Mavzu: Sug’urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlariga oid qabul qilingan me’yoriy hujjatlar SUG’URTA FANIDAN MUSTAQIL ISH
Bajardi : Orziqulov Azamat
Guruh: 532-20
Sug‘urta xizmatlarining raqobat bozorini yanada shakllantirish, sug‘urta faoliyatining zamonaviy turlarini rivojlantirish va sifatini oshirish, sug‘urtalovchilarning kapitallashuv darajasini ko‘paytirish va moliyaviy barqarorligini ta’minlash, ularning mintaqaviy tarmoqlarini kengaytirish, shuningdek sug‘urtalashni tartibga solish usullarini takomillashtirish maqsadida: - 1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan sug‘urta tashkilotlari bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2007 — 2010-yillarda O‘zbekiston Respublikasi sug‘urta bozorini isloh qilish va rivojlantirish dasturi 1-ilovaga muvofiq ma’qullansin, unda quyidagi chora-tadbirlar nazarda tutilgan:
- sug‘urtalash, sug‘urta faoliyati va sug‘urta nazoratining qonunchilik va normativ-huquqiy bazasini xalqaro amaliyotga muvofiq yanada takomillashtirish;
- ko‘rsatilayotgan sug‘urta xizmatlari, ayniqsa tadbirkorlik faoliyatini, import-eksport operatsiyalarini sug‘urtalash, hayotni uzoq muddatga sug‘urtalash, shu jumladan sug‘urtaning jamg‘arma turlari sohasida sug‘urta xizmatlari hajmini, ko‘lamini kengaytirish va sifatini oshirish;
Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta bozorini isloh qilish va jadal rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin: - sug‘urta sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, shu jumladan xalqaro tashkilotlarning standartlari va tavsiyalarini hamda ushbu sohadagi eng yaxshi jahon tajribalarini izchil joriy etish;
- tartibga solish va prudensial nazoratning samarali mexanizmlarini joriy etish orqali sug‘urta bozorining ishonchliligi va barqarorligini ta’minlashga qaratilgan sug‘urta faoliyatini tartibga solish tizimini institutsional rivojlantirish;
- sug‘urta bozori professional ishtirokchilarining kapitallashuv darajasini, to‘lov qobiliyati va moliyaviy barqarorligini oshirish, ularning aktivlari sifatini yaxshilash, shuningdek, sug‘urtalovchilarning investitsiya faoliyatini rivojlantirish;
- sug‘urta brokerlari faoliyatini faollashtirish, sug‘urta agentlarining ishlash tizimini takomillashtirish, banksug‘urta mexanizmlarini joriy etish, shuningdek, umuman sug‘urta bozori professional ishtirokchilarining rolini oshirish orqali sug‘urta bozori infratuzilmasini rivojlantirish va kengaytirish;
- sug‘urta xizmatlari iste’molchilari va sug‘urta faoliyatining boshqa subyektlari huquqlari himoyasini kuchaytirish, aholining sug‘urta savodxonligini va sug‘urtaga bo‘lgan ishonchini oshirish, sug‘urta bozorining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash;
Do'stlaringiz bilan baham: |