Sulfatlar sinfi minerallari
Download 50.02 Kb.
|
Sulfatlar sinfi minerallari
Talk — H2Mg3 Si4012 , silikatlar sinfiga kiradi. Qattikligi —1. Solishtirma og‘irligi —2,7 —2,8 g/sm3, moysimon va sadafsimon yaltiroq. Rangi och yashil, sarg‘ish, qo‘ng‘ir, kulrang, chizig‘ining rangi oq, ulanishi o‘ta mukammal, monoklin singoniyali. Bargsimon yupqa talk egiluvchan, barmoqlar orasida sovunga o‘xshaydi. Kislotalarda erimaydi. O‘tga chidamli. Kelib chiqishiga ko‘ra talk magniyga boy bo‘lgan asosli va o‘ta asosli magmatik gabbro, peridogit, piroksenit kabi tog‘ jinslarining o‘zgarishidan, rogovaya obmanka va magniyli boshqa minerallarning gidrotermal (issiq) suvlar ta’sirida o‘zgarishidan paydo bo‘ladi. Bundan tashqari talk kontakt-metasomatik jarayonlar natijasida ham kelib chiqadi. Ishlatilishi: ingichka tolali talk qog‘ozi rezinka sanoatida qo‘llaniladi. Temirsiz talk upa, pastalar tayyorlashda qo‘llaniladi. Keramika, chinni sanoatida o‘tga chidamli idishlarni va g‘ishtlarni tayyorlashda foydalaniladi.
11. Mis — Si. Sof elementlar sinfiga kiradi. Qattiqligi —2,5—3. Solishtirma og‘irligi —8,5— 8,9 g/sm3. Metallsimon yaltiroq. Rangi misga o‘xshash qizil, yaltiroq, ulanishi yo‘q. Kub singoniyali, elektr tokini o‘zidan yaxshi o‘tkazadi. Xlorid kislotada kuchsiz, nitrat kislotada esa engil parchalanadi. Kelib chiqishga ko‘ra tabiatda sof mislar litosferaning yuqori qavatlaridagi issiq suv eritmalarining sovishidan, o‘rta va asosli otqindi— vulkanik jinslar hamda mis rudasi minerallarining nurashidan kelib chiqadi. Ishlatilishi: mis metall sifatida elektrotexnikada, mashinalar yasashda va har xil priborlar ishlashda qo‘llaniladi. 12. Kinovar — NgS, sulfidlar sinfiga kiradi. Qattiqligi —2,5-3. Solishtirma og‘irligi — 8-8,2 g/sm3. YArim metallsimon yaltiraydi, och yarqiroq qizil. CHizig‘ining rangi qizil, ulanish yuzasi yaxshi, geksagonal singoniyali. Mineral murt, elektr tokini o‘zidan yaxshi o‘tkazmaydi. Xlorid va nitrat kislotalarning aralashmasida eriydi. Kelib chiqishiga ko‘ra: faqat past haroratli issiq suv eritmalaridan hosil bo‘ladi va er tomirlarida uchraydi. Ishlatilishi: simob olishda yagona xom ashyo — rudadir. Bundan tashqari badiiy san’atda qo‘llaniladigan qizil bo‘yoqlar olishda foydalaniladi. 13. Boksit — A1202N20 va A1203 • ZN20 gidrooksidlar sinfiga kiradi. Qattiqligi —1-3. Solishtirma og‘irligi —2,5—3 g/sm3. Xira yaltiroq, rangi qizil g‘ishtsimon, qo‘ng‘irsimon, chizig‘i och sariq qo‘ngir. Ulanishi o‘rtacha mukammal, amorf. Kelib chiqishiga ko‘ra asosan kimyoviy cho‘kindi bo‘lib, ular dengiz va ko‘llarda, balchiqlarda hosil bo‘ladi. Ishlatilishi: boksit alyuminiy va sun’iy korund olishda xom ashyodir. 14. Galenit yoki qo‘rg‘oshin yaltirog‘i —RbS, sulfidlar sinfiga mansub. Solishtirma og‘irligi — 7,5 g/sm3, metallsimon yaltiroq, rangi qo‘rg‘oshinsimon, kulrang, chizig‘ining rangi kulrang-qora, tiniq emas, xira, qattiqligi —2-3. Ulanish yuzasi o‘ta mukammal. Kub singoniyali. Murt mineral, elektr tokini kuchsiz o‘tkazadi, nitrat kislotada tez eriydi. Kelib chiqishiga ko‘ra gidrotermal eritmalardan hosil bo‘ladi. Ishlatilishi: galenit asosan qo‘rg‘oshin rudasi bo‘lib, sanoatda katta ahamiyatga ega. 15. Download 50.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling