Suhbat jarayonida beriladigan namunaviy savollar toʻplami 60610500 – Kompyuter injiniringi taʼlim yoʻnalishi bo‘yicha
Download 307.68 Kb. Pdf ko'rish
|
2023 SUHBAT JARAYONIDA BERILADIGAN NAMUNAVIY SAVOLLAR TOʻPLAMI
60610600 – Dasturiy injiniring taʼlim yoʻnalishi bo‘yicha 1. Mamlakatda oʻz sohasiga oid amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyati va ahamiyatini tushunish. 1. “UZ” domenidagi domen nomlarini roʻyxatdan oʻtkazish va ulardan foydalanishdan koʻzlangan maqsad nima? 2. Sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllab-quvvatlash uchun maxsus rejim tashkil etish va uning faoliyatini yoʻlga qoʻyishdan koʻzlangan maqsad nima? 3. Ichki ishlar organlari faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qarorda qanday vazifalar belgilangan? 4. Mamlakatimizda axborot texnologiyalari va kompyuter dasturlash sohasida yosh mutaxassislarni ragʻbatlantirish boʻyicha qanday ishlar olib borilmoqda? 5. Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatiga “E-qaror” elektron tizimini joriy etishdan koʻzlangan maqsad nima? 6. Sunʼiy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratishdan koʻzlangan maqsad nima? 7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent shahrida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qarorida qanday vazifalar belgilangan? 8. Oʻzbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarini rasmiylashtirish va berish tizimini joriy etish nima uchun kerak? 9. Dasturiy taʼminot vositalari ishlab chiquvchilarining milliy reyestri deganda nimani tushunasiz? 10. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarining joriy etilishini nazorat qilish, ularni himoya qilish nima uchun kerak? 11. Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini tashkil etish nima uchun kerak boʻldi? 12. Dasturiy taʼminot vositalari eksporti va importi qilishdan koʻzlangan maqsad nima? 13. Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkini tashkil etishdan koʻzlangan maqsad nima? 14. “ICTWEEK Uzbekistjn” Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligini tashkil etish koʻzlangan maqsad nima? 15. Mamlakatda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish nima uchun kerak? 16. Bir million dasturchi loyihasi yoshlarga qanday imkoniyatlarni taqdim etadi? 17. Mamlakatimizda Axborot texnologiyalariga oid qanday o‘quv yurtlarini bilasiz? Misol keltiring. 18. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallari haqida nimalarni bilasiz? 19. Mamlakatimizda Axborot texnologiyalariga oid qanday tashkilot va muassasalarni bilasiz? 20. Mamlakatimizda axborotlashtirish va raqamlashtirish sohasida qanday ishlar amalga oshirilmoqda. 21. Elektron hukumat deganda nimani tushunasiz? 22. Davlat tashkilotlariga oid qanday axborot tizimlarini bilasiz? 23. "Raqamli O’zbekiston - 2030" strategiyasi doirasida yurtimizda qanday ishlar amalga oshirilmoqda? 24. Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan qanday mobil aloqa operatorlarini bilasiz? 25. Mamlakatimizdagi onlayn to‘lov tizimlari haqida nimalarni bilasiz? 26. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal my.gov.uz portali haqida qanday xizmatlarni taqdim etadi? 27. Mamlakatimizdagi IT park, IT maktab va IT texnikumlar haqida ayting 28. Mamlakatimizdagi masofadan o‘qitish tizimlari ma’lumot bering 29. Mamlakatimizda Axborot kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishida qanday ishlar ishlar amalga oshirilmoqda? 30. Mamlakatimizda Elektron hukumat bo'yicha loyihalar doirasida qanday tizimlar joriy etilgan? Download 307.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling