida sug‘urta jamg‘armasi mablag‘larini joylarda samarali taqsimlash uchun yetarli katta joy va ko‘p sug‘urta qilinadigan inshootlar kerak bo‘ladi. Zararni vaqt orqali yoyish tasodif xodisalarning vujudga kelishi bilan bog‘liq; • tasodif xodisalar ketma-ket bir necha yil bo‘lmasligi mumkin va ularning vaqti aniq emas. Bunday holat, sug‘urta jamg‘armasini tashkil qilish uchun qulay yillarda tushgan sug‘urta tushumlari hisobidan zahira jamg‘armasini tashkil etishni keltirib chiqaradi, bu noqulay yillarda tasodifiy zararni qoplashda xizmat qilishi mumkin. Tavakkallik xususiyati bosh, xal qiluvchi hisoblanadi. Chunki, u zarar ko‘rgan xo‘jalik yoki fuqarolarga moddiy yordam ko‘rsatishda sug‘urtaning asosiy maqsadi bilan uzviy boglanadi. Faqat, tavakkalchilik xususiyatlari doirasida ish olib borishda tasodifiy sug‘urta xodisasi natijasida ko‘rilgan zarar sug‘urta qatnashchilari orasida qayta taqsimlash bo‘lib o‘tadi. sug‘urtaning oldindan belgilash xususiyati xam mavjud bo‘lib, bu sug‘urta jamg‘armasi mablag‘larining bir qismini sug‘urta tavakkalchiligi oqibatlarini va miqdorini kamaytirish uchun ishlatish bilan bog‘liqdir. Yuqoridagi fikrlarni bir tartibga keltirgan xolda sug‘urtaning mohiyati va vazifalarini uch guruxga bo‘lish mumkin bo‘ladi. 1.gurux. Yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulklarini favqulotda xodisalardan sug‘urtalash. Hodisa yuzaga kelgan vaqtda sug‘urta puli doirasida ko‘rilgan zarar qoplanadi. Bu yerda sug‘urta, sug‘urta qatnashchilari mablag‘larin ular o‘rtasida taksimlanishi ko‘rinishida bo‘ladi. Voqyea barcha sug‘urta qatnashchilari orasida bir vaqtda bo‘lmasligi mablag‘larni qayta taqsimlash imkonini beradi. Bu yerda keltirilgan zarar uchun sug‘urta lovchining mablag‘lari yetmagan takdirda, ushbu maqsadlar uchun shakllantirilgan sug‘urta (fond) jamg‘armalarining mablag‘laridan foydalaniladi. 2.gurux. Axolining xayoti va salomatligini sug‘urtalash. Agar yuridik va jismoniy shaxslar mol-mulklarining kiymati ma'lum bo‘lsa, bu yerda axolining xayoti va salomatligi bebaxodir. Har bir fuqaro sug‘urtalovchi bilan kelishilgan xolda sug‘urta pulini belgilashi mumkin. Sug‘urta xodisalari yuzaga kelganda sug‘urtalovchi sug‘urta pulini to‘liq yoki tegishli qismini to‘lashi zarur bo‘ladi. 3.gurux. Javobgarlik sug‘urtasi. Yuridik va jismoniy shaxslar o‘z faoliyatlarini yuritayotganlarida favqulodda xodisalarga duch kelishlari mumkin. Ushbu xodisalar orqali boshqa bir yuridik va jismoniy shaxsning mol-mulkiga, yoxud jismoniy shaxslarga tan jaroxati yetkazilishi xam mumkin. Hodisa yuzaga kelgan vaqtda, albatta, ko‘rilgan zarar qoplanishi talab etiladi. Bu vaqtda sug‘urtaning uchinchi bir ko‘rinishi yuzaga keladi-bu javobgarlik sug‘urtasidir. Sug‘urtaning nazorat turi sug‘urta jamg‘armasi mablag‘larini to‘g‘ri, tegishli maqsadda tashkil qilish va ishlatishda namoyon bo‘ladi. Bu tarkib yuqorida aks ettirilgan uch aloxida xususiyatlarga ega bo‘lgan tarkiblardan kelib chiqadi va sug‘urta sharoitida aniq sug‘urta munosabatlarida ular bilan birgalikda ko‘rinadi. Nazorat turining talablari asosida sug‘urta ishlarini to‘g‘ri olib borish ustidan moliyaviy sug‘urta nazoratini olib boriladi. Sug‘urta nazoratining asosiy vazifalaridan biri mamlakatda sug‘urta bozorini erkin rivojlanishini ta'minlash bilan bir qatorda, yetarli hajmda sug‘urta fondlariga ega bo‘lmasdan turib sug‘urta bozorida qatnash ayotgan sug‘urta to‘lovchilar bilan keskin kurash olib borish va ularning faoliyatlarini to‘xtatib qo‘yishdan iboratdir. Shu bilan bir qatorda sug‘urta madaniyatini oshirish, yuridik va jismoniy shaxslar orasida sug‘urtaning afzallik tomonlarini tushuntirish, tashviqot va targ‘ibot ishlarini samaradorligini oshirishdan iboratdir.Chunki, turli xil noxush, tasodifiy xodisalar sababli xam ziyon ko‘rish xollari uchraydi. Masalan, baxtsiz xodisa, tabiiy ofat, ish bilan shug‘ullangan kishilarning extiyot choralarini kurmaganligi va boshqa sabablar tufayli ziyon ko‘rishi mumkin. Bu xillardagi ziyonlar ko‘rilganda muxofaza qilishning ancha samarali va zarur shakli bu sug‘urta hisoblanadi. Sug‘urta kompaniyalari sodir bo‘lgan zararlarni qoplash uchun uning miqdoriga qarab sug‘urta puli doirasida mablag‘ ajratadi. Sug‘urtalanuvchi esa bu mablag‘larni ko‘rilgan zarar va ularning oqibatlarini tugatishga yo‘naltiradi. Sug‘urta - bu maqsadli sug‘urta fondlarini pul mablag‘lari bilan to‘ldirish hisobi bo‘yicha qayta taqsimlash munosabati va uning qatnashchilari birligidir. Bu fondlar xo‘jalikka keltirilgan zararni qoplashga yoki oilaning daromadidagi yo‘qotishlarni tenglashtirishga, (sug‘urta mablag‘lari bilan) sug‘urta voqyeasi yuzaga kelganda tashkilot, kompaniya va muassasaga hamda axoliga ko‘rgan zararlarini qoplash maqsadida yo‘naltiriladi. Sug‘urta iqtisodiy kategoriyasi xo‘jalik amaliyotida sug‘urta fondini tashkil qilish va ishlatish usuli sifatida xam namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari sug‘urta fondini shakllantirishning markazlashgan va uta markazlashgan usullari kullaniladi. Markazlashgan usul to‘g‘ridan-to‘g‘ri markazlashgan tartibda davlatning milliy daromadiga va mamlakat milliy boyligini hamda moliyaviy zahirasini, shu bilan birga sug‘urta fondlarini tashkil etadi. Xuddi shu ko‘rsatib utilgan usul yordamida mamlakat byudjetining zahira fondi, valyuta zahiralari va oltin zahiralari tashkil qilinadi. Bundan tashqari, markazlashgan usul mamlakatning milliy boyligi va milliy daromadidan qonuniy to‘g‘ri ajratilgan qisman moliyaviy rezervlar, shu jumladan sug‘urta fondi bilan bog‘langan. Faqat ko‘rsatilgan usul yordamida davlat byudjeti, pul rezervi va davlatning oltin boyligi vujudga keladi. O‘ta markazlashgan usul moliyaviy zahiralar moddiy ishlab chiqarish sohalaridagi kompaniya va tashkilotlarda, birinchi navbatda qishloq xo‘jaligida yuzaga kelgan xar xil moddiy zarar va kamchiliklarni qoplash uchun tashkil qilinadi. Sug‘urta fondini tashkil etish va ishlatish uchun sug‘urta turlaridan foydalanishning iqtisodiy kerakligi davlatning xo‘jalik bulinmalarining moliyaviy resurslarini keng o‘zgartirish imkoniyatidan maxrum bo‘lganda va shuningdek ayrim fuqarolar boyliklaridan foydalana olmaganida ko‘riladi. Xo‘jaliklarning va fuqarolar oilalarining mulkiy xolisligi sug‘urta usuli yordamida kerakli sohalarni sug‘urtaviy himoyalash uchun qulay imkon beradi. Davlat kompaniyalari mustaqil xo‘jalik hisobida bo‘la olmagan va davlat ularning moliyaviy resurslarini keng miqyosda o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan, sobiq ittifok davrida kompaniyalarning mulkini sug‘urtaviy himoyalashga extiyoj yo‘q edi. Xo‘jalikni bozor asoslariga o‘tishi sug‘urtaning o‘ta muhimligini ko‘rsatib turibdi. Endi mulkchilik shakllari o‘zgardi. Davlat kompaniyalari xususiylashtirildi, aksionerlashtirildi. Bunday sharoitda xar xil favqulotda, ko‘zda tutilmagan xodisalar yuzaga kelgan vaqtda ularni bartaraf etish birinchi urinda jamoatchilikni vazifasi bo‘lib qoldi, "har qanday zararni davlat to‘lab beradi" degan aqida yo‘q bo‘lib, boqimandalik kayfiyati barxam topmoqda. Har bir kompaniya o‘z kelajagi to‘g‘risida o‘zi qayg‘urish zaruratlari tug‘ildi. Demak, sug‘urtaga extiyoj yuzaga kelmoqda. O‘zini kelajagini o‘ylagan har qanday kompaniya raxbarlari, jamoatchilik o‘z faoliyatlarini sug‘urta tashkilotlari bilan uzviy bog‘lagan xolda olib borish lozimligini tushunib yetmoqdalar. O‘ta markazlashgan sug‘urta fondlari xar bir sug‘urtalanuvchining ixtiyoriga (zaruratga) qarab sug‘urta turlarining guruxlariga va ayrim xollarda turlariga qarab tashkil etiladi. Bu fondlar O‘zbekiston Respublikasining "Sug‘urta to‘g‘risida" gi qonuniga asosan shakllanadi va uning daxlsizligi davlat tomonidan kafolatlanadi. Sug‘urtada keltirilgan zararni bo‘lishi asosan sug‘urta munosabati qatnashchilariaro, yani doim yopik xarakterga ega bo‘lgan sug‘urta lanuvchilar orqali yuzaga keladi. Bunday qayta taqsimlash aloqasining paydo bo‘lish sababi shundan iboratki, agar keltirilgan zarar tasodifiy xarakterga ega bo‘lsa, bu moddiy va boshqa yo‘qotishlarga olib keladi. Fuqarolarning xayoti, sog‘ligi, mexnat qobiliyati, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulki, moddiy boyliklari, javobgarlik majburiyatlari, mulkiy hamda mulkka oid bulmagan huquqdari yoki manfaatlari sug‘urta ob'ektlari hisoblanadi. Sug‘urta ixtiyoriy va majburiy shakllarda xam amalga oshirilmokda. Sug‘urta uch ko‘rinishda namoyon bo‘lishi mumkin: majburiy davlat sug‘urtasi; majburiy sug‘urta; ixtiyoriy sug‘urta. Fuqarolarning ijtimoiy manfaatlarini va davlatning manfaatlarini ta'minlash maqsadida qonun da xayot, soglik va mol-mulkning majburiy davlat sug‘urtasi belgilab kuyilishi mumkin. Majburiy sug‘urta esa qonun bo‘yicha quyidagilarni sug‘urta qilish majburiyatini belgilab kuyilishi mumkin: uchinchi shaxsning xayoti, sog‘ligi, mulkiga zarar yetkazilishi extimolini nazarda to‘tib; boshqa shaxslarning xayoti, sog‘ligi yoki mol-mulkiga zarar yetkazilishi yoxud boshqa shaxslar bilan tuzilgan shartnomalarning buzilishi oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan uzining fuqaroviy javobgarligi xavfi. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksida: "Fuqarolarga uz xayotini, sog‘ligini yoki mol-mulkini sug‘urtalash majburiyati majburiy qonun bilan yuklatilishi mumkin emas" deb ta'kidlangan. Sug‘urta jismoniy va yuridik shaxslar bilan sug‘urta tashkilotlari o‘rtasida tuziladigan mulkiy yoki shaxsiy sug‘urta shartnomalari asosan ixtiyoriy ravishda erkin amalga oshiriladi. Sug‘urta ob'ektidagi xilma- xillikning kupligi tufayli hamma sug‘urta munosabatlari birligini quyidagi besh tarmoqka bo‘lishimiz mumkin: mulkiy, ijtimoiy, shaxsiy, javobgarlik sug‘urta si va tadbirkorlar tavakkalchiligi sug‘urtasi. Mulk sug‘urtasi - fuqarolarga, yuridik shaxslarga va davlatga tegishli mol-mulkini sug‘urtalashda asosan ular egalik qilgan mulklar Sug‘urta qilinadi, mana shu jixatdan sug‘urta tashkilotlari mol-mulkni majburiy hamda ixtiyoriy ravishda sug‘urta qiladilar. Sug‘urtada majburiy va ixtiyoriy degan tushunchalar asosan sug‘urta tashkilotining qanday maqomda ekanligidan dalolat beradi. Davlat ulushi bo‘lgan xissadorlik sug‘urta tashkilotlari mol-mulkni xam majburiy va xam ixtiyoriy ravishda sug‘urta qilishlari mumkin. O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 916-moddasida sug’urtalashga yo’l qo’yilmaydigan manfaatlar keltirilgan. Uni quyidagicha tasvirlash mumkin (1- rasm). G’ayriqonuniy manfaatlarni sug’urtalashga yo’l qo’yilmaydi Qimor, lotoreyalar va garov o’yinlarida sug’urtalashga yo’l qo’yilmaydi Sug’urtalashga yo’l qo’yilmaydigan manfaatlar Garovga olinganlarni ozod qilish maqsadida shaxs majburan qilishi mumkin bo’lgan xarajatlarni sug’urtalashga yo’l qo’yilmaydi Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling