Mavzuga oid muammoni hal qilish topshiriq (15)
|
10. Bu tushuncha o‘ta nisbiy tushuncha bo'lib, bir qaraganda ko'zga ko'rinmas mayda detallardan tashkil topgan ulkan ulkan mashinaga o'xshaydi. Hamma o'zicha uni boshqarayotganday tuyulsa-da, aslida u har birimizni boshqarish qudratiga ega. U haqida so‘z yuritilganda turli qarama-qarshi fikrlar bildiriladi. Ba’zan u kimlarningdir foydasiga ishlasa, kimlargadir beshafqat munosabatda bo‘ladi. Kimlardir har bir ishda so‘ngso‘zni aytish huquqini unga qo‘yib berish kerakligini aytsa, kimlardir uning kech qolgan adolati zulmdan ham yomonligiga urg‘u berishadi. Yana kimlardir uni qilichga mengzagan bo‘lsa, kimlardir unga sayohat qilish harakatida bo‘lganlar. Yozuvchi Jon Golsuarsi esa uni ... ga o‘xshatgan. U nima va yozuvchi uni kimga o‘xshatgan?
A) lahza, uchqur arg‘umoq B) soat, soatsoz
C) vaqt, soliq yig‘uvchi D) hayot, shirinlik sotuvchi
|
5 ball
|
|