Sulfat kislota ishlab chiqarishning kontakt usuli


Download 0.67 Mb.
bet3/15
Sana28.03.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1303711
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
SULFAT KISLOTA ISHLAB CHIQARISHNING KONTAKT USULI JUMANIYOZ

V2O5∙12SiO2∙0,5Al2O3∙2K2O∙3BaO∙2KCl
BAV massasining namligi qariyib 15% ni tashkil etadi.
Donadorlangan BAV katalizatorining to‘kilish zichligi 450-500 g/l ni tashkil etadi. Quruq kontakt massa tarkibida V2O5 hisobida 7,5-8,0% vanadiy bo‘ladi. Vanadiyli kontakt massani sulfit angidrid gazi bilan 420-440OC haroratda qayta ishlangandan keyin u sariq rangga kiradi va uning to‘kilish zichligi 600-650 g/l gacha ortadi. Katalizator rangining o‘zgarishi va to‘kilish zichligining ortishini katalizatorda SO2 ning oksidlanishidan hosil bo‘ladigan sulfat angidridning kontakt massaga yutilishi orqali izohlanadi. Natijada sulfatlar hosil bo‘ladi va xlor ajralib chiqadi. Bunda ko‘p miqdordagi issiqlik ajralib chiqadi va kontakt massa kuchli qiziydi. Masalan, yangi tayyorlangan kontakt massaga sulfit angidridli gaz (taxminan 7% SO2) ta’sir etganda jihozdagi harorat 800-900OC gacha ko‘tariladi. Bunda kontakt massaning kuyishi va to‘la maydalanib ketishi kuzatilishi mumkin. Kontakt massaning kuyishi natijasida bo‘linishining oldini olish maqsadida kontakt jihoziga solinadigan yangi kontakt massa, dastlab, tarkibida 0,3-0,5% SO2 bo‘lgan gazlar aralashmasi bilan haroratni keskin oshirmagan holda qayta ishlanadi.
Kontakt massaning sulfit angidrid bilan to‘yinishi asosan sanoatdagi kontakt jihozida amalga oshadi. Bunda ajaraladigan xlor chiqindi gazlari bilan atmosferaga chiqib ketadi, bu esa kontakt jihozlarining yangi massa bilan ishga tushirilishida katta qiyinchiliklar keltirib chiqaradi.
SVD vanadiyli kontakt massa quruq usulda tayyorlanadi, uning tarkibiga kaliy pirosulfat K2S2O7 kiradi va u faol kompleks V2O5∙K2S2O7 hosil qiladi. Shuning uchun bu massani sulfit angidrid bilan to‘yintirish talab etilmaydi.
SVD kontakt massasini tayyorlashning texnologik tizimi quyidagilardan iboratdir (4.2-rasm).


Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling