Sun’iy g‘ovakli to‘ldiruvchilar
Keramzit ishlab chiqarish asoslari
Download 0.68 Mb.
|
Keramzit ishlab chiqarish asoslari
Keramzit ishlab chiqarish texnologiyasi quyidagi asosiy jarayonlardan iborat: xomashyoni kondan qazib olish va korxonaning zahira omboriga jo’natish; xomashyoni qayta ishlash va kerakli o’lcham, bir jinsli keramik massaga ega xom granulalarni tayyorlash; xom granulalarga termik ishlov berish, ya’ni isitish, kuydirish va sovitish natijasida tayyor mahsulot olish; olingan mahsulotni navlarga ajratish yoki zichligi bo’yicha taqsimlash; - g’ovak to’ldiruvchi (keramzit shag’ali) ni omborlarga joylash. Gil xomashyosini qazib olishda bir cho’michli va ko’p cho’michli ekskavatorlar ishlatiladi. Yumshoq gilli jinslar kondan mavsumiy qazib olinadi, toshsimon gilli jinslar esa yil bo’yi qazib olinadi. Gil xomashyosi gil saqlagichlarda yoki maxsus konuslarda saqlanadi. Xomashyoni qayta ishlash usuli xomashyoning xususiyatlaridan kelib chiqiladi, g’ovak to’ldiruvchilarning sifati esa termik ishlov berish rejimiga bog’liq. Keramzit shag’ali ishlab chiqarishning to’rtta asosiy texnologiyasi mavjud: quruq, plastik, poroshok-plastik va ho’l(shliker). Quruq usuli. Gilli xom ashyo tshsimon (zich quruq gilli jinslar, gilli slanetslar) bo’lganda qo’llaniladi. Bu usul sodda: xom ashyo maydalanadi va aylania pechga yo’naltiriladi. Gilli jinslar bir tarkibli, zararli qo’shimchalar bo’lmaganda bu usulni qo’llash samarali. Bunda, ko’pchish koeffitsienti yuqoriligi bilan xususiyatlanadi. Xom ashyo uvoqlari namligi 9% dan oshmasligi kerak. Keramzit olishning keng tarqalgan usuli bu plastik usulidir. Yumshoq gilli xomashyo bu usulda nam holatda valslarda, gil aralashtirgichlarda va boshqa agregatlarda qayta ishlanadi (g’isht ishlab chiqarish kabi). Plastik gilli massadan lentali shnekli pressda yoki teshikli valslarda silindr shaklidagi xom granulalar tayyorlanadi, bu granulalar keyingi transportyorda uzatishda va qayta ishlov berishda yumaloq shaklga ega bo’ladi. Xom granulalarning sifati tayyor keramzit shag’alining sifatini belgilaydi. Shu sababli gilli xomashyoni yetarlicha qayta ishlash, bir xil o’lchamli zich granulalarni olish zarur. Granulalarning o’lchami berilgan xomashyoning ko’pchish koeffitsienti va keramzit shag’alining talab etilgan yirikligi bo’yicha o’rnatiladi. Asosan gilni ishlov berishda namligi 18-28% ni tashkil etadi. Namligi 20% bo’lgan granulalar to’g’ri aylanma pechga yuborilishi mumkin yoki aylanma pechdan chiqadigan issiq gazlarni qabul qiluvchi issiqlik almashuvi agregatlarda va quritish barabanida dastlabki quritiladi. Pechning ishlab chiqarish mahsuldorligi granulalarni oldindan quritish natijasida oshadi. Plastik usulda keramzit ishlab chiqarish quruq usulga nisbatan ko’proq sarmoya va energiya sarfini talab etadi. Biroq gilli xomashyoning tabiiy strukturasining buzilishi, gomogenizatsiyasi va qo’shimchalar kiritilishi uning ko’pchish koeffitsientini oshishiga olib keladi. Kukun-plastik usuli plastik usulidan farqi shundaki, daslab quruq gilli xom ashyoni tuyib kukun olinadi, so’ng bu kukundan suv qo’shib plastik gilli massa tayyorlanib, yuqorida qayd etilgan usulda, undan granulalar shakllanadi. Quyidagi bir nechta holatlarda xomashyo tayyorlashning bu usuli o’zini oqlaydi: agar xomashyo tarkibi bo’yicha bir jinsli bo’lmasa, u holda uni kukun holatida aralashtirish va so’ndirish oson kechadi; agar qo’shimcha kiritiladigan bo’lsa, u holda to’yish vaqtida kiritilgan qo’shimcha bir tekis taqsimlanadi; agar xomashyoda xavfli qo’shimchalar bo’lgan ohak va gips donalari mavjud bo’lsa, unda tuyilgan holatda butun hajm bo’yicha ular xavf tug’dirmaydi; xomashyoni bunday puxta qayta ishlash uning ko’pchishini yaxshilasa, u holatda chiqadigan yuqori sifatli keramzit sarflangan xarajatlarni oqlaydi. Ho’l (shliker) usulining plastik usulidan farqi shundaki, gillar maxsus katta sig’imdagi – gilaralashtirgichlarda suv qo’shib aralashtiriladi. Olinadigan shliker namligi 50%. Shliker nasos yordamida shlambasseynga uzatiladi va u erdan aylanma pechga uzatiladi. Bu usulda aylanma pechning kiraverishida osilgan zanjirlardan parda tashkil etiladi. Zanjirlar issiqlikni almashtirib beruvchi qurilma vazifasini bajaradi, ular pechdan chiqayotgan gazlar yordamida qizdiriladi va shlikerni quritib granulalarga ajratadi. Granulalar yumalab quriydi, qiziydi va kupchiydi. usulning kamchiligi – yoqilg’ini yuqori sarfi (katta namlikdagi shlikerni quritishga sarflanadi). Afzalligi, bu usulda xom ashyo bir jinsligi ta’minlanadi, qushimchalar kiritish oson (qo’shimchalar bir tekisda taqsimlanadi), xom ashyodan toshli qo’shimchalarni ajratish sodda. Bu usul, qazib olinadigan gilli xom ashyo yuqori nam bo’lsa tavsiya etiladi. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling