Summativ baholash 11-sinf adabiyot iii-chorak Bajardi: Saydaliyeva X. A
Download 20.67 Kb.
|
11-sinf adabiyot III-chorak BSB
- Bu sahifa navigatsiya:
- Topshiriq turi Topshiriq soni Vaqt (daqiqa)
- 1-BSB.Nazorat ishi.Insho (Jami:25 ball) Insho mavzulari: 1.“Abulfayzxon-ilk o’zbek realistik dramasi”
- Inshoni baholash mezonlari
- 2-BSB.She’r matni bilan ishlash(25 ball) 1-topshiriq.Erkin Vohidovning “Inson’’qasidasini ifodali yod olish(15 ball)
- 2-topshiriq. Erkin Vohidovning “Inson’’qasidasi bo’yicha yozma topshiriqlar(10 ball)
SUMMATIV BAHOLASH 11-SINF ADABIYOT III-chorak Bajardi: Saydaliyeva X.A.
1-BSB.Nazorat ishi.Insho (Jami:25 ball) Insho mavzulari: 1.“Abulfayzxon-ilk o’zbek realistik dramasi” 2. “Abulfayzxon”dramasida Abulfayzxon saltanatining inqirozi. 3. «Badiiy adabiyot va tarix» O`quvchilar Abdurauf Fitratniiing “Abulfayzxon”dramasidan olgan bilimlarini o`z taassurotlari asosida insho qilib yozishadi. Nazorat ishida o‘zbek adabiyotida alohida katta ahamiyatga ega bo’lgan Abulfayzxon”dramasi asosida “Abulfayzxon-ilk o’zbek realistik dramasi”mavzusida insho yozishlari mumkinligi tavsiya qilinadi. Ularda xalq tarixi, taqdiri, o‘tmishdagi hayoti, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, diniy, axloqiy-ma’naviy hamda badiiy-estetik qarashlari o‘ziga xos tarzda aks etganligini ham yoritib berishlari mumkin. Asardagi qahramonlarga tavsiflar insho yozish jarayonida yozib o’tiladi.Inshoga sodda yoki murakkab reja tuzishlari mumkin.
2-BSB.She’r matni bilan ishlash(25 ball) 1-topshiriq.Erkin Vohidovning “Inson’’qasidasini ifodali yod olish(15 ball) O’quvchilar Erkin Vohidovning “Inson’’qasidasini eslab qolish va ifodali qilib aytib berish lozim. Baholash mezonlari: 15 b Tutilmasdan vazn talabi asosida ifodali o‘qilsa,berilgan hajm talabi bajarilsa – 13-15 ball Hajm talabi bajarilsa,vazn talabiga mos kelmasa – 10-12ball Hajm talabi bajarilsa,vazn talabiga mos kelmasa ,aytish jarayonida biroz to‘xtam bo‘lsa 7-9 ball Hajm talabi bajarilmasa, so‘z talaffuzida nuqsonlar bo‘lsa – 4-5 ball Qolgan hollarda 1-3 ball Topshiriq bajarilmagan holda 0 ball 2-topshiriq. Erkin Vohidovning “Inson’’qasidasi bo’yicha yozma topshiriqlar(10 ball) 1.Erkin Vohidovning “Inson’’qasidasi necha misradan iborat?(2 ball) 2.Qasidada “o’zing”so’zi necha marotaba takrorlanib kelgan?(2 ball) 3.Shoir «Inson» qasidasida qanday qarashlarini tasvirlaydi?(2 ball) 4.Shoir qarashlarini matnga asoslangan holda yozma izohlang.(4 ball) Download 20.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling