Sug‘urta klassifikat siyasi reja: Sug‘urtani turkumlashning umumiy asoslari Sug‘urta sohalari va klasslari
Huquqiy himoya qi-lish bilan bog‘liq xarajatlar-ni sug‘urta qilish
Sog\'liqni sug\'urtalash
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Tayanch iboralar Sug‘urta
- Majburiy sug‘urta
- Sug‘urta summasi
- Sug‘urta limiti
- Sug‘urtalanuvchi
- Sug‘urta guvohnomasi (polisi)
Huquqiy himoya qi-lish bilan bog‘liq xarajatlar-ni sug‘urta qilish
|
Sud muhokamasi bilan bog‘liq ko‘rilgan xarajatlar natijasida sug‘urta qildiruvchi zarar ko‘rganda sug‘urta qoplamasi to‘lanishini ta’minlovchi sug‘urta turlari jami |
3. Tayanch iboralar
Sug‘urta - ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlami manfaatdor jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasida qoplash.
Sug‘urta klassi - muayyan umumiy belgilar bo‘yicha birlashtirilgan sug‘urta turlari yig‘indisi.
Sug‘urta turi - sug‘urtalovchi tomonidan ishlab chiqiladigan va sug‘urta qildiruvchiga sug‘urtaning bir yoki bir nechta klassi doirasida ko‘rsatiladigan aniq sug‘urta xizmati.
Majburiy sug‘urta - sug‘urta shakllaridan biri bo‘lib, unda sug‘urtalovchi va sug‘urtalanuvchilar o‘rtasida sug‘urta munosabatlari qonun kuchida yuzaga keladi.
Ixtiyoriy sug‘urta - tomonlaming xohish-irodasiga ko‘ra amalga oshiriladigan sug‘urta munosabatlari.
Sug‘urta summasi - sug‘urta obyektini haqiqatda sug‘urtalangan qismining pul ko‘rinishidagi qiymati.
Sug‘urta shartnomasi - sug‘urtalovchi va sug‘urtalanuvchi o‘rtasidagi sug‘urta turi shartlariga mos ravishda ularning o‘zaro majburiyatlarini tartibga soluvchi kelishuv (huquqiy bitm).
Sug‘urta limiti - moddiy qiymatliklar va sug‘urtaviy mas’uliyatlarni sug‘urtalash mumkin bo‘lgan maksimal pul summasi.
Sug‘urta himoyasi - konkret obyekt tomonidan ko‘rilgan zararni bartaraf qilish yoki qoplash bo‘yicha munosabatlar.
Sug‘urtalovchi - sug‘urtani amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan tashkilot.
Sug‘urta qildiruvchi - sug‘urta badallarini to‘lovchi va konkret sug‘urta munosabatlarida qatnashuvchi jismoniy yoki yuridik shaxs.
Sug‘urtalanuvchi - hayoti, sog‘ligi yoki mehnatga layoqati sug‘urta obyekti bo‘lgan shaxs.
Sug‘urta mas’uliyati - sug‘urtalovchining sug‘urta holatlari ro‘y berganda sug‘urta qoplamalari yoki sug‘urta summalarini to‘lash bo‘yicha majburiyati. Sug‘urta guvohnomasi (polisi) - sug‘urta amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjat.
Download 65.02 Kb.
Do'stlaringiz bilan baham:
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling