Sun’iy g‘ovakli to‘ldiruvchilar
Keramzit ishlab chiqarish texnologiyasi
Download 0.68 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xomashyo materiallar va qo’shimchalar
2. Keramzit ishlab chiqarish texnologiyasi
Keramzit, yunon tilidan tarjima qilinganda kuydirilgan gil ma’nosini anglatadi. Uzining tuzilishi bo’yicha - keramzit engil g’ovakli material. Engil kupchiydigan gillarni kuydirib olinadi. Keramzit asosan keramzit shag’ali ko’rinishida olinadi. Keramzit shag’ali donasi yumaloq shaklda, strukturasi g’ovak va yacheykasimon bo’ladi. Keramzit donasining yuza qismi zich qatlam bilan qoplangan, rangi qo’ng’ir qora, bo’linganda qoramtir bo’ladi. Keramzit xossalari gillar sifatiga, saqlash sharoitlariga va tashish usullariga bog’liq. Qayta ishlanadigan va kuydirilgandan so’ng keramzit xossalari – musahkamligi, issiq va tovush o’tkazmasligi, olovga va sovuqqa chidamliligi yaxshilanadi. Rasm - 7.1. Keramzit ko’rinishi Keramzit ekologik toza maxsulot xisoblanadi chunki asosan gillardan olinadi. Keramzit ishlab chiqaruvchi korxonalar asosan quyidagi fraksiyalardagi mahsulotlarni ishlab chiqaradi: 0-5 mm-10%; 5-10mm – 40%; 10-20mm – 40%; 20-40mm -10%; Xomashyo materiallar va qo’shimchalar Giltuproqning ba’zi turlari kuydirishda ko’pchiydi va bunday gillar asosida keramzit olinadi. Sanoatda keramzit shag’ali va keramzit qumi olinadi, kam miqdorda keramzit chaqiq toshi ishlab chiqariladi. Gilning ko’pchishi 2 ta jarayonga bog’liq: gaz ajralishi va gilning piroplastik holatga o’tishidir. Gaz ajralishi –bu temir oksidlarining organik moddalar bilan birikishidan keyingi qaytarilish reaksiyasi, bu birikmalarning oksidlanishi, gidroslyuda va boshqa suvli birikmalarni degidrotatsiyasi, karbonatlarning dissotsiatsiyasiga bog’liq. Gilning piroplastik holatga o’tishi, gilda yuqori haroratda suyuq fazaning (eritma) hosil bo’lishidir. Natijada gil yumshayadi, plastik deformatsiya qobiliyati yuzaga keladi, ajralayotgan gazlar asosida ko’pchiydi va natijada gaz o’tkazmaydigan materialga aylanadi. Keramzit ishlab chiqarishda xomashyo sifatida cho’kindi jinslarga kiruvchi gil jinslar ishlatiladi. Xomashyo material sifatida metamorfik tog’ jinslariga mansub toshsimon gilli jinslar – gil slanetslari va argillitlar ishlatiladi. Gil jinslar murakkab mineralogik tarkib bilan farqlanadi va ularda gil minerallar (kaolinit, montmorillonit, gidroslyudalar) dan tashqari kvars, dala shpati, karbonatlar, temir, organik qo’shimchalardan iborat bo’ladi. Gil minerallar gil moddalardan iborat bo’ladi. Gil deb, tarkibida 30% dan ko’p gil moddalar bo’lgan gil jinslarga aytiladi. Keramzit ishlab chiqarish uchun montmorillonit va gidroslyudali gillar ishlatiladi, ularning tarkibida 30% gacha kvars mavjuddir. Gilning umumiy tarkibida SiO2-70% gacha, Al2O3 -12% kam emas (20% gacha), Fe2O3 + FeO- 10%gacha, organik qo’shimchalar 1-2% mavjud bo’lishi kerak. Keramzit ishlab chiqarishda u yoki bu gil xom ashyosining yaroqli ekanligi xomashyo xususiyatlarini maxsus tekshirish orqali belgilanadi. Gil xom ashyosiga quyidagi asosiy talablar qo’yiladi: 1.Gilning kuydirishda ko’pchishi. Gilning ko’pchishi- ko’pchish koeffitsienti bilan xarakterlanadi va quyidagi formula bilan ifodalanadi: bu erda: Vk – ko’pchigan keramzit granulalarining hajmi; Vc – pishirishdan oldingi xom granulalarning hajmi. Ko’pchish koeffitsientini boshqa formula bilan ham ifodalash mumkin: bu erda: ρs – quruq xom granulaning zichligi; ρk – ko’pchigan keramzit granulasining zichligi; Pp - quruq xom granulaning pishirishdagi massa bo’yicha yo’qotishi, % Keramzit ishlab chiqarishda gil xomashyosining ko’pchish koeffitsienti 2 dan kam bo’lmasligi (3-4 bo’lsa yaxshi) kerak. Gil xom ashyosini oson eruvchanligi, ya’ni xomashyoni kuydirish harorati 12500S dan oshmasligi kerak, aks holda gil tarkibidagi gazlar erkin chiqib ketadi va natijada xom gil granulasi ko’pchimaydi. Gil xomashyosini ko’pchish intervali. Bu pishirish harorati chegarasi bilan, ko’pchish boshlanishi harorati orasidagi farq hisoblanadi. Ko’pchish harorati deb, zichligi 0,95 g/sm3 ga teng keramzit granulalarining hosil bo’lish haroratiga aytiladi. Pishirish harorati chegarasi esa keramzit granulasi yuzasining erigan suyuq qatlam bilan qoplanishi harorati tushuniladi. Keramzit shag’alini ishlab chiqarishda haroratning keskin ko’tarilib ketishiga yo’l qo’ymaslik kerak, aks holda granulalar yuzasi erib bir-biri bilan elimlanib qoladi. Bu esa keramzit shag’alining chiqishini kamaytiradi va ba’zan pechni ishdan chiqaradi. Keramzit shag’alini ishlab chiqarishda haroratni belgilangan optimal darajadan pasayib ketishiga yo’l qo’ymaslik kerak, aks holda ko’pchish koeffitsienti kamayadi va mahsulot kam ishlab chiqariladi. Ishlab chiqarishda xomashyoning ko’pchish intervali 50 0S dan kam bo’lmasligi kerak. Bu xususiyatlarga barcha gil jinslari ega bo’lmaydi. Gil xomashyosining xususiyatlarini yaxshilash uchun unga 1% gacha mazut, solyarka moyi yoki boshqa organik va mineral (kul, shlak va b.) moddalar qo’shiladi. Gil granulalarining ko’pchish harorati intervalini uzaytirish uchun gil granulalari sirtiga olovga bardoshli gil kukuni yoki maydalangan kvars qumlari purkaladi. Keramzit ishlab chiqarishda qo’shimchalarni qo’llashda xomashyo mahsulotning ko’pchish koeffitsientini 2-3 barobar oshiradi, mahsuldorlik ham oshadi, tannarxi esa pasayadi. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling