Sun’iy g‘ovakli to‘ldiruvchilar


Download 0.68 Mb.
bet1/10
Sana21.02.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1218950
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

Sun’iy g‘ovakli to‘ldiruvchilar

Reja:




  • Умумий маълумотлар

  • Keramzit ishlab chiqarish texnologiyasi

  • Xomashyo materiallar va qo’shimchalar

  • Keramzit ishlab chiqarish asoslari

  • Keramzit xom granulalarga termik ishlov berish - isitish, kuydirish va sovitish

  • Keramzit shag’alini kuydirish va sovitish

  • Keramzitning birjinsliligi va boyitish ishlari

  • Keramzitga quyiladigan texnik talablar

  • Keramzit shag’alining mustahkamligiga qo’yilgan talablar
  • Keramzitni qo’llash sohasi




  1. Умумий маълумотлар

Yengil g’ovakli to’ldiruvchilarini qo’llanilishi issiqizolyasiya, devor panellari, yaxlit devorlar va turli yuk ko’taruvchi samarali engil betonlarni olish mumkin. Og’ir to’ldiruvchilarni yengil to’ldiruvchilarga almashtirish natijasida betonning xususiyatlarini kerakli darajada o’zgartirish, zichligini kamaytirish, issiqlik o’tkazuvchanligi va boshqalarni yaxshilash mumkin. Issiqlikni izolyasiya qiluvchi devorbop panellar, monolit devorlar va har xil yuk ko’taruvchi konstruksiyalar tayyorlashda yengil g’ovak to’ldiruvchilarni ishlatib, samarali yengil betonlar olish imkonini beradi. Shuningdek ayrim g’ovak to’ldiruvchilarni etarli mustahkamligi asosida yuqori mustahkamlikdagi konstruksion yengil betonlar tayyorlanadi. Bundan tashqari, sun’iy g’ovakli to’ldiruvchilar betonda qo’llanilishi bo’yicha yuqori sifat va samaradorligi bilan ajralib turadi.
Respublikamizda tabiiy g’ovak to’ldiruvchilar zahirasi yetarli bo’lmaganligi sababli sun’iy g’ovak to’ldiruvchilar olishga ehtiyoj seziladi, ayniqsa sanoat chiqindilari asosida g’ovak to’ldiruvchilar ishlab chiqarish katta ahamiyatga ega.
Shu sababli O’zbekistonning turli rayonlarida sun’iy g’ovak to’ldiruvchilar ishlab chiqaruvchi korxonalar qurilgan. Sun’iy g’ovak to’ldiruvchilarni ishlab chiqarish korxonalari xomashyo (mahalliy xomashyodan foydalanish) bor, hamda suv, gaz, elektr tarmoqlari mavjud va ularga talab bo’lgan rayonlarda quriladi. Sun’iy g’ovak to’ldiruvchilarning tannarxi tabiiy to’ldiruvchilarga nisbatan yuqori, lekin chetdan keltiriladigan to’ldiruvchilarga nisbatan arzonroqdir.
Beton uchun qo’llaniladigan sun’iy g’ovakli to’ldiruvchilar turlari ko’p:
keramzit, agloporit, kamporit, shlakli pemza, kupchitilgan perlit, dolomit, karboporit va b.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling